
O'quvchini o'zgartira olgan
o'qituvchi - Ibratli hikoya.
Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining
o‘rniga boshqa boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni
boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib
yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga
etdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol
bergani ekan. Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallima o‘sha
talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator bayni
berdi va:
- Buni
ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi
darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni
ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:
- Kim hozirgi
she’rni yodlab qola oldi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha
«ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani,
javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar
o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha
kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta
davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u haqidagi
tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga
burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi
hisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar
bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini
bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham a’lo baholar ola boshladi.
Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani
bitirdi. Doktor bo‘lishni ham maqsad qildi.
U
o‘qituvchisi haqida yozarkan: «Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri
yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni
shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni
his qiladi. Hayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari
esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruhan
ezishdan, o‘zgalar oldiga yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi.
Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun
umri o‘zini tiklolmay o‘tadi» dedi.
