Ruxiyatni
ko'tarish yo'llari 16 ta maslahat |
Bu
ruhiy usullar ko‘rsatilgan ro‘yxat amaliy jihatdan tasdiqlangan. Ehtimol,
ularning ayrimlari hiyla-nayrangni eslatar… Biroq bu usullar siz bilan
muloqotda qo‘llanilishi mumkin, ogoh inson qurollangan bo‘ladi. 1.
Tanishuvning boshida har bir ishtirokchining ko‘z rangiga e’tibor qarating
(agar, unga she’r bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz albatta). Biroq, bu usul
suhbatdoshingizga do‘stona munosabatingiz va o‘zingizga ishonchni namoyish
etib, eng maqbul ko‘rish orqali aloqaga erishishga yordam beradi. 2.
Odamlar hammasidan ko‘ra ko‘proq kun boshi va oxirida nima sodir bo‘lganini
yaxshi eslab qolishadi. O‘rtada bo‘lgan barcha narsalar oqib ketgandek qabul
qilinadi. Shu sababli suhbat uchun vaqtni belgilashda nomzodlarning
ro‘yxatining boshida yoki oxirida bo‘lishga harakat qiling. 3.
Suhbatda ishtirok etayotgan odamlarning to‘xtash holati ularning yashirin
tuyg‘ularida oshkor bo‘ladi. Misol uchun, siz ikki tanish insonni oldiga borganingizda
ular to‘xtash holatini saqlab qolgan holatda sizga faqat tanasi bilan
o‘girilsa, demak sizni yoqtirishmayapti. Xuddi shunday ko‘rinishda sizdan
poyabzalining uchi bilan o‘girilib olgan suhbatdosh tezroq ketmoqchi
ekanligini anglatadi. 4.
Guruhdagi odamlar birvarakayiga kulishsa, ularning har biri o‘ziga ko‘proq
yoqqan insonga nigohini qaratadi. Darvoqe, bu ishdagi ishqlarni ham
aniqlashtirib beradi. 5.
Agar siz savolga haqqoniy javob olishni istasangiz, lekin suhbatdosh o‘zini
chetga tortsa, malakali psixoterapevtlar kabi bir oz to‘xtang. Bir muddat
indamay turing, suhbatdoshning ko‘ziga qarashda davom eting. Qoidaga ko‘ra, u
odamga noqulay bo‘ladi va u pauzani to‘ldirishga harakat qiladi. 6.
Rahbar sizga yig‘ilishda qattiq tanbeh berishga tayyorlanayotganini his
etsangiz, u bilan yonma-yon o‘tiring. Sizning bevosita yaqinligingiz uning
tajovuzkorlik darajasini kamaytiradi, siz esa suvdan quruq chiqib ketasiz. 7.
Agar siz odamlardan katta bo‘lmagan qarz so‘rasangiz, ular sizga nisbatan
yoqish istagini ko‘rsatishadi. Ruhiy mexanizm shundaki, biz hech bo‘lmaganda
bir marta g‘amxo‘rlik qilgan insonni qadrlaymiz. 8.
Birinchi uchrashuvdayoq insonning ismini eslab qolishga harakat qiling va
kelgusi muloqotlarda undan foydalaning. Bu uni sizga ixlosini oshiradi. 9.
Boshqalarning imo-ishoralarda shilqim bo‘lmaslik ishonchni o‘rnatadi. Muhimi,
haddan oshirib yubormaslik. 10.
Olomon orasidan yorib o‘ting. Odamlarning o‘zini emas, ular o‘rtasidagi
masofani ko‘ra biling. Bu odamlar sizning oldingizda yo‘l ochib berishga
majbur etadi. 11.
Adrenalin bilan uchrashuv – masalan, amerikacha attraksionda uchish,
qo‘rqinchli kinoni ko‘rish yoki aeroplanda birgalikdagi parvoz – miyadagi
uyg‘onish markazini rag‘batlantiradi va ishtiyoq obyektiga sizni
yaqinlashtiradi. 12.
“Men o‘ylaymanki” va “Nazarimda” degan so‘zlar bilan fikringizni boshlamang.
Bu shundoq ham sizning nutqingiz ekanligini ko‘rsatadi, lekin ba’zan kerak
bo‘lmagan ishonchsizlikni ko‘rsatadi. 13.
O‘qishning eng yaxshi yo‘li – o‘zini o‘qitish. Agar siz nimadir yangi narsa
haqida bilib olgan bo‘lsangiz yoki yangi ko‘nikma orttirsangiz, buni
atrofdagilar bilan bo‘lishishga intiling. 14.
Odamlar uchun o‘zi haqidagi shaxsiy tasavvur muhim. Atrofdagilar o‘zini
qanday qabul qilishi bo‘yicha mulohaza yuritib ko‘ring. 15.
Agar ishingiz mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lsa, orqa
tomoningizda oyna qo‘yib qo‘ying. Bu o‘z navbatini kutib turgan odamlarga
zerikmaslik va jahli chiqmasligiga imkon beradi. 16.
Siz yoqishni istagan inson bilan uchrashmoqchimisiz? Unday bo‘lsa imkon
boricha uchrashganingizni ochiq va ta’sirchan tarzda namoyish eting. Bu jihat uni kelgusi safar xuddi
shunday quvontiradi. |
