
o`zbekiston Flora va faunasi.
O’simlik olami.
O’zbekistoning o’simlik olami 4000
tadan ortiq o’simlik turlarini o’z ichiga oladi. O’simliklar turlarining 20%
qismi – endemik turlardir (boshqa hech qayerda uchramaydi); ularning ko’pchilik
qismi tog’larda o’sadi. Dashtlar va sahrolarnig o’simlik olami asosan o’ziga
xos butalardan tarkib topgan. Pasttekisliklarda daraxt, buta, o’tsimon
o’simliklar kuchli rivojlangan. To’qaylar uchun qamish va qandim o’simliklari
xosdir.
Tog’ oldi tekisliklarining manazarlarida
o’tlar o’sadi, daraxtlar yo’q, butalar asosan suv oqadigan joylarda uchraydi.
Bu yerda piyozlilarning har xil turlari, lolalar, ravoch, safsargul o’sadi.
Balandroq joylashgan tekisliklar – bu qora-qo’ng’ir tuproqlardagi quruq, turli
o’t o’simliklari o’sadigan dashtlardir. Toshli joylarda butalar ham o’sadi –
bodom, kavrak, turli o’tlar.
Qir-adirlarda va past tog’li
joylarda asosan qimmatbaho daraxt turi – zarafshon archasi o’sadi. Shuningdek
bargli daraxtlar turlari ham keng tarqalgan: do’lana, chinor, jiyda, yovvoyi
olma turlari, yong’oqlar, pista, qayin, terak, olcha turlari ham o’sadi. Past
tog’li joylar butasimon o’simliklarga juda boy: archasimon butalar, na’matak,
tavolga, yovvoyi uzum, zira juda mo’l. O’tlarning turlari ham juda xilma-xil:
marmarak, zizifora, ravoch, shovul, lola va boshqa lolaguldoshlar, pskem piyozi
(qimmatbaho dorivor o’simlik). O’rta baland tog’larda na’matak va boshqa
butalar o’sadi. Baland tog’larda tuproqning faqat 30 % qismi o’simliklar bilan
qoplangan. Bu yerda asosan tipchoq o’sadi.
Hayvonot dunyosi.
O’simlik olami kabi O’zbekiston
Respublikasiinng hayvonot olami ham turli-tumandir. Bu yerda Osiyo
hayvonlarining ko’pgina vakillari uchraydi. Ularning ichida: sut
emizuvchilar (bo’ri, tikquloq tipratikon, tulki, qursoq, quyon, jayron,
sayg’oq, yovvoyi cho’chqa, morxo’r, tog’ qo’yi, bo’rsiq, toshli tulki, ayiq,
qoplon, gornostay, Sibir tog’ echkisi, Hind kalamushi, chiyabo’ri, Buxoro
bug’usi, yumronqoziq, tovushqon), sudralib yuruvchilar (toshbaqa,
gekkonlar, agama, qum iloni, o’qilon, O’rta Osiyo ko’zoynakli iloni,
qalqontumshuq ilon, ola chipor ilon, Oloy ochiqko’zi), Qushlar (to’xtatuvaloq,
qoraquyruq bulduruq, qarqunoq, balchiqqush, targ’ilqush, dasht sori,
xo’jasavdogar, olato’g’anoq, moyqut, sichqonbosh, ovsyanka, kaptar, qora
kalxat, oqbosh qumoy, burgut, Himolay ular qushi, boltayutar, mayna, olaqarg’a,
tustovuq, kakku qushi, sariq qush, qorayaloq, qarg’a, qora qarg’a, janubiy
bulbul, mo’ylovli , qamish ovsyankasi, ko’kqush), hasharotlar va boshqalar bor.
Suv havzalarida 70 ga yaqin
turdagi baliqlar uchraydi: Orol xonbalig’i, Amudaryo forel balig’i,
cho’rtan baliq, Orol plotvasi, Orol mo’ylovbalig’i, sazan, kumush karas
balig’i, laqqa baliq, sudak, okun, ilonbaliq, oddiy tolstolobik, oq amur
balig’i.
