Ustozim
- ulug’
faxrim
1-oktabr—
O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq
bayramiga
bag'ishlangan tadbir senariysi
Ustozning
so'zi— mangu mash'ala.
Maktab
zali va sahnasi bayram ruhiga monand bezatilgan va jihozlangan. ZaI boyi abohanrabo kuy taraladi. Sahnaga
tadbirni olib boruvchi qizlar chiqishadi.
1 - boshlovchi:
— Ey, aziz
muallim, aziz muallim,
Sen
ulug' zotlarga bergansan ta'lim.
2-boshlovchi:
— Ey, aziz muallim, aziz muallim,
Senga biz
abadiy etgaymiz ta'zim.
(Abdulla
Oripov)
1-boshlovchi:
— Assalomu alaykum,
mo'tabar ustoz-u murabbiylar!
2-boshlovchi:—Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar va maktabdoshlar!
«Ta'zimsizga, ustoz-u murabbiylar!» deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!
1-boshlovchi:
— Jonajon
O'zbekistonimizda hormay-tolmay fidokorona mehnat qilayotgan, davlat va millat
manfaatlarini yurakdan his etayotgan aziz ustozlar bilan faxrlanamiz.
2-boshlovchi:— Iste'dodli va salohiyatli, har
tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda o'z zimmasiga katta
mas'uliyatni olgan qadrli muallim va murabbiylar! Barchangizni ulug' ayyom
bilan muborakbod etamiz!
Maktab
rahbari barchani bayram bilan tabriklab, kechani ochiq deb e'lon
qiladi.O'quvchilar xor jamoasi O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini
tantanali ravishda, musiqa jo 'rligida
ijro etadi.
Sahnaga
xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish
bo'limi vakili yoki maktab rahbari taklif etiladi. U ustoz-murabbiylarni
qutlaydi.
Mehmonlarga
guldasta in 'om qilinadi.
O'quvchilar
doirada «Katta o`yin» xalq kuyini chalishadi.
1-boshlovchi:
— «Ustoz» deganda
har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik
tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab, ado qilib
boimaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi.
2-boshlovchi:
— Dono xalqimizning
bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, bug'doydek;
o'n yil yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, tok ekib, bog' qil; umr bo'yi yaxshilik
qilmoqchi bo'lsang, muallimlik qil», deyilgan. Demak, o'qituvchilik eng
olijanob kasbdir.
1-boshlovchi:
— Sohibqiron
bobomiz Amir Temur uch holatda zudlik bilan otdan tushar ekan: ustozini
uchratib qolganida, non bo'laklarini yerda ko'rganida va qabriston yonidan
o'tayotganida. Demak, Sohibqiron muallimlarga nisbatan juda hurmatda bo'lgan.
Bu ulug' zotdagi ezgulik va insoniylik xislatlarini ota-onasi va ustozlari
tarbiyalagani barchamizga tarixiy manbalardan ma'lum.
2-boshlovchi:
— O'qituvchi va
murabbiylarni qadrlab, haqli ravishda «Ustoz otangdek ulug'», deya buyuk zotga
ehtirom ko'rsatamiz. Nafaqat o'tmishda, balki bugungi kunda ham qalbi quyosh
ustozlarni ardoqlash, ularga hurmat bajo keltirish qadriyat darajasiga
ko'tarilgan.Yurtboshimiz va davlatimiz tomonidan ustozlarga doimiy e'tibor va
g'amxo'rlik ko'rsatilib kelinmoqda. 1997-yildan e'tiboran O'zbekiston
Respublikasining «0'qituvchi va murabbiylar kuni»ni belgilash to'g'risida»gi
qonuniga binoan, har yili 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq
bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Bu sananing dam olish kuni deb e'lon
qilinishi barcha o'qituvchi-murabbiylar bilan bir qatorda keng jamoatchilikni
ham mamnun etdi.
Haqiqatan ham ,hech bir davlatda bizdagidek o'qituvchi
va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmaydi.
Mustaqillik
yillarida Respubtikamiz ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlaming
amaldagi ifodasini aks ettiruvchi video lavha proyektor orqali namoyish
etiladi.
O'qituvchi:
— Har yili bayram
munosabati bilan Prezidentimizning biz o'qituvchi-murabbiylarga yo'llaydigan
tabrik so'zlari, bayram arafasida bir guruh o'qituvchi va murabbiylarning
yuksak unvonlar bilan mukofotlanishi, ustozlarga davlatimiz rahbari tomonidan
ko'rsatilayotgan hurmat, e'tibor va g'amxo'rlikning amaldagi yorqin ifodasidir.
Ta'lim tizimida qo'lga kiritayotgan yutuqlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan
alohida e'tirof etilayotgani barchamizga katta g'urur va iftixor bag'ishlaydi.
Davlatimiz
tomonidan bizga mehnat qilishimiz uchun zarur qulaylik va sharoit yaratib
berilgan ekan, bunga javoban o'qituvchi o'zining samarali mehnati bilan javob
qaytarishi kerak. Buning uchun fidoyi bo'hshimiz, o'z ustimizda tinimsiz
ishlashimiz, malakamizni doimo oshirib borishimiz, keng fikrlaydigan, ilg'or
pedagogic va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amalda unumli
foydalanadigan, ijodkor, yoshlar yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilat
egasi bolishi shart.
O'quvchilar
ustozlariga guldasta taqdim etadilar.
Istiqlol
yillarida mamlakatimizda sport sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlarni aks
ettiruvchi slayd namoyish etiladi.
1-boshlovchi:
— Maktab va
mahallani bir-biridan ayricha tasavvur qila olmaymiz. Ular o'rtasidagi
mustahkam aloqa aslida uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda maktab va
mahalla o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish davlat miqyosidagi masalalardan
biriga aylandi. Bayram tadbirimizda
mahalla fuqarolar yig'ini raisi ishtirok etyapti.
Mahalla
fuqarolar yig'ini raisi: — O'zbekistonda 10 mingga yaqin mahalla faoliyat ko'rsatmoqda. Maktablar
soni ham qariyb shuncha.Bu ikki katta kuch yosh avlod ta'lim-tarbiyasida o'z
vazifasini munosib uddalab kelmoqda. Jumladan, men raislik qilayotgan mahalla
sizlarning maktabingiz bilan doimiy aloqa o'rnatgan. «Oila—mahalla—ta'lim
muassasasi hamkorligi» konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar
natijasida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishmoqdamiz. Hozirgi vaqtdagi
faoliyatimizni Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyunda qabul qilingan
«Barkamol avlodni tarbiyalashda oila institute va fuqarolarning o'zini o'zi
boshqarish orgardarining ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorligini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori asosida tashkil etyapmiz.
Maktab bilan aloqani yaxshilab, voyaga yetmaganlar o'rtasida ro'y beradigan
huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha ko'plab tadbirlar uyushtirdik.Bu
tadbirlar mahalla noziri, tuman prokuraturasi, fuqarolik sudlari bilan
hamkorlikda o'tkazilmoqda.
Kavsar
Turdiyeva so'zi, Anor Nazarov musiqasi bilan
yaratilgan «Ustozlarim»
qo'shig'ini musiqa jo'rligida bir o'quvchi ijro etadi.O'g'il-qizlar esa raqsga
tushadilar.
O'quvchi:
— Tinglang,
ta'riflarimiz siz uchun!
Sahnaga
bir necha o'quvchi chiqib, hikmat-maqollardan namunalar aytadi:
* Muallim— jamiyat ko'zgusi.
*
Tarbiyachi ongni ongga ulaydi.
* Ustozning so'zi— mangu mash'ala.
* Ustozning marhamati— quyoshdek hammaga teng.
* O'qituvchiningta'limi— insoniyatgayorug'lik.
* O'qituvchi ma'no dengizining duridir.
* Yaxshi ustoz nomardni mardga aylantiradi.
* Odoblini
hamma yaxshi ko'radi, o'qituvchi esa odobsizni ham mehri bilan yaxshilar
qatoriga qo'shadi.
(Matlab
beka Ulug'bek qizi.«Hikmatlar guldastasi», «O'qituvchi» nashriyoti, 1994-y.).
Ta'rifiga g'azal bitsang,
she 'r
yozsang,
Yer-u ko
'kda berur sado muallim.
Qalb me'mori,
Dil chinori— ustozdir,
Farzand mehri ko 'ngilda
Jon muallim.
(Normurod Narzullayev)
Bormi murabbiydan
Baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz,
Bor bo 'ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!
(Erkin Vohidov)
2-boshlovchi:
— Qadrli ustozlar!
Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo'lida xizmat
qilib also hormang! Bolajonlik va insoniylik sizlarni hechqachon tark etmasin!
Fan bog'ining bog'boni bo'Iib, ziyo bog'ida yetishtirayotgan nihollaringiz
kamolini ko'rishdek saodat barchangizga nasib etsin! Bayram yana davom etadi.
Marhamat, barchangizni davraga taklif qilamiz.
To'lqin
so'zi, Sobir Boboyev musiqasi asosida yaratilgan «Aziz ustozlar!» qo'shig'ini
musiqa jo'rligida maktab xor jamoasi ijro etadi
