Eng nodir kitoblar saqlanadigan yirik kutubxonalar
Bugungi kunda “Congress”
kutubxonasi dunyodagi eng yirik va go‘zal kutubxonalardan biridir. 1800 yil 740 ta kitob
bilan tashkil etilgan ushbu ma’naviyat maskanining bugungi
kitob fondi 155 milliondan ortadi. Ular 470 tilga tarjima qilingan. Ta’kidlash joiz, ushbu kutubxonada dunyodagi eng mashhur va eng qimmat
kitoblar saqlanadi. Bundan tashqari ushbu dargohda qo‘lyozmalar, audio yozuvlar va filmlar nusxalari ham bor. Kutubxonada 18 ta o‘quv zali mavjud. Kun davomida bir yarim ming o‘quvchi tashrif buyuradi. Yil davomida kutubxona xizmatidan 1 million 700
mingdan ortiq inson foydalanadi. Bu maskanda ishlovchilar soni esa 3 ming 600
nafarni tashkil etadi.
Dunyoning yirik kutubxonalaridan yana
biri Rossiya Milliy kutubxonasidir. Sant-Peterburg shahrida joylashgan mazkur
kutubxona Yevropada paydo bo‘la boshlagan ilk
kutubxonalardan sanaladi. Kitoblar orasida ko‘plab xorijiy tillarda nashr etilgan asarlarni uchratish mumkin. Ushbu
maskanda o‘ttiz uch milliondan ortiq
kitob mavjud. Bu yerga yil davomida kamida bir yarim million odam tashrif
buyuradi.
