
AMERIKA QO'SHMA
SHTATLARI (AQSH)
Rasmiy nomi Amerika Qo'shma Shtatlari.
Poytaxti - Vashington.
Hududi - 9363200 km2.
Aholisi - 301139947 kishi (2007).
Rasmiy tili -ingliz, (ispan, fransuz, nemis,
Dini — protestantlar (53%), katolik-lar (26%),
yahudiylar (2%ga yaqin), pravo-slavlar (2% ga yaqin), musulmon diniga e'tiqod
etuvchilar (2% ga yaqin).
Pul birligi — AQSh dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikadagi davlat
Shimolda Kanada (chegara uzunli-gi — 8893 km, Shimoliy Amerikaning shimoli
g'arbida joylashgan Alyaska shtatining Kanada bilan chegara uzumigi — 2477 km),
janubda Meksika (3326 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g'arbda Tinch okean,
sharqda Atlantika okeani, janubda Meksika ko'rfazi bilan tutashib ketgan. Undan
tashqari, AQSHga Gavay orollari, Guam oroli, Sharqiy Samoa, Virgin orollari
hamda Kuba orolidagi
Iqlimi — keskin kontinental. O'simlik dunyosi juda
boy. Bu yerda iqlim zonalarining o'zgarishiga qarab flora ham o'zgarib boradi.
AQSHda mox va lishaynik-lardan tortib pahna va sekvoyya daraxtlarigacha mavjud.
Hayvonot olami ham turfa, u ham flora kabi iqlim zonalarining o'zgarishiga
qarab o'zgarib boradi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat
tuzilishi — federativ respublika. Mamlakat tarkibiga 50 ta shtat (Aydaxo,
Ayova, Alabama, Alyaska, Arizona, Arkanzas, Virjiniya, Vashington, G'arbiy
Virjiniya, Viskonsin, Vayoming, Vermont, Gavayya, Delaver, Jorjiya, Illinoys,
Indiana, Kaliforniya, Kolorado, Kon-neictikut, Kanzas, Kentukki, Luiziana, Men,
Merilend, Massachusets, Michigan, Minnesota, Missisipi, Missuri, Montana,
Nebraska, Nevada, Nyu-Hempshir, Nyu-Jersi, Nyu-Meksika, Nyu-York, Ohayo,
Oklaxoma, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Shimoliy Karolina, Shimoliy Dakota,
Tennessi, Texas, Florida, Janubiy Karolina, Janubiy Dakota, Yuta va Kolumbiya
okrugi kiradi. AQSHga qaram hududlar: Beyker oroli, Xoulend oroli, Kingem-Rif,
Sharqiy Samoa, Guam, Jarvis, Jonston attoli, Miduey, Navassa orollari, Palmira
attoli, Puerto-Rika, Virginiya orollari, Ueyn orollari. AQSH 1776-yil 4-iyulda
mustaqillikka erishdi (ilgari Angliya mustamlakasi). Milliy bayramlari: 4-iyul
— Mustaqillik kuni, 22-fevral — Jorj Vashington tug'ilgan kun, 11-noyabr —
Urush qahramonlari kuni. Qonunchiligi ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat
va hukumat bosh-lig'i Prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat va
Vakillar palatasidan tashkil topgan ikki palatali parlament amalga oshiradi.
AQSHda asosiy ikkita yirik partiya mavjud: Respublikachilar va Demokratlar.
Iqtisodi, transport kommunikatsiy atari. AQSH — ilg'or
industrial va sanoatning yuqori diversi-fikatsiyasiga ega davlat bo'lib, neft
sanoati (dunyoda ikkinchi o'rinda), metallurgiya (aluminiy, qo'rg'oshin, mis
ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo,
elektron, oziq-ovqat, yog'ochni qayta ishlash va boshqa sanoat sohalari keng
rivojlangan. 2006-yil YIM miqdori — 11628083 mm dollarni (aholi jon boshiga —
38613 doll.) tashkil etgan. Qulay iqlim sharoiti va unumdor yerlarining
mavjudligi qishloq xo'jaligi rivojlanishiga yaxshi omil yaratadi. Chorvachilik
mahsulotlari ham turfa (dunyoda go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha
birinchi o'rinda). Asosiy qishloq xo'jalik mah¬sulotlari — makkajo'xori, soya,
sorgo (uchalasini yetishtirish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda), bug'doy
(uchinchi o'rinda), shakarqamish (ikkinchi o'rinda), tamaki (ikkinchi o'rinda),
paxta (uchinchi o'rinda), kartpshka. Shu bilan bir qatorda AQSH baliq ovlash
hajmi bo'yicha ham ilg'or mamlakatlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi
mahsulotlarining katta qismi boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Qo'shma
Shtatlar tashqi savdo hajmi bo'yicha dunyo mamalkat-laridan oldinda. Asosiy
savdo hamkorlari: G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya.
Temiryo'lllarining umumiy uzunligi — 240000 km.
Dunyodagi eng zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'iga ega bo'lib, umumiy
uzunligi — 6365590 km (ulardan 88641 km tez yurishga mo'ljallangan trassalar),
sifati bo'yicha ham oldingi o'rinda. Ichki suv yo'llarining umumiy uzunligi —
41009 km. Mamlakatning asosiy portlari: Ankorij, Boston, Gonolulu, Long-Bich,
Los-Anjeles, Mayami, Norfolk, Yangi Orlean, Nyu-York, Portlend, San-Fransisko,
Xyuston, Korpus-Kristi, Filadelfiya.
Tarixi. Birinchi yevropaliklar hindular istiqomat
qilgan hozirgi AQSH hududiga ilk bor XVI asrda kelishgan. Shimoliy Amerikaning
mustamlakalashtiri-lishi oqibatida XVIII asrga kelib bu yerda uchta ta'sir
zonasi tarkib topdi: ispanlar — Floridada, Texasda va Tinch okean sohillarida,
fransuzlar — Buyuk Ko'llar va Luizianada, inglizlar — Atlantika sohillari
bo'ylaridagi hududlarda. 1774-yilda 13 ta britan mustamlakasi mustaqillik uchun
kurash boshlab, 1776-yil 4-iyulda AQSH tashkil topishi bilan tugadi.
J.Vashington va B. Franklin tomonidan tuzilgan demokratik davlatning asosiy
tamoyillari bilan birga shtatlarning keng huquqlari hamda kuchli federal
hokimiyat tamoyillari chambarchas bog'lanib ketgan Konstitutsiya 1787-yil 17-sentabrda
qabul qilindi. XIX asrning birinchi yarmi-da AQSH hududlarming kengaytirilishi
yangi yerlarni xarid qilish bilan birga fransuzlardan Luizianani, ispan-lardan
Floridani, o'zga davlatlarning koloniyalarini bosib olish vositasida amalga
oshirildi. Yangi yerlarni kolonizatsiya qilish mahalliy hindularni
bo'ysundirish yo'li bilan olib borildi. Shimoliy va Janubiy shtatlar o'rtasida
iqtisodiy va madaniy qarama-qarshiliklar 1781-yilda federatsiyadan ajrab
chiqishni e'lon qilgan 11 ta janubiy shtatlar Konfederatsiyasining tashkil
eti-lishiga olib keldi. Fuqarolar urushi boshida bir qator muvaffaqqiyatlarni
qo'lga kiritgan janubliklar oxir-oqibat mag'lubiyatga uchrab, Shimol g'alaba
qozondi va federatsiya saqlab qolindi. 1867-yilda AQSH Rossiya-dan Alyaskani va
Aleut orollarini xarid qildi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropa va
boshqa qit'alar-dan ko'plab muhojirlar ko'chib kelishi oqibatida AQSH iqtisodi
qudratli davlatga aylandi. Markaziy Amerika, Karib havzasi mamlakatlari va
Tinch okeanda o'z ta'sir zonalarini faollik bilan kengaytirib borgan AQSH uzoq
vaqtgacha Yevropada bo'lib o'tayotgan voqealarga nisbatan betaraflikni saqlab
keldi. AQSH 1917-yil 4-aprelda Birinchi jahon urushiga qo'shilib, urush
tuga-ganidan so'ng Senat Versal shartnomasi qarorlarini qo'llashdan bosh
"tortdi. Urushdan keyingi mamlakat iqtisodining tez sur'atlar bilan
o'sishi 1929-yilda Buyuk depressiya — liberal iqtisodning chuqur inqirozi davri
bilan almashindi. Inqiroz ishlab chiqarishning qisqarishi va ishsizlar sonining
keskin ko'payishiga olib keldi. Yapon samolyotlari Pyorl-Xarbordagi Amerika
harbiy bazasini bombardimon qilishganidan so'ng, AQSH 1941-yil 7-dekabrda
Ikkinchi jahon urushiga qo'shildi. AQSH qo'shinlari Yaponiyaga qarshi harbiy
harakat-larni boshladi. Bu to'qnashuvlarning asosiy qismi Tinch okean
hududlarida va dengizlarda sodir bo'lgan. Tehron konferensiyasidan (1943) so'ng
AQSH Fransiyaning Atlantika hududlariga qo'shin kiritib, Germaniyani tor-mor
qilishda ishtirok etdi. Yaponiyaga qarshi Tinch okean orollari va Janubi
sharqiy Osiyoda muvaffaqqi-yatli harbiy harakatlar olib borayotgan AQSH
1945-yil 6-avgustda Yaponiyaning Xirosima, 9-avgustda esa Nagasaki shaharlariga
atom bombasini tashladi. Urushdan so'ng AQSH G'arbiy Yevropa mamlakatlari
iqtisodini tiklashga (Marshall rejasi) va Yevropa hamda dunyoning boshqa
hududlarida kommunistik ta'sirning yoyilishiga qarshilik («sovuq urush»)
ko'rsatib keldi. Mamlakat ichida 40-yillar oxiri — 50-yillarning bosh¬larida
kommunistik partiyaga moyillikda gumon qilin-gan fuqarolar AQSH hokimiyati
tomonidan ta'qib osti-ga olindi. Urushdan keyingi yillarda AQSH to'g'ridan
to'g'ri yoki bilvosita bir qator yirik xalqaro mojarolarda ishtirok etdi (Karib
inqirozi, Vyetnam urushi, arab— isroil urushi). AQSH qo'shinlarining Vyetnamdagi
urushda ishtirok etishga qarshi boshlangan patsifistlar (urushga qarshi)
harakati qora tanli aholining irqiy segregatsiya (kamsitilish) qilinishiga
qarshi kurashning boshlanishiga to'g'ri keldi. Qora tanlilarga o'z
haq-huquqlari uchun kurashning tinch usullarini targ'ib qilgan Martin Lyuter
King 1968-yil aprelda o'ldirildi, ammo uning siyosiy faoliyati qora
tanlilarning Amerika jamiyati integratsiyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
70-yillarda AQSHda ro'y bergan asosiy voqealardan biri bu «Uotergeyt mojarosi»
bilan bog'liq bo'lib, prezident Niksonning iste'foga chiqishidir. J. Karter
prezident-ligi davrida AQSH Xitoy bilan munosabatlarini yaxshi-lab, Misr va
Isroil o'rtasida separat tinchlik sulhi-ning imzolanishiga ko'maklashdi, biroq
AQSHning Tehrondagi elchixonasidan garovga olinganlarni ozod qilish
operatsiyasining muvaffaqqiyatsizlik bilan tu-gashi demokratik partiyaning
saylovlarda mag'lubiyat-ga uchrashi va mamlakat prezidenti etib 1980-yili R.
Reyganning saylanishiga olib keldi. R. Reygan Sovet Ittifoqi hukumati bilan
boshlagan muzokaralari 1989-yilda prezidentlik lavozimida uni almashtirgan J.
Bush tomonidan davom ettirilib, qurollanish poygasining cheklanishiga va «sovuq
urush»ning tugashiga ohb keldi. Tashqi siyosatdagi muvaffaqqiyatlariga qaramasdan
(Quvaytning Iroq qo'shinlaridan ozod qilinishi), res-publikachilar 1992-yilgi
saylovlarda mag'lubiyatga uchradi.
AQSHning yangi prezidenti Bill Klinton davrida
mamlakatning tashqi faolligi 1997-yilda Isroil va Falastinni Ozod qilish
tashkiloti (TOQT) o'rtasida tinchlik sulhining imzolanishida o'z aksini topib,
unga ko'ra Isroil Falastinning avtonomiyaga bo'lgan huquqi-ni tan oldi. Shu
bilan bir qatorda AQSH Yugoslaviya mojarosida tinchlik munosabatlarini
o'rnatish jara-yonida faol ishtirok etdi. Biroq serblar va xorvatlar hamda
Bosniya inqirozini chetdan aralashuvsiz hal qilishga erishilgan bo'lsa-da,
Yugoslaviyaning Kosovo viloyatida yashovchi albanlar muammosini hal etish uchun
AQSH va uning NATO bo'yicha ittifoqchilari harbiy kuch ishlatishga majbur bo'ldi.
Kosovodagi inqirozni to'xtatish uchun Yugoslaviyaning harbiy va fuqarolik
obyektlarining bombardimon qilinishi dunyo-ning ko'pgina mamlakatlarida,
xususan Rossiyada ham e'tiroz hamda qarshilikni vujudga keltirdi. 2000-yil
prezident etib saylangan kichik J.Bush lokal mojarolarni hal qilishda kuch
ishlatish siyosatini olib bordi. 2001-yil 11 sentabr kuni AQSH hududida
Al-Qoida terrorchilik tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan qo'poruvchilik
oqibatida minglab kishilar halok bo'ldi. 2001—2002-yillari AQSH qo'shinlari
Afg'onistonga kiritilib u yerda-gi tolibonlar hokimiyati ag'darib tashlandi.
2003-yili Iroqqa qarshi urush boshlanib S.Husayn rejimi ag'darib tashlandi.
2008-yil boshlaridan AQSH iqtisodi kuchli inqirozni boshdan kechirmoqda.
Mutaxassislar bu inqirozni miqyosi bo'yicha 1929—1933-yillardagi Buyuk
depressiya bilan tenglashtirmoqdalar.
