SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Noyabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Omadni “chaqirish”ning ilmiy asoslangan 3 usuli

Omadni “chaqirish”ning ilmiy asoslangan 3 usuli

 

         Angliyalik olimlar o‘zlarini omadli va omadsiz deb hisoblovchi kishilar o‘rtasidagi farqni aniqlashga qaror qilishdi.

         Tadqiqotlar davomida omadli insonlar omadsiz insonlardan yuqori darajada farqlanishi aniqlandi. Omadlilar ikki marta ko‘proq kuladi va boshqalar bilan ko‘z orqali aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Omadsiz odamlar esa emotsional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil bo‘ladi. Ular qandaydir bir muamo tufayli haddan tashqari tashvishlanishi natijasida imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaradi.

         Tadqiqot ishtirokchilariga bir nechta mashqlar berdi. Bir oy o‘tgach, ularning 80 foizi baxtliroq, o‘z hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq bo‘lganini ta’kidladi.

 

E’tiboringizga ushbu mashqlarni havola etamiz:

 

Kengroq fikrlang.

 

         O‘z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq bo‘ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

 

Ijobiy tarzda yondashing

         Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko‘rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo‘yadi. Nimadandir shikoyat qilish o‘rniga, bundan ham yomonrog‘i yuz bermagani uchun shukur qiling.

 

Hayotingizga yangilik kiriting.

 

         Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, bir xil taomni yesangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, o‘z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini ko‘paytiradi.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Agar fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, saytga a’zo bo‘ling yoki a’zo sifatida kiring
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan