SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242526
28      
Qadimgi arab allomalari nimalarni kashf qilgan?
24-07-2014

O‘RTA  ASR  ARAB  ALLOMALARI  NIMALAR BILAN  SHUG‘ULLANISHGAN?

         Islom dunyoga kelmasidan ming yillar ilgari yunonlarga tobe mamlakatlar kabi Yunoniston ham ilmu-ma'rifatning o‘ziga xos markazi bo‘lgan. Rim imperiyasi davrida ham o‘zining Madaniy markazlik mavqyeini saqlab qoldi. Aristotel (Arastu), Ptolemey (Potlimus), Arximed kabi faylasuf va matematiklar Koinotning tuzilishini sharhlab berdilar. Gippokrat (Buqrot) va Galen (Jolinus) kabi allomalar tabobat sohasida kitoblar yozdilar.

         Ularning ilmiy ishlarini, yunonlar, rimliklar va vizantiyaliklar avaylab asrashgan, qayta ko‘chirishgan. Ammo ularning ko‘pchiligi o‘z vatanlarida dahriy deb e'lon etilganligi bois Fors mamlakatiga qochib ketdilar. Forslar yurtida, ya'ni Sharqda yunon donishmandligi hind va xitoy falsafasi bilan birlashib, yanada yuqoriroq pog‘onalarga ko‘tarildi.

         Biz har kuni muomalada bo‘ladigan son va raqamlar, bizning nazdimizda eng ishonchli va jo‘n narsalardek tuyuladi. Biroq Rim imperiyasining rim raqamlari va hisoblash tizimi butunlay boshqacha va o‘ta noqulay edi. Masalan S1X va 1LU ni bir-biriga qo‘shib SXSHni chiqarguncha 109 ga 54 ni qo‘shib 163 ga ega bo‘lish ming karra osonroqda! Mana shu bizlar hozirgacha foydalanadigan ajoyib sanoq tizimi aynan musulmon olimlari tomonidan takomillashtirilgandir.

         Aniqrog’i, bunday raqamlar Hindistonda o‘ylab topilgandi, firoq ular Yevropaga aynan arab ilmu fani tufayli keyg yoyildi. Bir paytlar ularni IX asrda yashab o‘tgan o‘zbyok matematigi Al-Xorazmiy sharafiga «algorizmlar» deb ham atashgan. Bunday qulay sanoq tizimi arab olimlariga juda murakkab matematik hisob-kitoblarni ham amalga oshirish imkoniyatini berardi.

         Musulmon allomalari astronomiya sohasida ham ulkan kashfiyotlarni amalga oshirdilar, ayniqsa ular tomonidan astrolyabiya asbobining kashf etilishi, dengizchilar uchun benihoya ulkan muvaffaqiyatlar keltirdi.

         O‘rta asr arab olimlari orasida nihoyatda zabardast donishmandlar, mutafakkirlar ham juda ko‘p bo‘lgan. Ibn Sino (Yevropada uni Avisenna deb atashadi) 980- yili Buxoro yaqinida dunyoga kelgan. U tabobat, matematika, astronomiya, iqlimshunoslik va falsafa ilmlari bilan shug‘ullangan. Ibn Sino bitgan kitoblar orqali yevropaliklar musulmon olami tabobatidan, aniq fanlar ilmidan voqif bo‘ldilar. Uning tabobat borasida yozgan «Al-Qonun» yoki «Tabobat ilmi qonunlari» kitobi o‘rta asrlarda eng keng tarqalgan qo‘llanmalardan biri edi. Mazkur asarida Ibn Sino juda ko‘p og‘ir xastaliklarning belgilarini tavsiflaydi, shuningdek arab olimlari tomonidan qo‘llaniladigan 760 dan ortiqroq turli dori-darmonlarning ro‘yxatini keltiradi.

         Ar-Roziy (Yevropada uni Razes deb atashgan) 900- yillarda Bag‘doddagi shifoxonada bemorlarni davolagan tabib bo‘lib, u o‘z davrida dunyodagi eng zur shifokor sanalgan. U turli kasalliklarni davolashning yangi va samarali usullarini ishlab chiqqan va mufassal tabobat qomusini yaratgan.

         Al-Ma'sudiy X asrda Misrda yashagan. U tabiiy fanlar bilan shug’ullangan. Geografiya, geologiya, biologiya sohasi bo‘yicha ilmiy asarlar bitgan. Darvindan 900-yil ilgari evolyutsiya qonunini kashf etgan. Ayni paytda u buyuk sayyoh ham bo‘lgan, uzining 30 jildlik qomuslar majmuasida o‘zi bo‘lgan barcha mamlakatlarni batafsil ta'rif va tavsiflangan.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan