O’simliklar dunyosi.
SHAKARQAMISH
Bengaliya — shakarqamish vatani hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
shakarqamish iqlimiy sharoiti qulay bo’lgan tropik va subtropik o’lkalarda ham
yetishtiriladi.
Shakarqamish issiqlik va namni sevadi. U havosining harorati
23,5-27°C, yillik yog`in miqdori 1500-2000 kilometr bo’lgan joylarda, xususan,
issiq o’lkalarda daryolarning sohillarida yaxshi o’sadi.
Eramizdan oldingi 327-yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish
qilgan paytlarida shakarqamishni «arisiz asal» deb atagan.
Shakarqamish Osiyoning janubiy va janubi sharqiy qismida juda
qadimdan ekib kelingan; Yevropaning janubida, dastlab Kipr orolida 1150-yildan
ekila boshlagan. Taxminan 1400-yillarda Sitsiliya, Kalabriya va Ispaniya
sohillariga, u yerdan Madeyra oroliga, keyinchalik Kanar orollariga yetib
borgan. Ispanlar Antil orollari (Amerika qit’asi)ga shakarqamishni «Kanar
qamish» nomi bilan olib borganlar. Keyinchalik bu o’simlik mazkur orollar
iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydigan bo’lib qoldi. Bir vaqtlar shakarqamishni
mo’tadil iqlimli o’lkalarda yetishtirishga ham urinib ko’rilgan, lekin bundan
natija chiqmagan.
Hozir shakarqamish, asosan, Vest-Indiya, Janubiy Amerikaning
shimoliy qismida va Osiyoda yetishtiriladi. Afrikaning Angola, Kongo va Gvineya
sohillarida ham shakarqamish ekilmoqda. Shakarqamish plantatsiyalari ulkan
qamishzor - to’qayni eslatadi. Shakarqamish poyasining yo’g`onligi 2
santimetrdan 5 santimetrgacha, balandligi 6 metr boladi, barglarining uzunligi
esa 2 metrgacha boradi. Sarg`ayib to’kilgan barglar o’rnida halqasimon iz
qoladi. Oddiy qamish poyasining ichi bo’sh bo’ladi. Shakarqamish poyasi ichida
esa shirin, shirali mag`iz bor. Hamma gap o’sha mag`izda.
Shakarqamishning guli jig`aga o’xshaydi va uzunligi 50-80 santimetr
keladi. Shakarqamish gullash oldidan yig`ishtirib olinadi. Ildizi yaqinidan
kesilgan shakarqamishning tepasi olib tashlanadi, barglari tozalanadi.
Shakarqamish tarkibidagi qand moddasi 20% ga etadi. Shakar va qand
tayyorlashdan qolgan qoldig`idan rom ichimligi ishlanadi.
VIKTORIYA REGIYA
Viktoriya regiya issiq va sernam sharoitda o’sadigan ko’p yillik
ajoyib suv o’simligidir. Tabiatda shunday o’simlik borligini 1801-yilda
aniqlangan.
Viktoriya regiyaning asl vatani — Janubiy Amerika. Bu o’simlik
Amazonka va Orinoka daryolari havzalarida o’sadi. Uning bargi juda katta,
diametri 2 metrga yaqin. Suv yuzida qalqib turadigan bargining shakli ulkan
barkashni eslatadi. Bargning chetlari 5-10 santimetr kenglikda tepaga
qayrilgan. Bargni yo’g`onligi 5-10 santimetr keladigan tomir ushlab turadi.
Viktoriya regiyaning bargi bolalarni, 50 kilogrammlik yukni, hatto yuziga bir
tekis qilib sepilgan 75 kilogramm qumni ham ko’taradi.
Bu o’simlik avgust oyida gullaydi. Gulining eni 40 santimetrga
yetishi mumkin. Guli uch kun yashaydi: har kuni kechqurun ochilib, tongda
yumiladi. G`unchasi suv ostida bo’lib, ochilishiga yaqin suv betiga chiqadi.
G`uncha oq rangda bo’ladi. Birinchi kuni pushti rangda ochiladi, ikkinchi kuni
gul to’q qizil rangda, uchinchi kuni esa och qizil rangda ochiladi. Gul
barglari to’kilgach, gul bandi suv ostiga tushadi va mevasi suv ostida
yetiladi. Yerli xalq bu o’simlikning mevasini yeydi.
Viktoriya regiya urug`dan ko’payadi. Uning normal o’sib rivojlanishi uchun
suvning harorati +30° atrofida bo’lishi kerak. Bu o’simlik o’z vatanidan boshqa
joylarda oranjeriyalardagina o’stiriladi. Moskva, Sankt-Peterburg va
Toshkentdagi botanika bog`larida bu o’simlik bor.
BAMBUK
Bambuk - daraxtga o’xshash, lekin boshoqli o’simlik; uni daraxt deb
bo’lmaydi, uning tabiati butunlay boshqacha.
Bambuk juda-tez o’sadi, bo’yi 38 metr, tanasining aylanasi 80
santimetrga boradi. Yosh bambuk besh-olti Hafta ichida 18 metr o’sishi mumkin.
Bambuk kun sayin emas, soat sayin o’sadi, qulay sharoitda bir kunda yarim
metrdan ortiq o’sishi mumkin.
Bambuk pishiq va engil bo’lganligidan undan uylar, shiyponlar,
ko’priklar, Har xil mebellar yasaladi. U vodoprovod quvurlari uchun Ham juda
bop. Bambukdan turli savatlar, qutilar ishlanadi, qipiqlaridan presslab
paloslar tayyorlanadi, tanasining ustki qavatidan pichoq va qayroq, tolali
po’stlog`idan esa ipak qog`oz ishlanadi. Bambukdan xar xil musiqa asboblari
yasaladi, bambuk bo’g`inlarida to’planib qolgan moddadan chinni sanoatida
foydalaniladi, suliga o’xshash donidan non pishiriladi, sarsabil mazasini
eslatuvchi novdalari xar xil ovqatga ishlatiladi. Bambukni qaynatib yoki
saryog`da qovurib xar xil sho’rvalar, qaylalar pishiriladi, quritib yoki
konservalab qishga olib qo’yiladi. Bambuk bargi aralashtirib pishirilgan jo’ja
go’shti eng mazali ovqat hisoblanadi.
BAOBAB
Baobab savannalarga xos ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat
daraxtlarning ham eng ulkani. Ba’zan uni «o’simlik dunyosining begemoti» deb
atashadi.
Baobabning ko’rinishi juda g`alati; shuning uchun bo’lsa kerak, mashhur
sayyoh D. Livingston uni to’ntarib qo’yilgan ulkan sabziga o’xshatgan.
Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlarning birida qudratli tangri baobab
daraxtidan g`azablanib, uni sug`urib olgan-u, ildizini yuqoriga, shoxini pastga
qaratib to’ntarib yana yerga suqib qo’ygan», — deyiladi.
Tanasi silliq po’stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo’yi 18-20
metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri osa 10 metrdan ham ortishi
mumkin.
Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko’tarib turadi, qurg`oqchilik
davri boshlanishi bilan barglari to’kilib, qing`ir-qiyshiq shoxlari
yalang`ochlarshib qoladi. Baobab daraxti uzoq — 5000 yilgacha yashaydi. Lekin
ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning
yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi
singari yillik halqalar bo’lmaydi. Keksa daraxtlarning o’zagi chirib qoladi,
o’zaksiz baobab ichiga turli parrandalar, yovvoyi asalarilar in qiladi; u
odamlar uchun ham boshpana bo’lib xizmat qiladi. Ayrim baobablarning ichiga
20-30 kishi sig`ishi, mashinalar uchun «garaj» vazifasini o’tashi mumkin.
Baobab daraxti goh «semirib», goh «ozib» turadi: yomg`irli mavsumda
suvga to’yingan baobab biroz «to’lishadi», qurg`oqchilik mavsumida yana
«ozadi». Baobab, odatda, suv yaqinida o’sib, ildizi tanasidan 100 metr nariga
cho’zilib ketadi. Baobab daraxtining yog`ochi bo’sh bo’lib, o’zida ko’p nam
saqlaydi. Uning tanasida jami 15 ming litrgacha suv to’planishi mumkin.
Yomg`irli mavsum boshlanishi bilan baobab gullaydi. Gullari juda yirik
bo’lib, diaffeetri 15-20 santimetrga etadi. Uning oppoq gullari tunda ochiladi,
xushbo’y bo’ladi. Gullarini ko’rshapalaklarning bir turi changlatadi, tong
otishi bilan bu gullar so’liydi.
Baobab mevalari qurg`oqchilik mavsumi boshlanishi oldidan etiladi. Bu paytda
daraxtning mayda barglari to’kilib, bodringga o’xshash mevalari quruq
shoxlarida osilib turadi. Uning mevasi ham, urag`i ham iste’mol qilinadi.
Mevasi biroz nordon, mazali, uzunligi 35 santimetr, yo’g`onligi 17 santimetr
keladi. Baobab mevasini maymunlar xush ko’rib yeydi. Maymunlar ko’pincha baobab
tanasi ichida yashaganligidan uni «maymun daraxti» deb ham yuritishadi.
Baobabning bargida suyakni mustahkamlaydigan modda ko’p bo’lganligidan fillar
baobab barglarini ishtaha bilan yeydi.
Baobab daraxti va uning mevasi mahalliy xalq uchun katta ahamiyatga ega.
Ular baobab mevasini ovqat o’rnida iste’mol qiladilar, yosh nihollaridan
xushxo’r ichimlik tayyorlaydilar. Iki ichimlik chanqoqni tez bosadi. Yosh
novdalar ovqatga ham ishlatiladi. Daraxt po’stlog`i va bargidan tayyorlangan
tolqon murch va tuz o’rnida iste’mol qilinadi. Baobab mevasidan xushbo’y moy
olinadi, urug`i qovurilib yeyiladi, bargi esa ovqatga ishlatiladi, yog`ochi va
po’stlog`idan qog`oz tayyorlanadi, tola olinadi. Bu toladan arqon eshiladi,
qop, baliq tutish uchun to’r va dag`al mato to’qiladi. Baobab yog`ochidan laxta
ham tilinadi, o’yib qayiq ishlanadi.
Baobabdan har xil dori-darmonlar ham tayyorlanadi. Uargining damlamasi
bezgakka qarshi davo. Uning mevasidan ham dori tayyorlanadi. Yerli xalqlar
chaqaloqni, baobab daraxtidek azamat bo’lsin, deb uning novdasi va ildizi
qaynatilgan suvda cho’miltirishadi.
Baobab
— savannalardagi ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtning ham eng
ulkanidir. Ba’zan uni «o‘simliklar dunyosining begemoti» deb atashadi. Tanasi
silliq po‘stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo‘yi 18-20 metr, tanasining
aylanasi 45 metr keladi, diametri esa 10 metrdan ham ortishi mumkin.
Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko‘tarib turadi, qurg‘oqchilik davri
boshlanishi bilan barglari to‘kilib, qing‘ir-qiyshiq shoxlari yalang‘ochlanib
qoladi. Maymunlar ko‘pincha baobab
tanasida yashaganligi uchun u maymun daraxti ham deyiladi. Baobab daraxti 5000
yilgacha yashaydi. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi.
Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida
boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo‘lmaydi.
A.Rafiqov, H.Vahobov, A.Qayumov,
Sh.Azimov
"Amaliy geografiya"
G`afur G`ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent - 2012
BANAN
Banan issiq o’lkalarda
o’sadigan baland bo’yli o’simlik bo’lib, uning mevasi «dondlar mevasi» deb
yuritiladi. Bu o’simlikning balandligi 10 metr atrofida, tuproq ostidagi
ildizpoya uning asosiy tanasi hisoblanadi. Ildizpoyadan yo’g`onligi qalamdek
keladigan juda ko’p uzun va qayishqoq ildizlar atrofga taralib ketadi. Bu
ildizlar juda yashovchan. Uning bir bo’lagini, hatto biroz turib qolgan bo’lsa
ham yeksan-giz, undan banan o’sib chiqadi. Shuning uchun banan urug`dan emas,
balki ildizda ko’paytiriladi. Madaniylashtirilgan bananlarning mutlaqo urug`i
bo’lmaydi.
Banan o’simligi tanasida o’ndan ortiq (hatto yigirmatagacha) uzun
barglar osilib turganligidan u ko’rinishidan xurmo daraxtiga o’xshab ketadi.
Barglarining ajoyib xususiyati shuki, jazirama issiq kunlari ular osilib
tushadi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar kichrayib, quyosh nurlari
bargning yaltiroq parda bilan qoplangan ustki tomonigagina tushadi, shu tufayli
o’simlik tarkibidagi suvning bug`lanishi kamayadi. Ob-havo nam va nisbatan
salqin paytlarda bargning chekkasi tepaga qayriladi, bargning chetki tomonidagi
teshikchalar kengayadi va namning bug`lanishi ortadi. o’simlikning mo’tadil
rivoji shuni taqozo etadi.
Bu o’simlikning har tupi bir gulto’da bo’lib gullaydi va meva bir bosh
banan tugadi. Bir bosh bananda 200-300 dona meva - «banan g`ujumlari» bo’lib,
umumiy og`irligi 50-60 kilogramm keladi. Bir bosh bananning uzunligi 2 metrga
borishi mumkin. Hosil pishib etilgach, poya sekin-asta quriydi, ammo
ildizpoyadan yana juda ko’p novdalar shoxlab chiqadi. Ularning har biridan
rosmana bir tup banan o’sib chiqib, ular ham hosil berishi mumkin. Shuning
uchun bir marta ckilgan banandan bir necha o’n yil mobaynida hosil olib
turiladi.
Tropik o’lkalarda o’simlikning vegetatsiya davri yil bo’yi davom
etganligidan ildizpoyada turli «yosh»dagi bachkilarni qoldirib, bananzorlarda
yil bo’yi uzluksiz hosil yig`ishtirib olsa bo’ladi. Shu tufayli banan
plantatsiyalaridan katta daromad olinadi.
Banan mevalari o’simlik tanasida turib pishsa, mazasi o’zgaradi,
xushbo’y hidi yo’qoladi, po’sti yorilib, mag`zi qushlar bilan hasharotlarga yem
bo’lishi mumkin. Shuning uchun batian mevalari, odatda, pishib yetilmasidan,
dumbulligida uzib olinib, pishib yetilguncha saqlanadi. Shunda meva tarkibidagi
kraxmal qandga aylanadi, meva o’ziga xos maza, xushbo’y hid kasb etadi.
Banan o’simligi ekilib, 14-15 oy o’tgandan keyin hosil
beradi. Banan odamlarga ma’lum bo’lgan madaniy o’simliklar ichida eng
qadimgilaridan biridir. Bananning vatani - Osiyo.
Osiyoda banan juda qadimdan yetishtirib kelingan. Keyinchalik bu
o’simlik boshqa joylarga ham tarqalgan, Amerikagacha yetib borgan. Banan issiq
o’lkalardagina o’sadi. Havo harorati muttasil +20°C dan yuqori bo’lgan, ming
millimetrdan ham ko’p yog`in yog`adigan iqlimiy sharoit banan uchun juda
mosdir. Agar harorat keragicha issiq, tuproq yaxshi bo’lsa, uni sug`orib
o’stirish ham mumkin.
Banan Osiyo, Afrika, Avstraliya, Markaziy va Janubiy Amerikaning issiq,
nam sohillarida, tropik orollarida mahalliy xalq uchun oziqa sifatida qadimdan
yetishtirib kelingan. Bu nozik meva XIX asrgacha chetga chiqarilmagan, shuning
uchun mo’tadil o’lkalardagi odamlar bu mevadan bexabar bo’lganlar. XIX asr
oxiri va XX asr boshlaridan banan boshqa o’lkalarga ham chiqarila boshlangan.
Chetga chiqarish va ko’proq daromad olish maqsadida u tobora ko’plab
yetishtiriladi, keyinchalik Markaziy va Janubiy Amerikaning Karib dengizi sohillarida
ham ko’plab ekila boshlaydi.
HIND XURMOSI
Hindistonda banan -
hind xurmosi deb ataladigan ajoyib daraxt o’sadi. Banan daraxti yoshligida
ingichka, nozik bo’ladi, lekin tez o’sib ulg`ayadi va juda ko’p shoxlaydi.
Shoxlaridan novdalar, o’ziga xos «ildizlar» o’sib chiqadi. Kokilga
o’xshash novdalar yergacha osilib tushadi va yerga tekkan joyidan ildiz otadi.
Bir necha yildan keyin uning o’zi ham rosmana daraxtga aylanadi. Shunday qilib,
bir daraxt o’zidan ko’payib, juda katta maydonni egallaydi.
Hindistonning Kalkutta shahridagi bir tup banan ko’payib, hozir 1000 tup
daraxtga aylangan va 1,2 gektar joyni egallagan. Bu daraxt hozir 200 yoshda.
Banyanlarning shoxlari birbirlariga tutashib ketib, ulkan bir daraxtzorni
eslatadi. Shuning uchun bananni «o’zi bitta, tanasi mingta daraxt» deb
atashadi.
Shri-Lanka orolidagi mashhur bananning 1360 ta yo’g`on va 3000 ta mayda
tanasi bor deyishadi. Uning asosiy ona tanasining yo’g`onligi 2 metrga boradi,
boshqalarining yo’g`onligi 1 metr. Bu antiqa daraxtning novdasimon o’sib
chiqqan ildizlari nam havodan oziqlanadi; shunday ildizlari bo’lmasa hind
xurmosi bunchalik ko’paymas edi.
SEKVOYYA - ULKAN DARAXT
Sekvoyya Yer sharida
faqat Serra-Nevadaning g`arbiy yonbag`irlarida saqlanib qolgan. Agar bu
daraxtni Yer sharida yashab o’tgan yashil mavjudotlarga qiyos qiladigan
bo’lsak, uni yashil dinozavr deb atash mumkin.
Aytmoqchi, sekvoyya dinozavrlar bilan zamondosh hisoblanadi. Dinozavrlar
ham, Yevropa va Osiyodagi sekvoyyalar ham qirilib bitgan. Muzlik bosmagan
Kaliforniyadagina Yer sharidagi asosiy mo’jizalardan biri — sekvoyya bizgacha
saqlanib qolgan.
…Ulug`vor sekvoyyaning ming yillik qizg`ish tanalari uzoqdan xuddi
tarashlangan dag`al toshga o’xshab ko’rinadi. Ҳaqiqatda esa uning tanasi
namatga o’xshash po’stloq bilan qoplangan, qo’lingizga g`ovak va iliq tuyuladi.
Sekvoyya po’stlog`ining qaliinligi 60 santimetr, qo’l bilan bossangiz
yumshoq, ushaladi. Ushalgan parchasi po’kakka o’xshaydi, ezsangiz bir siqim
qizg`ish kukunga aylanadi. Po’stlog`i bamisoli ko’rpa, daraxtni qattiq sovuqdan
himoyalaydi. Sekvoyya po’stlog`ining bundan muhimroq xususiyati ham bor:
issiqlik ta’sirini ichkariga o’tkazmaydi. Shunday bo’lmaganda o’rmonda chiqqan
yong`inlar sekvoyyaning uzoq yashashiga yo’l qo’ymagan bo’lar edi. Sekvoyya
o’rmonlarida ko’p martalab yong`in chiqqan… Bu yong`inlarga uch yuz… besh yuz…
to’qqiz yuz yil bo’lgan… Tanasining bir qismi kuygan sekvoyyalar ana shunday
katta yong`inlardan guvohlik berib turibdi. Bir katta sekvoyyaning o’zagi
kuyganu, ammo u hamon yashafnoqda. Biz xuddi g`orga kirgandek, qadimgi
yong`inda kuygan bir daraxtning kavagiga kirdik. Fonus yoqdik. Bu kavak bir
xonali xonadoncha kelar edi.
Bir sekvoyyaning kavagiga garaj va savdo do’koni joylashgan (tomosha va
reklama maqsadida), boshqa bir daraxt kavagini ayiqlar egallagan: ular shu
kavakda qishlashar ekan.
Yong`inlar sekvoyyalar uchun foydali, degan fikrlar ham bor: yong`in
pastda joylashgan barcha o’simliklarni kuydirib kulga aylantirgach, yerning
shirasi faqat sekvoyyaga qoladi. Bundan tashqari yong`indan keyin yer kul bilan
o’g`itlanadi. Sekvoyyaning uzoq umr ko’rishiga yana bir sabab shuki, uning
yog`ochi chirimaydi; u xastalikni pisand qilmaydi. Uning yonidagi boshqa daraxt
kasallikka chalinib qurib yotibdi, ammo sekvoyya xuddi sehrlab qo’yilgandek
yashnab turibdi. Uning qizg`ish tanasi bo’g`zidan tortib uchigacha toza va
beg`ubor.
Keksa daraxtlarning shox-shabbalari tepasida, juda balandda boshlanadi.
Agar uning bahaybat tanasi bilan shox-shabbalarni bir-biriga taqqoslaydigan
bo’lsak, xuddi katta kishining boshiga yosh bolaning do’ppisini qo’ndirib
qo’ygandek g`alati ko’rinadi.
Ming yashar sekvoyyalar bir-biridan ancha narida, siyrak o’sadi. Ularning
yoniga borish uchun boshqa daraxtlarni, qalin o’tlarni, to’kilgan shox-shabbalarni
yorib o’tishga to’g`ri keladi, ahyon-ahyonda ulkan «tosh»larni ham aylanib
o’tish kerak bo’lib qoladi. Bizga toshga o’xshab ko’ringan narsalar aslida
ag`darilgan sekvoyya daraxtining tanalaridir. Ag`darilgan sekvoyya chirimaydi,
uning po’stlog`i tushib ketadi-yu, ammo yog`ochi juda uzoq vaqtlargacha
chirimay yotaveradi.
Qadimiy sekvoyyalarga borish uchun o’rmon ichidan yo’l ochilgan. Har bir
daraxtning nomi bor. Ayrimlariga mashhur odamlarning nomi berilgan. Shuning
uchun Magellan, Kopernik, Galiley, Kolumb nomi bilan ataluvchi sekvoyyalar
uchrashiga taajjublanmasa ham bo’ladi. Qizil tanali bu daraxtlar mashhur
odamlardan ham mashhurroqdir. «General Sherman» nomli daraxtni olaylik. Uning
bo’yi 90 metr, yo’g`onligi 10 metr, yoshi taxminan uch ming yil. Daraxtning
ko’rinishi hundan 500 yil ilgari qanday bo’lgan bo’lsa, hozir ham shunday.
Yer sharidagi eng
keksa daraxtlardan biri bo’lgan sekvoyyaning yonida kichik bir niholni qidirib
topdik. Bu yosh nihol bundan besh yil ilgari shu ulkan sekvoyya urug`idan unib
chiqqan bo’lsa ajab emas. Uch ming yosh bilan besh yosh — ota bilan o’g`il!
«Ota bilan farzand» o’rtasida yosh jihatdan bunchalik katta farqni qayerda
uchratish mumkin?! Modomiki sekvoyya uch ming yil yashar ekan, bu yosh
niholning 5005-yildagi quyosh chiqishini ko’ra olishi ehtimoldan uzoq emas.
o’sha vaqtga borib niholning qanday ko’rinishga kirishini oldindan tasavvur
qilish mumkin-u, ammo 5005-yilda Yer sharida yashaydigan insonlar to’g`risida
taxminiy fikr aytish qiyin.
Sekvoyyalarning qulashi kam uchraydi. Shunday bo’lsada, 1953-yilda
odamlarning ko’z o’ngida bir sekvoyya qulagan. Uning tanasiga «Bu daraxt 2415
yil umr ko’rgan» deb yozib qo’yilgan. Buning to’g`riligiga ishonish uchun
sekvoyya tanasidagi yillik halqalarni sanab ko’rish mumkin.
Daraxtning qirqilgan joyiga insoniyat tarixidagi ayrim voqealar
yozilgan. Mana shulardan ba’zilari:
«Eramizdan oldingi 323-yilda Iskandar Zulqarnayn vafot etgan. Buyuk
sarkardaning jasadi asal to’ldirilgan bochkaga solinib, dafn etish uchun Osiyodan
o’z yurtiga keltirilgan. o’sha yili sekvoyya 136 yoshda bo’lgan».
«Eramizdan oldingi 44-yilda Yuliy Sezar vafot etgan. o’sha vaqtda
sekvoyya 400 yoshda bo’lib, tanasining yo’g`onligi bir yarim metrga etgan».
«Eramizning 570-yili Muhammad sollallohu alayhi va-sallam — payg`ambar
tug`ilgan. o’sha vaqtda sekvoyya 1032 yoshda bo’lgan».
1348-yilda Yevropada vabo tarqalgan, 1492-yilda Amerika «kashf etilgan»
vaqtlarda sekvoyya necha yoshda bo’lganligi ham shu tarzda yozib qo’yilgan.
Sekvoyya daraxtlari muhofaza qilinmoqda. 1890-yilda sekvoyyalarni muhofaza
qiluvchi park - qo’riqxona tashkil etilgan.
KOKOS PALMASI
Palmalarning turi juda
ko’p, ammo eng ko’rkam palmalardan biri kokos palmasidir. Uning silliq
tanasining bo’yi 30-40 metr, yo’g`onligi 60 santimetr keladi.
Daraxtning uchidagina uzunligi 3-4 metr keladigan, patsimon 10-14 ta
bargi bo’ladi. Boshqa ko’pchilik xurmolar tik o’sib ustunga o’xshab turadi.
Kokos palmasining tanasi esa bir tomonga, ko’proq okean tomonga yonboshlab
o’sadi. Bu palma barglari tapmoqlanib ketgan joyidan gullaydi, gullari mayda
bo’ladi. Ammo mevasining kattaligi bolalar kallasicha keladi.
Uning mevasini «kokos yong`og`i» deb atash odat bo’lib qolgan. Bir dona
mevasining diametri 18-20 santimetr, uzunligi 26 santimetr. Har bir kokos
palmasi yiliga 20-25 tadan 60 lagacha yong`oq beradi. Hosili biryo’la pishib
yetilmaydi. Shuning uchun hosili yiliga 5-6 marta terib olinadi. Kokos palmasi
ikki xil: erkak palma va urg`ochi palma bo’ladi. Faqat urg`ochi palma hosil
beradi. Kokos yong`og`ining sirti dag`al jigarrang toladan iborat bo’lib, bu
tolalardan arqon eshiladi, cho’tka qilinadi, dag`al palos, savat va boshqa
narsalar to’qiladi. Yong`oqning pishiq, zich po’chog`idan turli idishilar
tayyorlanadi.
Kokos yong`og`i dumbulligida ham, pishganida ham iste’mol
qllinadi. Yong`oq dumbul vaqtida juda ko’p miqdorda «kokos suti» beradi.
Yong`oq uzib olingach, tepasi o’tkir pichoq bilan cho’rt kesib tashlanadi va
ichidagi rangsiz, nordon, muzdek «kokos suti» ichiladi. Bu suyuqlik to’yimli
bo’lib, chanqoqni tez bosadi. Kokos yong`og`i pishganida «suti» kamayadi,
po’chog`ining ichida yog`li va oqsilli mag`iz hosil bo’ladi. Yong`oq mag`izi
kopra deb ataladi. Uni yeyish mumkin. Ko’pincha u po’chog`idan ajratib olib
quritiladi va undan kokos yog`i olinadi.
Bu yog` xo’jalikda iste’mol qilinadi. Undan margarin olinadi, qoldig`i
esa sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kopraning kunjarasi molga beriladi. Kokos
palmasining gullari tilib qo’yilsa, kuniga uch litrgacha shira oqib chiqishi
mumkin. Bu shiradan qand, sharob tayyorlanadi.
Kokos yong`oqlarini terib olish oson ish emas, uni faqat mutaxassislar
tera oladi.
Kokos palmasining mustahkam yog`ochi - tengi yo’q qurilish materiali, barglari
esa tombop materialdir. Ular kulbalarning tomiga yopiladi; barglaridan savat,
bo’yra to’qiladi, shlapa va zontik yasaladi. Yosh barglar sabzavot
o’rnida ovqatga ishlatiladi.
XURMO
Afrika shimolidagi
vohalarda yashaydigan xalqning asosiy non-nasibasi xurmo hisoblanadi. Ular
jazirama issiq kunlarda xurmo daraxti soyasidan bahramand bo’lishadi.
Xurmo daraxli shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga,
qisqasi, kun ko’rish uchun zarur narsalarga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi.
Sahroyi Kabirning ayrim viloyatlarida xurmo (mevasi) hamon pul vazifasini o’tab
kelmoqda.
Xurmo - parvarishtalab daraxt. Arab xalqida shunday bir naql bor: «Xurmo
cho’l malikasi, uning oyog`i suvda, boshi olovda». Xurmo uchun nam va salqin
turpoq bilan birga jazirama issiq, quyoshli kunlar zarur. Unga shunday sharoit
yaratib berilgandagina u kishilar mehnatini oqlaydi, ularga o’zining tilladek
mevalarini in’om etadi.
Xurmo daraxti tanasidan o’sib chiqqan o’simtalarni olib o’tkazish yo’li
bilan ko’paytiriladi. Shu tarzda ekilgan xurmo 4-5 yildan keyin hosil bera
boshlaydi, 11 yildan keyin kamolga etadi. Xurmo daraxtining har bir tupi yiliga
o’rta hisobda 40 kilogrammdan hosil beradi va taxminan yuz yilgacha hosil berib
turadi. Ba’zi xurmolarning har tupidan 100 kilogrammgacha hosil olinadi.
Sahroyi Kabirda xurmo daraxti, odatda, aprel oyida gullaydi.
Sug`oriladigan yerlardan unumliroq foydalanish maqsadida ayrim hollarda xurmo
daraxtlari orasiga o’rik, uning tagiga esa sabzavot ekinlari ekiladi.
Sahroyi Kabirda barcha xurmo daraxtlarining hosili tayin etilgan bir
kunda terib olinadi. Yalpi terim «e’lon» qilinmaguncha hech kim o’zining
shaxsiy mulki hisoblangan daraxtning bitta mevasini ham uzib ololmaydi - haqqi
yo’q; xurmoni bevaqt uzgan kishi jazoga mahkum etiladi. Vohadagi tartib-qoida
shunday. Қabila boshliqlari yoki mahalliy hokimlar hosil yig`ishtirib olinadigan
kunni tayinlagach, bu haqda butun mamlakat bo’ylab xabar qilinadi. Belgilangan
kuni hamma o’ziga tegishli xurmolarni bitta qo’ymay terib olishi shart. Terib
olingan xurmolar xonalarning shipiga osib qo’yiladi. Xurmo osig`lik holda bir
necha oy, hatto yillab saqlanganida ham mazasini va xushbo’y hidini
yo’qotmaydi.
Jazirama issiq kunlari cho’lda tangacha soya topilmaydigan kezlarda
hamma o’zini xurmo soyasiga oladi. Cho’lda xurmo muqaddas mevadek aziz.
Chaqaloqning beshigi, kelinchakning ro’moli xurmo bilan bezatiladi. Xurmo
yaproqlari qadimgi Misrda o’ziga xos kalendar vazifasini ham o’tagan. Rosa bir
oyda xuraio bargi qurib tushadi.
Xurmo mevasiga to’yimliligi jihatdan biron-bir meva teng kelolmaydi.
Quritilib taxlangan xurmoni arablar «cho’l noni» deb atashadi. Xurmoning
tarkibida 70% qand, bir foiz yog`, 6% oqsil moddasi va turli vitaminlar bor.
Arablar xurmodan har xil taomlar tayyorlaydi, turli tarzda ovqatga soladi.
Ular, ko’pincha arpa uniga xurmo qo’shib non pishiradilar, xurmo shirasidan
shinni, ba’zan «asal» ham tayyorlaydilar, xurmo daraxti barglaridan pishiq va
qayishqoq savatlar, bo’yralar to’qiydilar, tolasidan esa turli arqonlar
eshadilar. Keksa xurmo daraxtlari quriganida ulardan qurilish materiali
sifatida foydalaniladi.
Xurmoning navlari juda ko’p: ayrimlari juda quruq, boshqalari juda
shirali bo’ladi. Chetga chiqariladigan xurmolar, odatda, bir haftagacha
ildizida quritiladi. Ular sekin-asta turshak bo’la boshlagach, uzib olib
yashiklarga, ayrim hollarda maxsus qoplarga joylab Yevropa, Amerika va boshqa
mamlakatlarga yuboriladi. Қuritilgan xurmo bir necha yilgacha aynimaydi. Xurmo,
asosan, Afrikaning shimoli va Osiyoning janubi g`arbidagi mamlakatlarda
yetishtiriladi.
