SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Inson huquqlari

Inson huquqlari

 INSON HUQUQLARI - odamlarning insonlik shanu sharafiga munosib tarzda yashashi va faoliyat olib borishi uchun lozim bo‘ladigan haq-huquqlar majmuini ifoda etadigan tushuncha. Bu huquqlar tabiiy huquqlar va davlat tomonidan qonuniy asosda kafolatlangan huquqlarga bo‘linadi. Tabiiy huquqqa yashash huquqini misol qilib keltirish mumkin. Davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarga saylov huquqi, bilim olish huquqi, nafaqa olish huquqi kabi insoniy huquqlar kiradi. Inson huquqlari har bir davlatning Konstitutsiyasi hamda amaldagi qonunlarida belgilanib, ular shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bo‘linadi. Shaxsiy huquqlarga: yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, turarjoy daxlsizligi huquqi, erkin ko‘chish huquqi, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqi, vijdon erkinligi huquqi; siyosiy huquqlarga: davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqi, mitinglar, yig‘inlar va namoyishlar o‘tkazish, ularda qatnashish huquqi, kasaba uyushmasi, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlarga birlashish huquqi: ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga mulkdor bo‘lish huquqi, mehnat qilsh huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, tibbiy xizmat foydalanish huquqi, bilim olish huquqi kiradi. Inson huquqlari insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy,ijtimoiy, siyosiy va madanyi sohalardagi imkoniyatlari hamda orzu-intilishlarini tavsif etadigan tushuncha sifatida ham namoyon bo‘ladi. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy huquqlarga bo‘lish mumkin. Yashash huquqi, qiynoqlarga, zo’ravonlikka, inson shanini yerga uradigan boshqa muomala yoki jazo turlariga duchor etilmaslik huquqi shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sirlarni saqlasah huquqi, o‘z sha'ni hamda obro‘-e'tiborini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga e'tiqod qilish huquin, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bog‘liq eng muhim protsessual huquqlar mutlaq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan barcha Inson huquqlari nisbiy bo‘lib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Demokratik davlatda Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklash yoki vaqgincha to‘xtatishga (bekor qilishga) yo‘l qo’yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinlik va burchlari,jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari siyosii huquqlari, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquqlari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan. (18-52-moddalar). O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi,shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi - har bir insoning uzviy va ajralmas huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng og‘ir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

 Hech kim qonunga  asoslanmagan holda  hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi , zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan boshqa tazyiqlarga duchor etilishi mumkin emas (25-26-moddalar). Har kim o’z sha'ni va o’bro`siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ; fikrlash, so`z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega (27-29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.

Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l quyilmaydi (31- modda). Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil va talablarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi, mustabid tuzumning tazyiq va zo‘ravonligidan huquqiy me'yorlar sari keskin burilish yasaldi. Mamlakatimiz qonunlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yor va andozalarga muvofiqlashtirish, mazkur sohada milliy harakat dasturini ishlab chiqish,inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo’shilishda davom etib, bu hujjatlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga so’zsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi. O‘zbekiston jamiyatida Inson huquqlari inson erkinliklari, burch va majburiyatlari bilan bog‘liq qarashlarni aks ettiradigan tushuncha sifatida milliy g‘oyaning muhim masalalaridan  biri hisoblanadi. Insoniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida Inson huquqlariga oid bo‘lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Bu tizim o’z taraqqiyotida uchta katta bosqichni bosib o’tgan. Birinchi bosqich 1789 yilgi Fransiya inqilobi tufayli "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi" qabul qilingan  davrdan boshlanib, birinchi jahon urushigacha bo’lgan (1914) muddatni o’z ichiga oladi. Bu davrda shaxs erkinligi va fuqarolar tangligi , inson shaxsining daxlsizligi, xususiy mulkka egalik, saylash va saylanish kabi shaxsiy hamda siyosiy huquqlar bilan bog‘liq masalalar tartibga solindi. Ikkinchi bosqichda (1914-1950) insonning mehnat qilish, dam olish, ijtimoiy yordam olish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik asoslari mustahkamlandi. Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan bugungi kungacha bo’lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda tinch yashash, atrof-muhit tozaligiga erishish, axborot olish huquqi bilan bog‘liq masalalar faol muhokama qilinib, ularni hal etish yo‘llari qidirilmoqda. Bu davrda Inson huquqlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi -umume'tirof etilgan standartlar shakllandi. BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ko‘proq Inson huquqlariga taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda Inson huquqlari bo‘yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi BMT Nizomida e'lon qilingan bo‘lib, mazkur hujjat dunyodagi barcha xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, inson huquqlarini hurmat qilish va ularni to‘la amalga oshirish, kishilar turmushini yaxshilash, ijtimoiy taraqqiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish kabi shiorlarga asoslanadi. BMT Bosh assambleyasida 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan ushbu deklaratsiyaga binoan har bir inson, millati, jinsi, irqi, tabaqasi, dinilan qat'i nazar, deklaratsiyada e'lon qilingan huquq va erkinliklardan hech qanday cheklanishsiz foydalanishi kerak. Deklaratsiya kirish qism va 30 ta moddadan iborat. BMTning Inson huquqlari deklaratsiyasiga ko‘ra, har bir shaxs kasb tanlash erkinligi, mehnat qilish va unga yarasha haq olish, mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab etish, ishsizlikka qarshi kurashish, nogironlik va qarilik pensiyalari olish, dam olish va vaqtincha nafaqa olish va boshqa huquqlarga ega. Deklaratsiyaga binoan, mehnatkashlar kasaba uyushmalari tashkil etishlari va ulardan o’z manfaatlarini himoya qilishda foydalanishlari mumkin. Shuningdek, BMT doirasida qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktga qo‘shilgan davlatlarning pakt nizomini bajarishini nazorat qilish uchun shu paktga doir fakultativ protokolga muvofiq, 1976 yil sentyabrda Inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mita tashkil etilgan bo‘lib, u 18 a'zodan iborat. Ular mazkur paktga qo‘shilgan davlatlarning fuqarolari orasidan tanlab olingan bo‘lib, ekspert sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qo’mitaning barcha qarorlari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lib, biron-bir davlat zimmasiga rasmiy majburiyat yuklamaydi. Har yili qo‘mita BMT Bosh assambleyasiga o‘z faoliyati haqida ma'ruza taqdim etadi. Inson huquqlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi milliy markazi Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qiladigan xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining Inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi. Bu tashkilot O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 1996 yil 31 oktabrdagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari: milliy harakat rejasi, shuningdek, Konstitutsiya, qonunlar va Inson huquqlari sohasida umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish; Inson huquqlari sohasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish; Inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma'ruzalar tayyorlash; davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, jamoat birlashmalariga maslahatlar berish faoliyatini amalga oshirish; targ‘ibot, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, davlat organlarining Inson huquqlariga rioya etish va bu huquqlarni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ularga tavsiyalar tayyorlash; Inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazisy kabi muhim faoliyatni amalga oshirishdan iborat.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan