
SHIMOLIY
VA MARKAZIY ARABISTON HUDUDIDAGI QADIMGI DAVLATLAR
Janubiy Arabiston davlatlari qadimgi dunyo savdosida
qanday rolg' o'ynagan bo'lsa, xuddi shunday vazifani Arabiston yarim orolining
shimoliy va markaziy qismida vujudga kelgan qadimgi davlatlar ham ado etdi. Bu
davlatlar ko'proq g'arbiy Osiyo va O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan
qadimgi davlatlarga yaqin turganligi tufayli ular bilan uzviy aloqada bo'lgan.
Siyosiy jihatdan ular hech qachon katta harbiy uyushmalar tashkil qilmagan, ammo
qadimgi dunyoning ikki buyuk davlati - Rim (keyinchalik Vizantiya) va Eronning
o'rtasida joylashganligi sababli bu davlatlar ob'ektiv ravishda regiondagi
xalqaro jarayonlardan xoli bo'la olmagan. Tarixan vujudga kelish tartibiga
ko'ra mazkur davlatlar quyidagilar: 1) Nabotiylar davlati; 2) Tadmur; 3)
Laxmiylar (Ҳira)
davlati; 4) Ғassoniylar
davlati.
NABOTIYLAR
DAVLATI
Bu davlat miloddan bir necha asr avval Arabiston yarim
orolining shimoli-g'arbiy qismida, antik avtorlar "Arabia Petrae"
(Toshloқ
Arabiston) deb atagan joyda yuzaga kelgan. Bu haqdagi ma'lumotlarimiz asosan,
antik avtorlarning kitoblari, yahudiy avtori Iosif Flaviyning (mil. 37-100
yillar) asarlari va, nihoyat, shu davlat tarkibiga kirgan yerlardan keyingi
paytlarda topilgan ko'plab nabotiy matnlariga tayanadi. Bu matnlar oromiy
xatida yozilgan. SHuning uchun ҳam ba'zi mutaxassislar nabotiylarni arablar emas,
balki oromiylar jumlasiga kiritadilar. Bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi.
Birinchidan, matnlarning tili klassik arab tiliga juda yaqin. Ikkinchidan, to
islom g'alaba qozongunga qadar nafaqat nabotiylar, balki Frot daryosidan
g'arbda istiqomat qilgan aksariyat xalqlar o'sha davrlarda xalqaro yozuv
hisoblangan oromiy xatida yozganlar va o'z ona tillarida so'zlashganlar. Oxirgi
paytlarda nabotiylar obidalarini tadqiq qilish borasida ko'plab arxeologik
ekspeditsiyalar uyushtirilmoqda. Nabotiylar davlati taraqqiyotining avjiga
chiqqan davrida juda katta territoriyani o'z ichiga olgan: Damashq,
Falastinning janubi va sharqi,
SHunday vaziyatda nabotiylar mustaqil jamiyat barpo
qildilar va murakkab, ammo ozod tashqi siyosat olib bordilar. Bu davrda ular
Janubiy Falastin, Iordaniya daryosining g'arbi va Havronni o'z ichiga olgan
territoriyani egallab turardilar. Nabotiylar juda katta boylik, katta oltin va
kumush zahirasiga ega bo'lgan xalq hisoblanardi. Buning sababi ularning xalqaro
savdoda tutgan muhim o'rinlari bilan bog'liq edi. Janubiy Arabistondan
keladigan mashhur karvon yo'li
Horis IV davrida nabotiylar davlati Iordan daryosi
orqasidagi yerlar hisobiga biroz kengaydi. Milodiy 36 yili Iudeya podshosi Irod
II Antip bilan yuz bergan jangda Ҳoris IV katta g'alaba qozondi. Bundan g'azabga kelgan
Rim imperatori Tiberiy Suriyaning rimli hokimi Vitteliyga Horis IV ni
tiriklayin tutib yoki boshini olib kelishni buyurdi. Ammo 37 yili Tiberiy
to'satdan vafot qildi, Horis IV esa shu yili qasos sifatida Damashqni olgan,
ko'rinadi. Harqalay, shu yildan boshlab 60-yillargacha Damashqda rim tangalarini
zarb qilish to'xtab qolgan. Bundan tashqari avliyo Pavelning Korinfliklarga
ikkinchi maktubida bu haqda aniq xabar bor. Horis IV dan so'ng taxtga o'tirgan
Malik P /40-70/ davrida nabotiylar Iordan daryosi orqasidagi yerlarni
yo'qotdilar. Ammo Yahudiya urushi /66-73/ davrida nabotiylar rimlilarga
yordamchi qismlar berganligi ma'lum. Malik P dan keyingi nabotiylar podshosi
Rabil P /70-106 y./ zarb qildirgan tangalar juda ko'p miqdorda bizgacha yetib
kelgan. Ammo nisbatan uzoq davom etgan Rabbil P hukmdorlik davri amalda
Nabotiya mustaqilligining tugashi bilan yakunlandi. Nihoyat, oxirgi nabotiy
podshosi Malik SH davrida Rim imperatori Trayan nabotiylar mustaqilligiga
barham berdi. SHundan keyin Nabotiya Rimning Suriyadagi hokimi Kornelius
Palg'ma hukmi ostiga topshirilib, "Provinsiya Arabiya" deb atala
boshlandi.
Rim manbalarida Rim va Nabotiya o'rtasida urush
bo'lganligi haqidagi ma'lumotlarga qaraganda, rimlilarga qarshilik
ko'rsatilgan. Parfiya bilan katta urushga tayyorgarlik ko'rilayotganligi Nabotiyaning
rimlilar tomonidan tezroq istilo qilinishini taqozo qilgan bo'lsa kerak.
Nabotiya o'z mustaqilligini yo'qotgan bo'lsada, uning shaharlari uzoq
vaqtlargacha yirik savdo punktlari rolini o'ynab keldi. Hozirgacha saqlangan
juda ko'p nabotiya tangalari Rim hukmronligi davrida ana shu shaharlarda zarb
qilingan.
А.Ҳасанов,
Н.Комилов, У.Уватов, А.Азимов, Д.Раҳимжонов, Қ.Зоҳидов. Ислом тарихи. Тошкент.:2008. 25 б.
