
Tarbiyasi
og`ir o`quvchilar bilan ishlash Ta’lim
muassasalarida alohida nazoratga olingan o’quvchilar bilan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan.
TAVSIYA
O’quvchilarining
hulqida salbiy o’zgarishlar aniqlanganda yoki oilaviy sharoitiga ko’ra bola
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi holatlar sezilganda o’quvchi maktabning
alohida ichki nazoratga olinadi va yakka tartibda profilaktik tadbirlar tashkil
etiladi.
- Umumta’lim maktablarining alohida
ichki nazoratiga olingan o’quvchilar ro’yxatini shakllantirish.
Umumta’lim
maktablarining ichki nazoratiga huquqbuzarlikka moyilligi bo’lgan o’quvchilar
sifatida:
- Maktabning ichki tartib
qoidalariga to’liq amal qilmaydigan, surunkali dars qoldiruvchi va past
o’zlashtiruvchi o’quvchilar;
- Maqsadli reydlar davomida
ko’cha-ko’yda bemaqsad yurganligi yoki turli ishlar bilan
shug’ullanayotganligi aniqlangan o’quvchilar;
- Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan
jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan o’quvchilar;
- Ichki ishlar idoralarining
profilaktik hisobiga olingan o’quvchilar.
«Diniy
ta’limga moyilligi bo’lgan o’quvchilar sifatida:
- majburiy ta’lim olishdan bosh
tortib masjidlarda ibodat qilganligi, yoki diniy rasm-rusumlar va
marosimlarda qatnashganligi aniqlanganlar;
- maktabda va jamoat joylarida
diniy libos (xijob)da yuruvchi o’quvchi-qizlar;
- Ichki ishlar bo’limlarining
maxsus hisobida turgan Diniy ekstremistik oqim xayrixohlarining maktab
yoshidagi farzandlari;
- o’quvchilarning din haqidagi
bilimlar olishga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida o’tkazilgan
ijtimoiy va psixologik so’rovlar natijasiga ko’ra lozim topilganlar.
Noqobil oila farzandlari sifatida:
- Narkologiya dispanserining
profilaktik hisobida turadigan shaxslarning maktab yoshidagi farzandlari;
- Notinch va janjalkash oilalarda
tarbiyalanayotgan o’quvchilar olinadi;
- Umumta’lim maktablarining
alohida ichki nazoratiga olingan o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini
olib borish.
Mazkur
o’quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borishni quyidagi tartibda amalga
oshirish maqsadga muvofiq.
O’quvchilarning
ushbu ro’yxatga olingaligini o’ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda
profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglar
biriktirish;
Ularni
bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabdagi qiziqishlari
bo’yicha va fan to’garaklariga jalb etish;
Nazoratchi-pedagoglar
tomonidan o’quvchilarni ro’yxatga olinishiga sabab bo’lgan xatti-harakatlarini
takrorlanishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga
oshirish. Bunda
- Diniy
ta’limga moyilligi bo’lgan o’quvchilarning din haqidagi tushunchalari va
dunyoqarashlarini ijobiy tomonga o’zgartirish maqsadida mazkur o’quvchilar
va ularning ota-onalari bilan yakka tartibda tushintirish ishlarini olib
borish;
- Ularga O’zbekiston
Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi
Qonuni talablarini tushuntirish;
- Huquqbuzarlikka moyil
o’quvchilar va ularning ota-onalari o’rtasida «Voyaga etmaganlarning
huquq, burch va mas’uliyatlari», «Voyaga etmaganlarning jinoiy
javobgarliklari», «Farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar
va ularni oldini olishda ota-onalarning roli», «Diniy ekstremizm – yoshlar
kelajagiga tahdid», «Sog’lom avlod – millat kelajagi» mavzularida soha
mutaxassislarini jalb qilgan holda davra suhbatlarini tashkil etish;
- O’quvchilarning darslarga
maktab «Ustavi»da belgilangan o’quvchilar formasida, dars jadvalida
ko’rsatilgan darsliklar va tegishli o’quv-qurollari bilan kelishini
nazorat qilishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mahalla
faollari bilan hamkorlikda ushbu o’quvchilarning ota-onalari yoki ularning
o’rnini bosuvchi shaxslarning bola tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga
qaratilgan hamkorlik ishlarini amalga oshirish:
- Farzandi tarbiyasiga salbiy
ta’sir ko’rsatayotgan, ularni maktabga borishiga to’sqinlik qilayotgan
noqobil ota-onalar to’g’risida mahalla fuqarolar yig’inlariga ma’lumot
kiritish hamda ularni faollar o’rtasida muhokama qilinishi ustidan
jamoatchilik nazoratini o’rnatish.
- Ota-onalar yoki ularning
o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash borasidagi
majburiyatlarni bajarmaslik hamda umumiy ta’lim olishlarini ta’minlamaslik
holatlari kuzatilganda ularni o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortish
uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taklif kiritish;
- Ko’rilgan choralar samara
bermagan holda ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish bo’yicha voyaga
etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarga murojaat qilish.
Shuningdek,
o’quvchilarning oilaviy sharoitlarini, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni
o’rganish maqsadida sinf rahbarlari tomonidan «Mening oilam», Iqtisod fani
o’qituvchisi tomonidan «Oilamiz byudjeti», Milliy istiqlol g’oyasi va
ma’naviyat asoslari turkumidagi fanlardan dars beruvchi o’qituvchi tomonidan
«Mening Vatanim» mavzularida darsdan tashqari ijodiy bayon va insholar olish
maqsadga muvofiq.
