SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
Iqtisodiyot haqida

IQTISODIYOT HAQIDA

 Iqtisodiyot – bu

1) kishilar mehnati vositasida inson uchun zaruriy bo’lgan moddiy ne’matlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni ta’minlash, shuningdek, hayotiy ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan vositalar, ob’ektlar, jarayonlar majmui. Iqtisodiyot umumiy tarzda ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi;

2) muayyan mamlakatning milliy xalq xo’jaligi yoki uning ma’lum tarmog’i (transport iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqalar)

3) xo’jalikning muayyan tarmogini, shuningdek mintaqa xo’jaligini, ishlab chiqarishni tashkil etishning usul va shakllarini, uni boshqarishni o’rganadigan fanlar yo’nalishlari (sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti va boshqalar)

 

Bozor iqtisodiyotining eng muhim umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

-mulkchilik shakllarining xilma-xilligi;

-tadbirkorlik va tanlov erkinligi,raqobat kurashi va muhitning mavjudligi;

-yuqori foyda va nafga intilish iqtisodiy faoliyatning harakatlantiruvchi kuchi ekani;

-erkin bozor narxlarining talab va taklif, raqobat asosida vujudga kelishi;

-davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi.

Bozor iqtisodiyotini tarixan shakllangan ikki turga ajratish mumkin.Birinchisi,klassik yoki erkin raqobatga asoslangan hamda faqat ob’ektiv bozor qonunlari hamda narx va raqobat regulyatorlari asosida o’zini- o’zi tartiblovchi, kam ta’minlangan aholi qatlamlari, ishsizlar , kambag’al va qashshoq kishilar ijtimoiy himoya qilinmaydigan sof bozor iqtisodiyotidir.

 Sof bozor iqtisodiyoti uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asr oxirigacha amal qilgan. Ikkinchisi, hozirgi zamon bozor mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, XIX asrning oxiri va XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda shakllanib, hozirgi vaqtgacha takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotining bu shakli xilma-xil,ya'ni xususiy, davlat, jamoa va aralash mulk shakllariga asoslanadi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat faol ishtirok etadi, xo‘jaliklarni yuritishda biznes rejasi va marketing, menejment tizimi orqali boshqarish kuchayadi, kam

ta'minlangan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amal qiladi.

BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH - bozor iqtisodiyotining amal qilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni vujudga keltirish, yaratish davridir. Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim bo‘lgani uchun dunyo davlatlarining deyarli barchasi shu yo‘ldan bormoqda. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga inqilobiy (revolyutsion) yoki tadrijiy (evolyution) yo‘l bilan o‘tish mumkin.   Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish, tugatish asosida zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o’tishni taqozo etib, "falaj davolash" usuli ("shokovaya terapiya") deb ataladi. Bunday jadal o‘zgarishlar aholining keng qatlamlari turmush darajasining keskin pasayib ketishiga, kishilarning og‘ir, tushkun holatga tushib qolishiga, ishsizlik, kambag‘allik va qashshoqlikning kuchayishiga olib keladi.

 Tadrijiy yo‘l eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantirish orqali zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ijtimoiy larzalarsiz, aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishining oldini olgan holda o‘tishni ta'minlaydi. O‘zbekiston zamonaviy, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, ya'ni tadrijiy yo’l orqali o‘tish modelini tanladi.  Bu yo’l bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida to‘plangan jahon tajribasiga, mamlakatning tabiiy-moddiy boyliklari, aholining tarixiy, milliy madaniy an'analari, yuksak qalriyatlari va ma'naviyatiga asoslangan.

PrezidentI.Karimov tomonidan asoslab berilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan va mustaqillik

 yillarida o‘zining ijobiy natijalari bilan dunyo jamoatchiligi tomonidan "o‘zbek modeli” deb e'tirof etilgan tub islohotlarni amalga oshirish yo’lidir.

BOZOR ISLOHOTLARI - bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Bozor islohotlari o‘z mazmuniga ko‘ra iqtisodiy islohot bo‘lib, xo’jalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo‘llari va usullarida yirik qayta qurishlar, o‘zgartirishlar, iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimlardan yangisiga o‘tish maqsadida amalga oshiriladi. Islohotlar iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz bo‘lgan, iqtisodiy inqiroz va tangliklar yuz bergan, kishilarning ehtiyojlarini yetarli darajada qondirmagan hollarda mamlakat o‘z taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda o‘tkaziladi. Iqtisodiy islohotlar larzalarsiz, aniq maqsadlar ko‘zlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga binoan va davlat rahbarligida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan. Unda Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:

1) iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash;

2) o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;

3) qonun ustuvorligi yoki barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi;

4) kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning ijtimoiy nochor qatlam va guruhlarini himoyalash, qullab-quvvatlash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

5) bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o‘tishning "o‘zbek modeli" jahon tajribasi, respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlari, xalqimiz an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama rivojtantirishning oqibatlariga barham berishga asoslangan. U boshqa sohalar, jumladan, ma'naviy sohadagi islohotlar bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilmoqta. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, mamlakatimizda iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlantirilishi davlatimiz va jamtimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmokda. Shu sababli bozor islohotlari boshqa sohadagi islohotlar kabi pirovard natijada yagona maqsadga — inson manfaatlarini ta'minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, odamlarning daromadi va farovonligini izchil oshirib borish, har bir insonga o‘zining intellektual, kasb va ma'naviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga qaratilgan.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan