Munosib yashashning 10 ta qoidasi
Hammaga
yashash uchun 24 soat beriladi. Hayot mana shu — bizga berilgan lahzalar
sarhisobi. To‘g‘ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, o‘tkinchi hayotning mohiyatini
tushunib oqilona yashalsa, bu — bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli
fursat. Garchi hayot yillar bilan o‘lchansa ham, biz umr deganda baxtli
daqiqalar, go‘zal xotiralarni eslaymiz.
Aytishadiku,
bir kunlik umrda ham bir asrlik hayot kechirsa bo‘ladi. Buning uchun esa
quyidagi qoidalar ham yordam beradi.
1. 24
soatni faqat o‘zingga sarflama.
Boshqalar
uchun qayg‘urish, boshqalarga dalda bo‘lish va boshqalar bilan fikrlashishni
kanda qilmagin. Hayotingda ma’no yo‘qligini sezgan kuning atrofga boq va
odamlarga yordam qo‘lini cho‘z. Bu yaxshiliging yashashing uchun sabab bo‘ladi.
2. Hayot
siz uchun nimani anglatishini aniqla.
O‘zingizning
hayotdagi so‘nggi yillaringizda tasavvur qiling. Bu — hayot! Va siz o‘sha
mahalda o‘tgan umringizni qanday tasavvur qilib, nima deb izohlagan bo‘lar
edingiz? Hayot — go‘zallik, muhabbat, jo‘shqinlik, yaratuvchanlik va
qiziquvchanlik mujassam bo‘lgan muqaddas ibodatxonadir. Ibodat esa — ezgu amal
va ezgu fikrni anglatadi.
3.
Kelajakda yashashni bas qil.
«Bir kuni»,
«vaqtim yoki imkonim bo‘lganida» degan rejalar ko‘payib ketsa, bir zumga
to‘xtang va o‘zingizdan «nimaga hozir yoki bugun emas?» deb so‘rang. Hayot
afsuslar bilan uyg‘onish uchun qisqalik qilishini his eting. Har kuni sizga
tirikligingizni eslatadigan biror ish qiling.
4.
Ko‘proq baxtiyor va samimiy odamlar davrasida bo‘l.
Ular
hayotni boshqalarga qaraganda yaxshiroq his qilganlari uchun ham, uni yorqinroq
ko‘radilar. Siz ham ulardan ijobiylikni o‘rganing. Unutmang, yo‘qotilgan vaqt —
biz yashay olmagan daqiqalardir.
5.
Dardga matonatli bo‘l.
Og‘riq va
qayg‘ular umrimizning kunlarini o‘g‘irlaydi xolos. Hayot sizga limon otganida,
siz undan limonad tayyorlang. Aytishadiku, sinovlarga seni kuchsiz qilishlariga
yo‘l qo‘yma. Aks holda, hammasini yana boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.
6.
Shuuringga diqqat qil.
Shunda
undagi istaklar so‘zga aylanadilar. So‘zlaringga diqqat qil — ular harakatga
aylanishadi. Harakatga ergashsang — u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qil,
shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa — sening taqdiringdir.
7.
Odamlarni kechir va ularni sev.
Inson tirik
mavjudotlar orasida kuchli quvvat manbaiga ega jonzot. Bu quvvatni u ma’naviy
ildizlardan oladi. Buning yo‘li esa shoshib chiqarilgan xato xulosalarni rad
qilish. Kimnidir yomon ko‘rish, kimdandir nafratlanish, bu — bizni oxir-oqibat
dushmanidan qo‘rqqan, himoyaga muhtoj odamga aylantirib qo‘yadi. Himoya esa
yashash emas, yashashdan qochish degani.
8.
O‘z-o‘zingga hayot sabog‘ini berishga odatlan.
Yashash —
muntazam qilingan xatolarning xulosasi. Modomiki, xulosa yo‘q ekan, yashab ham
bo‘lmaydi. Boshi devorga tegib ham saboq chiqarmayotgan erkak esa chindan-da
qashshoq va baxtsizlikka munosib.
9.
Tavakkal qilishga odatlan.
Bu — o‘zini
hayotning eng yaxshisiga munosib ko‘rish degani. Hayot ishora va belgilar
yordamida bizga doimo «Kel, ichkariroq kir!» deydi. Ammo ko‘pincha biz uning
suratini olamizda, so‘ng qo‘rqib orqaga tisarilamiz.
10. Har
daqiqa senga aziz insonlarni qadrla va himoya qil.
Ish, bu —
hayot degani emas. Ota-ona, do‘stlaring uchun ham yasha. Ayniqsa, ota-onangni
aziz bilib, xizmatlarini qil. Shekspir aytganidek, ota-onaning ovozi —
Yaratganning ovozi. Farzand uchun ular jannat yo‘lboshlovchilaridir.
Munosib va
baxtiyor umr barchamizga nasib qilsin!
