Mazkur muchal yili Xitoy iyerogliflarida ulkan daraxt shaklida belgilangan va u nurafshon tong, bahor hamda Sharq degan ma'nolarni o’zida mujassam etgan. Daraxt esa yashnash va yasharish, yaratish ishtiyoqining kuchayishi, rivojlanish va intilishlarning a'lo samarasi sifatida tavsiflangan. Tovuq muchal yili qatiyatli kishilarga muvaffaqiyatlar keltiradi. Qadimgi manbalarda Tovuq muchal yili yangilanish, o’zgarishlar yili deb ham yuritilgan.
Mazkur muchal yilining timsollari ko'p qirralidir. Maymun- qorong'ulik, ongsiz faollikni namoyon etib, bunyodkor yoki aksincha, buzg'unchi kuch bo'lishi mumkin. Mantiq, aql va ongsizlik chegarasida turgan kuchni qaysi yo'nalishga qaratilishi bilan bog'liq bo'lgan muchal yilidir. Qadimdan Xitoyda maymunlarga yaxshi sog'liq, har tomonlama muvaffaqiyat va himoya vositasi sifatida qaralgan.
Sharq, xalqlarida qadimdan hozirgacha qo'ylar odamlar va bo'rilarning yemishi sanalib, yuvoshligi, qanoatliligi, bosh egishi, itoatkorligi bilan qadrlanib kelingan. Shunday sifat va fazilatlar mazkur muchal yilida tug'ilganlarga ham xosdir. Mazkur muchal yilida tavallud topganlar iste'dodli kishilardir. Ular boy hayotiy tasavvurga, hissiyotga, tug'ma qobiliyatga ega bo'lib, go'zallik shaydosidirlar.
Sharq xalqlarida otlarga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, hatto ular ilohiylashtirilgan, g'ayritabiiy kuchga ega, deb hisoblangan. Otlarga xos bo'lgan «gijinglab» turish, olovdek yorqin qo'rinishi, ish qobiliyatiga ega bo'lish, chidamlilik kabi xususiyatlar insonning qo'lidan kelmaydigan jihatlardir. Shuning uchun ham mazkur muchal yilida tug'ilgan kishilarda yuqorida bayon qilingan xususiyatlar mujassamlashgandek tuyuladi.
Ilon Sharq muchali solnomasida donolik, donishmandlik timsolidir. Ayrim sharq xalqlari esa ilonga sig'inadilar ham. Ko'hna Yaqin Sharq udumlarida, xususan, Ishtar-Astart (qadimgi suriyaliklar, finikiyaliklarning dostonlaridagi hosildor yer saxovati va sevgi ma'budi hisoblangan) ma'budi timsolida ilon shakli aks ettirilgan. Aynan ana shu timsol qadimgi yunonlarning Afrodita (qadimgi yunon mifologiyasidagi sevgi va go'zallik ma'budi) timsolidagi ma'budining shakllanish ta'sir ko'rsatgan.
Quyon muchali Sharq taqvimida xotirjamlik ramzidir. Mazkur muchal yilida tug'ilganlar o'zlariga xos xislatlarga ega bo'lib, qobiliyatli, izzattalab, sodda, kamtarin, sipo, bosiq kamsuqum, ochiqko'ngil, sahovatli va barchaga yoqimli bo'ladilar. Ular nozik did egalaridir. Ko'pchilik orasida bo'lishni yoqtiradilar va ularni hamma yoqtirib, qabul qiladi.
Qadimgi Xitoyda o'zining hayotiy quvvati, kuchi bilan Yo'lbarslar erkaklik ibtidosi, ya'ni «Yan», oq Yulbars esa ayollik ibtidosi «In» hisoblanib, kuz va g'arbning timsoli bo'lgan. Qadimgi sharq xalqdarida Yo'lbarslarga yovuz kuchlarni, insu-jinslarni quva oladigan kuch timsoli sifatida qaralgan.
Sigir muchalida tug'ilganlar mehnatkash, oilaparvar va vatanparvar bo'ladilar. Yolg'izlikni, barqarorlikni sevib hayotiy o'zgarishlarni xush ko'rmaydilar. O'z ishiga, do'stlargiga hamda o'z yoriga (agar sevib turmush qurgan bo'lsa) mehrli bo'ladilar. Ushbu muchal yilida tug'ilgan sinfdoshlar, tengqurlar o'zaro uzoq yillar davomida do'stlik rishtalarini mahkam bog'lagan holda tez-tez diydorlashib turadilar. Sigir muchalida tug'ilganlarni boshlagan ishi yoki yo'lidan to'tatib qolish, ushlab qolish yoki o'rnidan qo'zg'atish qiyindir.
Sichqon muchali yilida tug'ilganlar xarakteriga xudbinlik o'z xuzur-halovatini ko'proq ko'zlash xos bo'lib, o'z juftining hissiyotlari, qiziqishlari va ehtiyojlari bilan u qadar ishlari yo'q. Tasodifiy uchrashib qolgan ayol bilan esa faqat jismoniy va jinsiy ehtiyojini kondirish bilangina cheklanadi. Haqiqiy sevganini uchratmagunicha tinchimaydi.