Eng qiyin til qaysi?
·
Ma’lumotlarga
ko‘ra, Yer yuzida 6809 ta til bor. Bu tillarga egalik qiluvchilarning
aksariyati Afrika va Osiyoda.
·
Tillarning
ayrimlari rivojlanib, so‘zlashuvchilari soni ko‘payib boryapti. Ayrimlari esa,
yo‘qolib ketish xavfi ostida.
·
Til yashab
qolishi uchun unda so‘zlashuvchilar soni kamida 100 ming kishi bo‘lishi kerak.
Hozir 400 ga yaqin til yo‘qolib borayotgan tillar safiga kiritilgan.
·
Tillar
o‘lishining asosiy sabablaridan biri unda so‘zlashuvchilarning notekis
taqsimlanganidir. Yer yuzi aholisining 80 foizi 80 ta tilda so‘zlashadi. 3500
ta tildan esa sayyora aholisining 0,2 foizigina foydalanadi, xolos.
·
Hozir 46 ta
tilda faqat bir kishigina so‘zlashadi. Agar bu tillar boshqalarga o‘rgatilmasa,
ular o‘tmish bo‘lib qolishi turgan gap. Shuningdek, uch-to‘rt kishigina
biladigan tillar ham talaygina. 200 ga yaqin tilning esa 10 nafardan
so‘zlashuvchisi bor.
·
Afrika qit’asida
jami 1000 dan ortiq tilda so‘zlashiladi.
·
Papua-Gvineyada
700 dan ko‘proq til amal qiladi. Ularning qay birini davlat tili sifatida
belgilash ancha vaqt bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Shu sababli
konstitutsiyada davlat tili yo‘qligi belgilangan. Ish yuritishda ingliz tili va
uning mahalliy lahjasi – pijin-inglishdan foydalaniladi.
·
Xitoy tilining
mandarin lahjasi eng ko‘p so‘zlashuvchiga ega – unda 885 milliondan ortiq kishi
gaplashadi. Bu borada ikkinchi o‘rinni ispan (332 million), uchinchi o‘rinni
ingliz (322 million), to‘rtinchi o‘rinni bengal tili (189 million) egallaydi.
·
Xalqaro sun’iy
til – esperantoni 1887 yili varshavalik vrach Lyudvik Zamengof tuzgan.
·
Afrika xalqlari
gaplashadigan suaxili tili mahalliy qabilalar, arab va portugal tillari
chatishmasidan hosil bo‘lgan.
·
Birlashgan
Millatlar Tashkilotida oltita rasmiy til amalda – ingliz, fransuz, arab, xitoy,
rus va ispan tillari.
·
Eng qiyin
tillardan biri bask tilidir. Hatto uni Ikkinchi jahon urushi yillarida maxfiy
axborotlarni almashish uchun ishlatishgan. Qiyinlik bobida tabasaran tili ham
o‘ziga xos. U Dog‘istonda davlat tillari qatoriga kiritilgan. Bu tilda 48 ta
kelishik bor! Eskimoslar tilida esa hozirgi zamon fe’lining 63 ta shakli,
otlarga qo‘shiladigan 252 ta qo‘shimcha bor!
·
Sanskrit
tilidagi matnlarni malakali tarjima qilish yoki shu tilda yozish uchun bu tilni
kamida 12 yil o‘rganish kerak bo‘ladi.
·
Eskimos tilida
"qor” so‘zining yigirmadan ortiq ma’nodoshlari bor.
·
Eng qadimgi
alifbolardan hozirgacha saqlanib kelgan harf – O. Fanga ma’lum bo‘lishicha, u
miloddan oldingi 1300 yillar atrofida finikiya alifbosida qo‘llanilgan va
hozirga qadar o‘zgarishlarga uchramagan. Bugun bu harf dunyo xalqlari
alifbolarining 65 tasidan o‘rin olgan.
·
Xitoy tilida 50
mingdan ortiq iyeroglif bor. Biroq gazeta o‘qish uchun ularning 2 mingtasini
bilish kifoya qiladi.
·
Papua-Yangi
Gvineyadagi rotakas tili alifbosida bor-yo‘g‘i 12 ta harf bor.
·
Botsvana va
Namibiyada gaplashiladigan kxong tilida 112 ta tovush bor.
·
Kambojada davlat
tillaridan biri sifatida e’tirof etilgan kxmer tili alifbosida 74 ta harf bor.
Bu dunyodagi eng katta alifbodir. Bu tilda mamlakat aholisining 12 millioni
gaplashadi.
·
Sedang tilida
(Vyetnam) 50 ta unli tovush bor.
·
Hindistonda 17
ta rasmiy til bor. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Afrika Respublikasi turadi – u
yerda 11 ta rasmiy til amal qiladi.
·
Kavkaz
mintaqasida 40 ta tilda so‘zlashiladi. Ulardan biri – abxaz tilida 2 ta unli va
60 ta undosh tovush bor
