Ko‘pchiligimiz televizorlarsiz hayotimizni tassavur qila olmaymiz.
Soatlab televizor qarshisida o‘tirib, sevimli kinolarimizni va
dasturlarimizni tomosha qilamiz. Lekin televizor ko‘rish qanchalik foydali va
qanchalik zarar ekanligi haqida xech o‘ylab ko‘rganmisiz? Quyida sizlar uchun
bu haqida o‘zimizning xolisona fikrlar, siz ham o‘zingizniki bilan
o‘rtoqlashing.
Maslahatlar:
- Televizor reklamalar bilan
insonni manqurt qilib qo‘yadi.Agarda siz reklama faqatgina aqlsiz va omi
insonlarga ta’sir o‘tkazadi holos, deb o‘ylasangiz, siz yanglishasiz.
Korporatsiyalar aynan ularning mahsulotlarini reklama orqali
isete’molchiga sota olishlariga ko‘zlari yetmaganda edi, trillionlab dollarlarini
reklama yo‘lida sarflamagan bo‘lar edilar.
- Televizor munosabatlarni
buzadi.Televizor orqali ko‘rayotganlaringizni barchasi haqiqat emasdir.
Siz qayg‘urayotgan qahramonlarni aslida, ofislarda o‘tirib, senariylar
yozayotgan insonlar tomonidan o‘ylab topiladi. To‘qima qahramonlarni
o‘ylab o‘tirgandan, siz yaxshisi atrofingizni kim o‘rab turgani bilan
qiziqing. Kuningizni yaqin insonlaringiz bilan o‘tkazing, ularga
e’tiboringizni ajrating. Hech qachon unutmangki, siz ularga va ular
sizga muhtojdirlar.
- Televizor psixik quvvatingizni
o‘g‘irlaydi. Toki televizoringiz yoqiq ekan, sizning hayolingiz uning
changalida asirdadir. Bu shuni bildiradiki, sizning psixologik
energiyangiz unga qaratilgan va siz uni boshqara olmaysiz.
- Televizor pul turadi. Siz
o‘ylaysizki, Televizor sizga arzonga tushmoqda. U holda bir hisoblab
ko‘ring, elektr quvvatiga, DVD qurulmalariga, kabel televideniyalariga
qancha pul sarflamoqdasiz?
- Televizor sizning ongingizga
ta’sir o‘tkazadi. Televizor hayotni soddalashtiradi. Agarda sizni butun
bir davlat yoki bir uyushgan jinoyatchilar guruhi quvlab kelishayotgan
bo‘lsalar ham, shu voqea so‘ngida sizni Bahtli Nihoya kutib turibdi,
deya ishontira oladi. Bu sizni har tomonlama fikrlashingizni
sustlashtiradi. Sizga haqiqiy hayotda uchraydigan muammolar osonlikcha
o‘z yechimini topa oladigan tuyuladi. Siz har hil holatlardan qanday
qilib chiqib ketish yo‘lini o‘ylashga ham dangasalik qilib qolasiz va
standart holatlarda ham yechim topa olmaysiz.
- Televizor sog‘ligingizga ham
ta’sir ko‘rsatadi. Uning qarshisida zuoq o‘tirish, nafaqat sizning ko‘z
nuringizga ta’sir qiladi, balki figurangiz buzilishiga ham sabab
bo‘ladi. Divan, televizor va yegulik – bu uchlik semirishga keng yo‘l
ochuvchi holatdir.
- Televizor ko‘rish uchun qancha
vaqtingizni sarflaysiz? Unga ketkazgan vaqtingizni boshqa biror bir
foydali narsaga sarflasangizchi? Masalan, o‘zingiz yoqtirgan ishga,
kitob o‘qishga, yoki d’ostlaringiz bilan ko‘rishishga. Dunyoda
shunchalar qiziq narsalar ko‘pki, ular millionlab tele dasturlar va
kinolardan qiziqdir.
Manba: Avitsenna.Uz
|