SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Rus davlatida birinchi shoh kim bo‘lgan?
24-07-2014

Rus davlatida birinchi shoh  kim bo‘lgan?

 Rus tilidagi «sar» shoh so‘zi lotin tilidagi «sesar» so‘zidan kelib chiqqan (aynan ana shu so‘zning sal boshqacharoq «kesar» sifatida talaffuz etilishidan nemis tilidagi «kayzer» so‘zi kelib chiqqan). Birinchi bo‘lib Birlashgan Rus yerlariga hukmdorlik qilgan buyuk knyazlardan biri Buyuk varyag knyazi Ryurik sulolasidan bo‘lgan Ivan III Vasilyevich  ilk bor o‘zini «sar» — shoh deb atay boshlagan. Aynan u birinchi bo‘lib turli hukumat hujjatlarida o‘z ismini Ivan deb emas, balki cherkov muqaddas kitoblariga binoan Ioann deb yozdira boshladi, masalan: «Xudoning inoyati bilan Buyuk Rus hukmdori Ioann»  kabi, va o‘ziga samoderj — «hukmdor» degan unvonni qabul qildi (aynan ana shu so‘zdan «samoderjaviya» degan atama kelib chiqqan) — vizantiyaliklar imperator deb ataydigan Rus hukmdorining nomi rus tilida ana shunday jaranglardi. Bu davrga kelib" Vizantiyani Turkiya bosib oldi, imperator xonadoni barbod bo‘ldi va Ivan III o‘zini Vizantiya imperatorining merosxo‘ri deb hisoblay boshladi. U so‘nggi Vizantiya imperatori Konstantin Poleologning jiyani Sofya Poleologga uylanadi, Sofya barbod bo‘lgan imperator xonadonining merosxo‘ri hisoblanardi. U Buyuk knyaz Ivan III ga turmushga chiqqach, u bilan o‘zining merosxo‘rlik huquqlarini baham ko‘ra boshladi.          Malika Sofiyaning Kremlda paydo bo‘lishi bilan buyuk knyazlik saroyining turmush tarzi, hatto Moskvaning qiyofasi ham butkul o‘zgardi.

Qaylig‘ini Moskvaga keltirgach  Ivan III ga ham o‘z ajdodlari shu paytgacha yashab kelgan shart-sharoitlar, turmush tarzi yoqmay qoldi. Sofiya bilan birga kelgan vizantiyalik ustalar va rassomlar cherkovlar qurib ularni turli tarzda bezay boshladilar, toshlardan palatalar — saroylar bunyod etishga kirishdilar. (Kremldagi Granovitli palata ham xuddi o‘sha davrlarda qurilgan edi). Albatta rus hukmdorlari tosh saroylarda yashash kishi salomatligiga zarar qiladi, deb hisoblaganlar, shu boisdan ularning o‘zlari yog`och uylarda istiqomat qilishgan. Tosh saroylarda esa faqat dabdabali ziyofatlar, bazmu yig‘ilishlar o‘tkazganlar.

Moskva o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ham sobiq Saregrad-Shoh shahri, ya'ni Vizantiya poytaxti Konstantinopolni eslatadigan bo‘lib bordi. Zero, endilikda bu shahar ham turklarga tegishli edi. Saroydagi hayot ham endi Vizantiya qoidalariga muvofiq o‘zgargandi, hatto Shoh va Malika saroydan qachon va qay tarzda chiqishlari, ularni kimlar birinchi bo‘lib peshvoz chiqib kutib olishlari, bu paytda boshqalar qayerda turishlari va hokazolar uchun ham muayyan qoidalar ishlab chiqilgan edi. Buyuk knyaz o‘zini Shoh deb atay boshlagach, hatto uning yurishi, qadam tashlashi ham o‘zgargandi. U endi viqor bilan, shoshilmasdan o‘ta tantanavor qadam tashlaydigan bo‘lgandi.

Ammo o‘zini Shoh deb atash boshqayu, aslida shoh bo‘lishning o‘zi boshqa narsadir. XV asrning o‘rtalarigacha Qadimiy Rusda Vizantiya imperatorlaridan tashqari Oltin O‘rda xonlarini ham shoh deb atashgan. Buyuk knyazlar bir necha asrlar mobaynida tatar xonlari qo‘l ostida bo‘lib, ularga o‘lpon to‘lashga majbur edilar. Shu boisdan ham Buyuk knyaz xonga mutelikdan xalos bo‘lgachgina o‘zini Shoh deb atashga loyiq sanaladi. Biroq bu borada ham ahvol o‘zgardi. Tatarlar istibdodiga barham berildi va Buyuk knyaz Rus knyazlaridan o‘lpon talab qilishlariga batamom chek qo‘ydi.

XV asrning oxiriga kelib Ivan III o‘z siyosiy shartnomalari va boshqa siyosiy hujjatlarni tasdiqlash chog‘ida ilk marotaba Vizantiya imperatorlarining gerbi — ikki boshli burgutni muhr sifatida qo‘llay boshladi. Biroq, rasman toj kiydirilgan birinchi shoh baribir Ivan III bo‘lmadi. Rus davlatini boshqaruvchi buyuk knyazlar rasman shoh deb atalishiga va bu unvonni meros qilib qoldirilishiga yana bir qancha vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi.

Dunyo bo‘yicha rasman shoh deb tan olingan birinchi shoh Ivan III ning nabirasi Ivan IV Vasilyevich Grozniy edi. U bu sharafga 1547- yilda sazovor bo‘lgandi.

ROMANOVLAR  KIMLAR EDI?

Romanovlar — Rossiya shohlari va imperatorlarining sulolasidir. Dastlab u XI asrdan ma'lum va mashhur boyarlar avlodi edi. Romanovlar familiyasini bu avlod darrov olgan emas. Romanovlarning birinchi ajdodi rivoyatlarga qaraganda Buyuk Moskva knyazi Ivan Kalita saroyida xizmat qilgan, asli kelib chiqishi Prussiyalik bo‘lgan Andrey Ivanovich Kobila edi.

Kobila o‘zidan 5 nafar o‘g‘il qoldirgan bo‘lib, ularning har biri alohida-alohida avlodlarga, sulolalarga asos solishgan. Masalan: Sheremetyevlar, Kolichevlar, Neplyuyevlar, Kokorevlar va boshqa sulolalar shu jumladandir. Beshinchi o‘g‘ilning laqabi Koshka bo‘lgan, shu tufayli uning ajdodlari dastavval Koshkinlar deb, keyin Zaxarinlar, Zaxarin-Yuryevlar va nihoyat mazkur avloddan birining ismiga ko‘ra — Romanovlar deb atala boshlagan.

Bu oilaning yana qaytadan martabaga erishishi 1547- yilda, shoh Ivan Grozniy Anastasiya Romanovani xotinlikka olgach yuz berdi. Boyar Romanovlar bu voqeadan keyin mutlaqo o‘zgacha siyosiy mavqega ega bo‘ldilar. Endi ular bilan xuddi Ryurikovichlar kabi munosabatda bo‘lishardi. 1598- yilda Anastasiyaning jiyani — Fedor Nikitovich Romanov — Boris Godunov sulolasi o‘z hukmdorligini tugatgach, hatto taxtga da'vogar ham bo‘lgan edi. Boris Godunov o‘z davrida Romanovlar xonadonini tazyiqqa va quvg‘inga olgan. Fedor Nikitichni esa sochini oldirib Fidaret degan ism bilan monax rohib qilib cherkovga yo‘llagan edi.

«Og‘ir zamonlar»ning barcha dahshatlari ortda qolgach 1613- yilda Zemskiy sobori Filaretning o‘g‘li Mixail Fedorovich Romanovni shoh etib sayladi. Filaretning o‘zi esa Moskva va Butun Rusiya Patriarxi bo‘ldi.

Mixailning nevarasi — Petr I — 1721- yilda imperatorlik unvonini qabul qildi, shundan keyin uning barcha avlodlari ana shu unvonni meros qilib oldilar, biroq oddiy xalq ularni avvalgidek shoh deb atayverardi.

Romanovlar sulolasining eng oxirgi erkak vakili — 1730- yilda vafot etgan imperator Petr II edi? U Petr I ning nevarasi edi. Ushbu sulola 1761- yil, uning ayol vakillaridan eng so‘nggisi — Petr I ning qizi imperatritsa Yelizaveta vafot etgach o‘z hukmronligini tamomladi.

1761—1917 yillar mobaynida Rossiyada asli nemislardan kelib chiqqan Golshteyn-Gottorpskiylar sulolasi shohlik qildi. Ushbu sulolaning birinchi imperatori — Petr III ni Romanovlar sulolasi bilan faqat uning onasi Anna Petr I ning qizi ekanligi boglab turardi. Petr III ning otasi esa Golshteyn-Gottorop gersogi Karl Fridrix edi. Petr GO ning uzi Germaniyada tug‘ilgan va o‘sha yerda yashardi, uning asl ismi — Karl Piter Ulrix. Boshqa merosxo‘rlari bo‘lmagani uchun imperatritsa Yelizaveta Petrovna nemis shahzodasi Karl Piter Ulrixni merosxo‘r qiladi. Rossiyaga kelgach u pravoslav dinini qabul qildi va Petr Fedorovich nomini oldi. Yangi shohni ham nemis qizi — Sofya Frederik Avgust Anxalt-Serbetskiyga uylantirishdi, keyin ushbu malika ham nomini o‘zgartirib Yekaterina II ga aylandi.

Petr III va Yekaterina II ning o‘gillari Pavel I endi haqiqiy nemis edi. Uning o‘zi ham to Nikolay II gacha bo‘lgan avlodlari ham faqat nemis malikalariga uylanishdi. Biroq shunday bo‘lishiga qaramasdan Rossiyaning so‘nggi imperatorlari o‘zlarini Romanovlardan deb hisoblashishardi, boshqacha qilib aytganda, o‘zgalarning familiyasini egallab olishgan edi. Ammo shunisi galatiki, bu yolg’on tasavvur ta'sirida ko‘plab tarixchilar, tadqiqotchilar o‘z asarlarida Rossiyada 1613—1917- yillarda shohlik qilgan barcha hukmdorlarni Romanovlardan deb hisoblaydilar. Vaholanki, bu fikrga qo‘shilish mumkin emas.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan