
Ba’zi bolalar haqiqiy kitobsevar
bo‘lsa, boshqalari esa o‘qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha
bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin.
Farzandlarni
majburlamasdan o‘qishga qanday chorlash mumkin? Quyidagi maslahatlar
farzandingizni kitobga mehr qo‘yishiga yordam beradi.
Zamonaviy texnologiyadan foydalaning
Siz farzandingiz kitob o‘qishini istaysiz, u esa
kompyuter o‘yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu
jarayonga yaqinlashtiring, ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalaning.
Kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardan o‘qib bering.
Internetda ko‘plab bepul elektron kitoblar topishingiz mumkin. Ularni on-layn
o‘qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba’zi elektron kitoblarning qog‘oz
nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan
boyitilgan. Bu esa polaponingizni qiziqtirishi aniq.
Mutolaa
burchagi qilib bering
Kichkintoyingizni chalg‘itmaydigan, tashqi
shovqin-surondan holi bo‘lgan mo‘jazgina “uycha” yoki burchak qilib bering. Ana
shunday mo‘jazgina chodirchalar ham bolajoningiz uchun “uycha” sifatida xizmat
qilishi mumkin. Bu “mutolaa hududi”ga yumshoq ko‘rpacha va yastiqchalar qo‘yib,
kitob o‘qishi uchun qulaylik yarating. Devorlariga turli ertaklardagi
qahramonlarning suratlari bilan bezatsangiz, bolajoningiz o‘zini haqiqiy
ertaklar olamiga tushib qolganday his qilib, kitob o‘qishga ilhomi keladi.
Bugun bolalar o‘yinchoqlari sotiladigan do‘konlarda bolalar uchun jajji
chodirchalar sotiladi.
Bolajoningizni
tez-tez kutubxonaga olib boring
Polaponingizni oxirgi marta
qachon kutubxonaga olib bordingiz? Agar farzandingizda doimiy ravishda kitob
o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishni istasangiz, haftasiga hech bo‘lmaganda bir
marta kutubxonaga olib boring. Shoshmasdan kitoblarni birgalikda ko‘rib
chiqing, birgalikda tanlang, birgalikda o‘qing. Uyda o‘qish uchun ham kitoblar
oling. Bundan tashqari, kitoblarni solish uchun “kitoblar sumkasi”ni ham qilib
bering. Ahamiyatsizdek tuyuladigan mayda-chuyda amallar muhim
usullar bo‘lib, ular farzandingizning kitobxon bo‘lishiga, bora-bora kitoblar
doimiy hamrohiga aylanishiga yordam beradi.
Kitoblar
tez-tez suhbatingiz mavzusiga aylansin
Agar siz bolajoningizni kitob o‘qishga g‘ayratini
oshirmoqchi bo‘lsangiz, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib bering, umuman
kitoblar va ularning mazmun – mohiyati haqida suhbatlashib turing. Hayotda
sodir bo‘lgan haqiqiy voqealarni bolalaringiz o‘qigan ertak va hikoyalar bilan
bog‘lashga harakat qiling. Bundan tashqari, ma’lum bir kitobning kino
versiyasini birgalikda tomosha qilib, so‘ng solishtirishingiz, kitob va kino
versiyasi haqida fikrlarini olishingiz mumkin. Bu esa farzandingizni nafaqat
o‘qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o‘rgatadi, tahlil qilish
qobiliyatini shakllantiradi.
Farzandingiz
qiziqqan mavzudagi kitoblarni tanlang
Ba’zi bolalar hayvonot olamiga
qiziqsa, ba’zi bolalar ertaklarda boladigan ajdarho, yalmog‘iz kampir, gnom
kabi to‘qima mavjudotlar haqidagi ertaklarni eshitishni hush ko‘rishadi. Ba’zi
bolajonlar dinozavrlar haqida o‘qib berishingizni so‘rasa, boshqalari
koinotdagi boshqa sayyoralar haqida bilgisi keladi. Farzandingiz qiziqishiga
qarab kitob tanlang.
Farzandingizga
namuna bo‘ling
Bolalar ota-onasida namuna
oladilar. Agar siz muntazam kitob mutolaa qilsangiz, boshqa oila a’zolaringiz
bilan turli kitoblar to‘g‘risida tez-tez suhbatlashsangiz, kitobdan zavq
olgangizni ko‘rsatsangiz, farzandingizga o‘rnak ko‘rsatgan bo‘lasiz. Kitob
o‘qish asta-sekin farzandingizning ham sevimli mashg‘ulotiga aylanib
boradi.
Har
kuni kitob o‘qib bering!
Vaqtingizni ayamasdan,
polaponingizga har kuni kitob o‘qib bersangiz, u asta-sekin o‘zi ham muntazam mustaqil
tarzda kitob mutolaa qiladigan bo‘ladi. Uning hayotida kitobxonlik an’anaga
aylanadi.

Fayl nomi | Hajmi | Bolajoningizni_kitob_mutolaasiga_qiziqtirishning_yetti_qoidasi_9.docx | 13.0 KB | Ko‘chirib olish |