SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121315161718
19202122232425
262728293031 
Sehrli g‘ozlar

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir er-xotinning ikkita qizi bor ekan. Kattasining ismi Zulayho, kichigining ismi Zubayda ekan. Bir kuni er-xotin ikkalalari o’rmonga o’tin olib kelishga boradigan bo’lishibdi va Zulayhoga Zubaydani topshirib, singlingni o’ynatib o’tirgin, deb ketishibdi.

Ular ketishgach, Zulayho Zubaydani uxlatib qo’yibdi-da, o’zi o’ynagani chiqib ketibdi. Shu payt osmonda bir gala sehrli o’ozlar paydo bo‘libdi. Ular Zubaydani ko’tarib, uchib ketibdi. Zulayho o’ozlar ketgan tomonga qarab ketaveribdi. U yo‘l yuribdi, yo’l yursa ham mo‘l yuribdi. Oldidan katta bir daryo chiqib qolibdi. Unda suv o’rnida zardob oqayotgan ekan. Zardobdan jirkanib, undan ichmabdi haligacha birorta inson zoti bu daryodan suv ichmagan ekan.
— Daryojon, daryojon, g’ozlar qayoqqa ketganini bilmaysanmi? — debdi Zulayho.
— Bilaman,-debdi daryo,-faqat mening suvimdan ichsang, aytaman.
Zulayho jirkanmasdan daryoning zardobidan ichibdi. Shunda daryo unga yo‘l ko’rsatib, hatto sehrli ko’prigidan o’tkazib ham qo’yibdi.
Qiz yurib-yurib charchabdi. Bir daraxtning yoniga yetib kelgach, qorni ochib, undan bitta meva uzib yebdi-da, uning soyasida dam olgani o’tiribdi. Shu payt daraxtga ikkita qush uchib kelibdi. Qushlar o’zaro gaplasha boshlabdi. Daraxtning mevasi sehrli bo’lib, kim undan yesa hayvonlar va qushlar tilini tushunadigan bo’lib qolar ekan. Zulayho ham qushlarning so’zini tushuna boshlabdi.
-Shu daraxtning tagida o’tirgan qiz singlisini yo’qotib, qidirib yuribdi,-depti birinchi qush.- Men uning qayerdaligini bilaman. Lekin u yerga qanday borishni bilmayman.
— Qanday borishni men bilaman,- debdi ikkinchi qush.- Hu o’sha ko’rinib turgan tog’ning tepasida bir g’or bor. U g’orda bir sher bor. Sher qushlarning patidan gilam to’qiydi. Sehrli g’ozlarning malikasi o’sha gilamlarni olib ketgani kelib turadi.
Qiz o’sha sherning to’qiydigan gilamiga yetadigan patlarini yashirib qo’ysa, sher kelib, qizga tegmaydi va:
«Nima tilaging bor?»-deydi. Shunda qiz: «G’ozlar malikasining jonini ber», — deyishi, berishga sherni majbur qilishi kerak. Malikaning joni joylashgan tuxum ichidagi kapalakni o‘ldirmoqchi bolsa, malika keladi va qizga singlisini qaytib beradi.
Qiz bu gaplarni eshitib, toqqa qarab yo‘l olibdi. Yurib-yurib, toqqa yetibdi.
Amallab g’orni topibdi. Qarasa, g’orning og’zini tikanli changalzor qoplagan ekan.
U changalzorni qo‘li bilan silagan ekan, ular qizga yo‘l beribdi.
Qiz g’orga kiribdi. U yerda hech kim yo’q ekan. Sher gilam tayyorlash uchun patlarni tayyorlab qo’ygan ekan.
Qiz patlarni yashirib qo’yibdi. Bir payt sher paydo bo’libdi. U na’ra tortib, g’orga kirib kelibdi. Qiz yashirinib turaveribdi. Sher patlarining yo’qolganini ko’rib, g’azablanib ketibdi. U shunaqangi g’azab bilan na’ra tortibdiki, atrofdagi xarsangtoshlar dumalab tusha boshlabdi.
— Bu yerda kim bor?- debdi sher.- Qo’rqma, chiqaver, men senga tegmayman.
Qiz yashiringan joyidan chiqibdi. Sher unga:
— Nima istaysan, nega patlarimni yashirding?- debdi. Qiz unga:
— Menga g’ozlar malikasining jonini ber,- debdi.
— Boshqa nima istasang, beray, faqat buni so’rama,-debdi sher.
Lekin qiz o’z so’zida mahkam turib olibdi. Noiloj qolgan sher g’ozlar malikasining jonini-bir dona tuxumni qizga beribdi. Qiz tuxumni yerga urgan ekan, u parchalanib, ichidan bir dona kapalak chiqibdi. Qiz kapalakni siqqan ekan, chaqmoqdek chaqin chaqib, g’ozlar malikasi kelibdi.
— Ey qiz, meni o’ldirma, nima istaysan, istagingni bajo keltiraman,-debdi g’ozlar malikasi.-Xohlasang, seni malika qilib qo’yay, xohlasang, boshingdan zar quyay, faqat meni o’ldirma.
-Menga hech narsa kerak emas,-debdi qiz.- Singlimni qaytib bersang bo’ldi.
Malika Zubaydani olib kelishga amr qilibdi. G’ozlar bir zumda Zubaydani olib kelibdi. Zulayho malikaning joni-kapalakni mijig’lab o’ldiribdi. Shu zahoti toglarda momaqaldiroq gumburlabdi, cho’lning o’rni yam-yashil bog’ga aylanibdi. Uzoqda esa ularning uylari ko’rinib turgan ekan. Opa-singil chopqillaganlaricha uylariga ketibdi. Uyga borishsa, ota-onasi qizlarining dardida kasal bo’lib yotishgan ekan. Ular farzandlarini ko’rib, tuzalib ketibdi. Hammalari shod-xurram yashab, murodlariga yetishibdi.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.
Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan