Timsoh terisi juda yuqori baholanadi, ulardan chiroyli port/el, sumka va oyoq kiyimlar tayyorlanadi. Timsohlar yirik o'ljasini suvga cho'ktirib o'ldirgach, qirg'oqqa sudrab chiqadi va baquvvat jag'lari hamda oldingi oyoqlari yordamida bo 'laklarga bo 'lib tashlaydi, shundan keyin yirik bo'laklami ham yutib yuboraveradi.
Akulalar tirik tug'ar baliqlardir. Yangi tug'ilgan akulaning bo'yi 15—50 sm bo'ladi. Oq akulaning ko'zi shunday joylashganki, bir vaqtning o'zida barcha yo'nalishlarni ko'ra oladi. Yirik akulaning og'ziga bir necha kishi sig'ishi mumkin. U bo'yi 2 metrgacha bo'lgan baliqlarni butunligicha yutib yuboradi.