SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
81011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi.

1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan bayram tadbirining ssenariysi.

Zal bayromona tarzda bezatilgan. Musiqa sadolari yangrab turibdi. Dastur boshlanishi e’lon qilindi. O`quvchi qizlarning raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga qator o`quvchilar chiqib keladilar.

(Boshlovchilar musiqa ostida sahnaga kirib keladilar)

 

Yigit:

Qalbimda ehtirom, bitayin daston,

Aziz ustoz sizsiz mehribon

Hayotim kitobin yoritib turar

So`zingiz shiordir bizga har qachon.

Qiz:

Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz

Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz

Jamiyatda munosib o`rin olgaydir

Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz

Yigit:

Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so`zlim sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo`lgan aziz ustozlar. Yuzu ko`zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrnon zotlar.

Qiz:

Assalomu alaykum ko`zlari mehrga, so`zlari bolga to`la, farzandlarining tashvishlarini unutibm bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o`ylagan fidoiy kasb egalari bo`lgan shirinso`z  ustozlar.

Yigit:

Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.

Ustozning ko`nglini aylagan obod,

Bir kuni bo`lg`usi o`zi ham ustod

Qiz:

Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.

Mehnating el ichra bo`ldi qadrdon,

Ey aziz ustozim bo`lgin sog`-omon

Yigit:

Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.

Qiz:

Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir aziz  ustozlar. Keling hozir shogirdlaringizni sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat tinglab baho bering.

 

(She’rlar)

Yigit:

Dunyoda muallim bo`lmasa agar

Hayot ham bo`lmasdi go`zal  bu qadar

Qiz:

Kimki bu hayotdan olmasa ta’lim

Unga o`rgata olmas hech bir muallim

Yigit:

Insoniyat aqlini tanigan zamondanoq ta’lim-tarbiyaga muhtoj bo`lib kelgan. Insonning bu ehtiyojlarini esa siz kabi aziz ustozlar qondirib kelgan. Sizlarga har qancha ta’zim qilsak ham kamdir.

Qiz:

To`g`ri aytasan. Qadim-qadim zamonlardan buyon ustozlar el ichra sharafli kasb egalari bo`lib kelgan. Keling hozir ustozlar haqida hikmatli so`zlar eshitsak.

Hikmatli gaplar

Yigit:

Sizdan boshlanadi asli tafakkur,

Ey aziz ustozim sizga tashakkur

Qiz:

Sizdadir qanoat, sizdadir bardosh

Mehringizdan olar nurini quyosh

Yigit:

Siz yurgan yo`llar ham bo`lgaydir gulzor

Siz bizga hamisha bo`lib madadkor

Qiz:

Sizgadir ehtirom, sizgadir e’zoz

Nomingiz dillarda mehribon ustoz

Yigit:

Navbatni go`zal qizlarimiz ishtirokidagi raqsga bersak

Qiz:

Marhamat. Qizlarimizni davramizga taklif etamiz.

(Boshlovchilar musiqa ostida chiqib ketadilar)

Raqs. Nayladi.

 

Yigit:

Ba’zida dilingiz og`ritib qo`yib,

Uzrni aytmaymiz qadrdon ustoz

Shunda ham bizlarni kechirib ketib

Yuksaklikka bizni etasiz parvoz

Qiz:

Qalbingiz beg`ubor aziz ustozim

Avflar etasiz xatolar qilsak

Bir kulib, mayliga deya qo`yasiz

Agarki biz sizni ranjitib qoysak.

Navbatni ustozlarimizga atalgan sahna ko`rinishiga beramiz.

(Sahna ko`rinishi )

Yigit:

Madhingiz kuylasam yayraydi dilim

Nomingiz tushurmas hech also tilim

Sizdan o`rgandimku aziz ustozim

Ne ekan bu hayot, ne akan bilim

Qiz:

Partalar oralab o`tar umringiz

Daftarni qaralab o`tar umringiz

Aylanib ketganku mehr bog`iga

Ustozim ko`nglingiz, sizning ko`nglingiz

Yigit:

Yana navbatni ustozlarimizni madh etuvchi she’rlarga beramiz.

 

She’rlar

Ekranda ustoz haqida slayd ketadi.

 

Qiz:

Bugungi bayram dasturimizda xotiraga ham e’tibor qaratganmiz. Hozir shu xotiraning bir qismini ko`rsatib bermoqchimiz. Ilohim o`tgan ustozlarimizning ohiratlari obod, joylari jannatda bo`lsin

 

O`quvchilar tomonidan sahna ko`rinishli raqs ijro etiladi.

 

Yigit:

Kayfiyatlarimizni ko`tarib olish maqsadida navbatimizni sinfimizning yigitlariga beramiz

Qiz:

Marhamat yigitlar sizlarning ham hunarilani bir ko`raylik.

Yigitlarning chiqishi

 

 

Yigit:

Ustozlar el ichra topgaydir qadr

Doimo shogirdlar ehtiromida

Bayram tabrigini eting siz qabul

Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida

Qiz:

Dilingiz aylasin bu qizlar xushnud

Unuting bir lahza tashvish- g`amlarni

Ilojin topsangiz siz ham qo`shilling

Yayrasin bu dillar, tashlab kamlarni

Raqs. Oyqiz

Yigit:

O`z elini ulug`lagan buyuk inson, ketdi yo Rab

To`y boshlagan diyorini etib hayron, ketdi yo Rab

Yutuqlardan quvonchini yuragiga sig`dorlmay

Yaratga aytmoq uchun ulug xoqon, ketdi yo Rab

Qiz:

Omon boring buzrukvorim, rizo bo`ling xalqingizdan

Sizga loyiq bo`lgan har bir mard o`g`lu- qizingizdan

Unutmaymiz sizni also ko`zdek asrab shu Vatanni

Ming rozimiz, ming rozimiz, ming rozimiz ota sizdan.

Yigit:

Aziz do`stlar barchamizga ma’lumki, boshimizga og`ir musibat tushdi. Mustqalligimiz asoschisi, bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov bu yorug` olamni tark etdi. Lekin u bizga shunday jannatmakon yurtni barpo etib ketdilar.

Qiz:

Endi biz ularning ruhi shod bo`lishi uchun ilm sirlarini egallab, Vatanimizni yanada yuksaklarga ko`tarishimiz kerak. Hozir shu insonni yod etish maqsadida o`quvchilarimiz tomonidan yana bir xotira qismi tayyorlangan

 

Yigit:

Keling shu qismni ko`rishdan oldin biz yoshlar shu ulug` insonni yod aylab bir necha soniya sukut saqlaylik.

Qiz:

Ilohim yurtboshimizning ohiratlari obod, joylari jannatda bo`lsin.

Kichkina o`quvchilar she’r aytadi

Islom + Gulnoza she’r aytadi

O`zbekiston qo`shig`i yangraydi.

Yigit:

Aziz ustozlar va bayramimiz tamoshabinlari shuning bilan bugungi bayram dasturimiz o`z nihoyasiga yetdi. O`ylaymizki ozgina bo`lsa ham sizni shod eta oldik.

Qiz:

Bugun biz 9- B sinf o`g`il-qizlari siz uchun xizmatda bo`ldik. Tadbiriiz sizga ma’qul bo`ldi deb o`ylaymiz. Kelganingizdan boshimiz ko`kka yetdi.

 

 

 

Administrator
Sayt administratori
Kitob fayllari
Fayl nomi Hajmi
1-Oktabr_ustoz_va_murabbiylar_kuniga_ishlangan_bayram_tadbirining_ssenariysi._Bonu.docx 19.0 KB Ko‘chirib olish
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Agar fikr bildirmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, saytga a’zo bo‘ling yoki a’zo sifatida kiring
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan