SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
BMT qachon tashkil etilgan
24-07-2014

Birinchi jahon urushidan keyin tez orada davlatlar orasidagi mojarolarni bartaraf etish maqsadlarida Millatlar Ligasi ta'sis etildi. Ammo u muvaffaaqiyatli faoliyat yurita olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Liga o‘z o‘rnini boshqa xalqaro tashkilotlarga bo‘shatib berdi.

1945- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar. Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish.

BMTga besh yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarning a'zolari ishtirok etadilar. Agar Assambleya ishtirokchilarining ko‘pchilik qismi biror bir mamlakatning tutgan yo‘liga norozilik bildirsalar, BMT unga u yoki bu tarzda ta'sir qilish huquqiga ega. Masalan, 1956- yilda BMT Fransiya va Buyuk Britaniyaning Suets tanazzuli davrida Misrga bostirib kirishini qattiq qoraladi va uning talablari asosida bu urushga barham berildi.

BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a'zodir. Shulardan 5 tasi, ya'ni — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy — doimiy a'zo davlatlardir. Ushbu Kengash kengash a'zolaridan bo‘lgan biror bir mamlakatga qarshi ovoz berish huquqiga yoki xavfli nuqtalarga, tinchlikni qaror toptirish uchun qo‘shinlarni yo‘llash huquqiga egadir.

Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi. U odatda Buyuk davlatlar manfaatlariga aloqador mojarolarni tartibga solishga ojizdir. Gap shundaki, Xavfsizlik Kengashining qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Har bir a'zo u yoki bu masalani hal etish jarayonida betaraf qolish huquqiga ham egadir. AQSH va SSSR doimiy a'zolari sifatida o‘z manfaatlarini ko‘zlab bu huquqdan juda ko‘p bor foydalanganlar.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan