SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Suv tarixiga bir nazar

Suv tarixiga bir nazar

 XX asrning to’rtinchi choragiga qadar O’zbekistonning shahar va qishloq ko’chalarining ikki tomonidan ariqlar o’tkazilgan bo’lib, ulardan ipakdek tovlanib, zilol suvlar oqib turar edi. Bular o’zbek xalqining o’ziga xos milliy xususiyati – “mentaliteti” edi… O’zbek millatining o’ziga xos bunday mentalitetining shakllanish jarayoni tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi.

   Ochig’ini aytish kerak, o’zbeklar – bolani sevgan “bolajon”, mehmonni ulug’lagan “mehmonjon”, shuningdek, suvni e’zozlagan, unga nisbatan e’tiqodi yuqori bo’lgan “suvjon” xalqlardandir.

    Ota- bobolarimiz o’zlari yashagan maskanlarga – shahar, kent va qishloqlarga, daha va mahallalarga  olis- olislardagi daryo va anhorlardan hashar yoli bilan ariqlar , kanallar qazib suv keltirganlar. Suv har bir xonadon hovlisidan oqib o’tgan. Hozirda ham Farg’ona, Andijon,Namanganviloyatlariga borib qolsangiz, ariq suvlarining  har xonadon hovlisida oqib o’tayotganligining guvohi bo’lasiz.

   Kelinchaklarimiz, singillarimiz har kuni erta tongda , quyoshdan ham erta turib, hovli sahnlariga suv sepib, ariqlarning bo’ylarini “yog’ tushsa yalagudek” qilib supurib, orasta qilib qo’yishgan .Hovlilarga go’zallik, nafosat baxsh etib turgan bu suvlarni ifloslantirishga qo’limiz qanday boradi, haddimiz qanday sig’adi. Axir suv ham bizlarga onadek aziz va mo’tabar emasmi?!

    Qadimdan “Suvjon” xalqimiz har yili yoz faslida “Suv bayrami”ni katta tantana bilan o’tkazib kelgan. Markaziy Osiyo xalqlarining suvga bo’lgan hurmat va e’tiqodini bir qator milliy bayram va marosimlarning o’tkazilishida ham kuzatish mumkin. Jahon miqyosidagi buyuk olim Abu Rayhon Beruniny o’zining “Osor – ul Boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli kitobida Markaziy Osiyo xalqlarining turli bayramlari, odatlari haqida , jumladan, “Navro’z” bayramidagi udumlari haqida to’xtalib shunday yozadi:

         “Odamlar shu kuni tong paytida o’rinlaridan turib kanal va hovuzlarga boradilar. Ko’pincha oqib turgan suvlarga ro’baro’ turib hayotlarining barakali bo’lishi va ofatlarning daf etish etish uchun ustilaridan suv quyadilar”. Beruniy mazkur kitobida Markaziy Osiyo xalqlari jumladan, xorazmliklar har yili “Vaxshangom”- suv bayramini o’tkazishlari haqida ham ma’lumot beradi. “Vaxshangom” bayrami Vaxsh- Jayxun daryosi suvini ulug’lash bilan ulug’lash bilan bog’liq holda o’tkazilgan.

         Misrliklar Nil daryosini ,hindlar Gang daryosini , Amerika hindulari Amazonka daryosini o’zlari uchun muqaddas bilib sig’inganlaridek, Markaziy Osiyo xalqlari ham, Jayxun-Amu daryoni o’zlari uchun tabarruk va aziz bilganlar. Rivoyatlarda aytilishicha, har biro dam Jayxun daryosida uch marotaba cho’milsa, har qanday dard, yara – chaqalardan forig bo’lar ekan. Shuning uchun bo’lsa kerak, xorazmliklar “Vaxshangom” bayramida , albatta, Amu daryo qirg’oqlariga sayrga borishib suvida cho’milishgan. Beruniy yuqorida aytilgan kitobida xorazmliklarga o’xshab eronliklar ham o’z bayramlarida Kaspiy dengizida cho’milishlari haqida,”Omul aholisi shu kuni Hazor(Kaspiy dengiziga borib, kun bo’yi suvda o’ynashib sho’ng’ishadilar”, deydi.

         Alohida ta’kidlash lozimki ,ajdodlarimizning bahor-yoz oylarida bo’ladigan bayramlarining hech biri suvsiz o’tmagan, albatta. Suv bahor- yoz mavsumlarida o’tkaziladigan bayramlarining doimiy e’zozli “hamrohi” bo’lgan. Bu bayramlarda odamlar , “yilimiz qut barakali, kunimiz suvday tiniq , hayotimiz suvday pokiza , hosilimiz suvday serob bo’lsin”,- deb xursandchilik bilan bir – birlariga suv sepishgan. Odamlarni yaxshi niyat bilan bir – birlariga suv sepish odatlari dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Hindiston, Malayziya, Indoneziya , Vetnamda hozirda ham saqlanib qolgan.

          Dynyoning qator mamlakatlarida , jumladan, Braziliyada har yili “Suv bayrami” o’tkaziladi. Hatto Afrika qit’asidagi davlatlardan birining gerbida suv tomchisi ramzi naqshlangan ekan.

         Biz istiqlol sharofati bilan unitilgan va unitilayozgan bir qancha urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni tiklamoqdamiz.”Suv bayrami” ham bizning unitilgan ko’hna urf- odatlarimizdan , xayrli qadriyatlarimizdandir.

         Suvning solnomasi – tarixi qadim-qadimlarga borib taqaladi. Suvni e’zozlash, tejash, uvol qilmaslik, behudaga sarflamaslik,sifatini saqlash kerakligi haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar islomgacha bolgan davrlarda yaratilgan zardushtiy(otashparast) dinining muqaddas kitobi “Avestoda”da uchraydi. Bu kitobda suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir…

         “Tomchi suvda olam aks ettirilgandek” suv shirin –shakar nashvatilarga, sharbati til yorar olma-anorlarga, uzum-anjirlarga, qovun-tarvuzlarga, xusgbo’y xandalaklarga aylanib xalqimiz dasturxonnini bezaydi, to’kin-sochin qiladi, poliz ekinlariga, eng asosiysi, “oq oltin”- paxtaga aylanib turna qator yuk avtoulovlarda, eshelon-eshelon vagonlarda , havo va suv kemalarida butun dunyoga tarqaladi. Buning asosiy sababchilaridan biri albatta, suvdir. Sening bir qatrang oltin zarrasiga tengdir aziz va muqaddas Suv!

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan