Biz nima uchun aynan shunday
ekanligimizni izohlovchi 10ta psixologik fakt
Hammamizga
ma’lum, bir shaxsning miya tuzilishi boshqa insonnikiga o‘xshamaydi. Ammo ayrim
vaqtlarda, turli xil insonlarning bosh miyasi bir xil funksiyani bajarishi
mumkin. Shu tufayli bizda o‘xshash vaziyatlar vujudga keladi. Jumladan, ba’zan
siz qilayotgan ishlar, siz his qilayotgan tuyg‘ularni do‘stingiz ham boshdan kechirgan bo‘lishi
mumkin va sizda nega shunday ekanligi to‘g‘risida savol tug‘iladi? Umid
qilamizki, quyidagi faktlar sizdagi mavjud ba’zi jumboqlarga yechim bo‘la oladi.
1.
Agar
maqsadlaringizni boshqalarga oshkor qilsangiz, sizda maqsadga erishish
imkoniyati ancha kamayadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson maqsadini
boshqa birovga aytsa, unda o‘sha maqsadga eltuvchi motivatsiya yo‘qoladi.
2.
Uxlashdan
oldin hayolingizda oxirgi marta gavdalangan inson, yo sizning baxtingizga,
yoxud iztirobingizga sababchi bo‘lgan insondir.
3.
Ijobiy
ruhiyatga ega insonlar bilan birga bo‘ling, baxtli odamlar sizni yanada
baxtliroq qiladi.
4.
Parchalangan
qalb tufayli inson vafot etishi mumkin. Bu tibbiyotda “Stress kardiomupatiya”
deyiladi.
5.
Aqlli
insonlar o‘zlarini nisbatan pastroq baholaydilar va ularda o‘z-o‘zini tanqid
qilish hissi mavjud bo‘ladi.
Ahmoq
insonlargina o‘zlarini mukammal deb hisoblaydilar.
6.
Qo‘shiq
kuylash depressiya va kuchli havotir kabi negativ tuyg‘ularni kamaytiradi.
7.
Ayrim
insonlar juda baxtli bo‘lishdan qo‘rqadilar. Chunki, ulkan baxtdan keyin
mudhish hodisa ro‘y beradi deb qattiq ishonadilar.
8.
Psixologik
isbotlangan ma’lumot, sevib qolish uchun 4 daqiqa kifoya.
9.
98% holatlarda, siz haqingizda savol so‘rashni
xohlasalar, hayolingizga birinchi bo‘lib yaqin kunlarda qilgan barcha yomon
ishlaringiz keladi.
10.
Bugungi kunda o‘rta maktab o‘quvchisining
havotir darajasi 1950-yilda ruhiy kasalning o‘rtacha havotir darajasi bilan
barobar.
11.
Olimlarning
ta’kidlashicha, internet trollarining ko‘pchilik qismi tabiatan o‘ziga bino
qo‘ygan, shafqatsiz, psixopat (aqli zaif) insonlardir.
12.
Hayotda
quvnoq, komik harakterga ega insonlar aslida boshqalardan ko‘ra ko‘proq depressiyaga
tushadilar.
13.
Quvonch
ko‘z yoshlarini birinchi tomchisi doimo o‘ng ko‘zdan oqa boshlaydi. Alamli ko‘z
yoshlarning dastlabkisi esa odatda chap ko‘zdan tushadi.
14.
Ahmoqona
savolga darhol kinoyali javob qaytara olish, sog‘lom miyaning belgisidir.
15.
Yuqori
IQga ega ayollar uchun o‘zlariga munosib juft topish ancha qiyin kechadi.
16.
Miya
qanday buyruq bersa, hujayralar ham shunga muvofiq harakatlanadi. Negativ
harakterga ega bo‘lgan hissiyotlar, o‘y-fikrlar immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
va siz o‘zingizni yomon his qila boshlaysiz.
17.
O‘zidan
qoniqish darajasi nisbatan past bo‘lgan insonlar boshqalarni tanqid qilishga
moyil bo‘ladilar.
18.
Siz
bir inson haqida ko‘proq gapirsangiz, o‘sha insonni sevib qolishingiz ehtimoli yuqori
bo‘ladi.
19.
“Yaxshi”
yolg‘onchilar boshqalarning yolg‘on so‘zlarini tez aniqlab oladilar.
20.
Virtual tanishuvlar va internet do‘konlar bir
xil psixologik prinsp asosida ishlaydi.
Ingliz tilidan Respublika bolalar kutubxonasi
mutaxassisi,
psixolog Abdullayeva Mushtariy tarjimasi
