SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Aleksandr Makedonskiy qayerlarni zabt etgan?
24-07-2014

Aleksandr Makedonskiy qayerlarni zabt etgan

Filipp II Makedonskiy vafotidan keyin (eramizdan avvalgi 336-yil) uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr taxt vorisi bo‘lib qoldi. Sharq xalqlari orasida u Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Taxtga hech kim da'vo qilmayotganligiga ishonch hosil qilgach, eramizdan avvalgi 334-yilda u Kichik Osiyoga bostirib kiradi. Aleksandr boshdanoq Fors imperiyasini zabt etishni niyat qilganmidi-yo‘qmi, ma'lum bo‘lmasada, keyinchalik bu ish uning maqsadiga aylangandi.

Uning armiyasining asosiy qismini 12 ming makedoniyalik va 12 ming yunonlar tashkil qilardi. Aleksandrga sadoqatli qo‘shinlar yaxshi mashq qildirilgandi. Qo‘rquv bilmas sarkarda bo‘lgan Aleksandr qo`shinni jangga o‘zi boshlab borardi. Ko‘p bora unga o‘lim xavf solgandi.

Fors shohi Daryovush III unga nisbatan tajribasiz lashkarboshi edi. Forslar harbiy yurishlarga katta karvonni va hatto shoh xonadonidagi ayollarni ham olib yurishardi. Daroparda (chodir), mol-mulk va boshqa zeb-ziynat buyumlari tez harakat qilishga xalal berardi.

Makedoniyaliklar armiysi esa, aksincha, a'lo darajada mashq ko‘rgan va doim jangga hozir edi. Makedoniyaliklar qo‘shinining dahshatli falangalari (saflari) dushman askarlari qatorini yorib o‘tishga mo‘ljallangandi. Dushman hujum qilgan holatlarda esa ular mudofaaga ham o‘tishi mumkin edi. Falanganing old qatorlaridagi askarlar sarissalar olib yurishar, ularning ortidan kelayotganlarni esa otiladigan snaryadlarni qaytarish uchun qalqon ko‘tarib yurishardi.

 

Aleksandr Granika yonida zafar quchgach, Kichik Osiyoning g’arbiga qarab yurishni davom ettirdi hamda Milet singari shaharlar qarshiligini sindirib, ularni egallaydi. U Iss  (Suriyaning shimolida) ustiga yurishdan ilgari Onado‘lida qishlaydi. Shu yerda u forslarning katta armiyasini tor-mor keltiradi. Tir shahrini ko‘p oy qamal qilgach, Aleksandr uni egallaydi hamda janubga, Misr tomon yurishni davom ettiradi.

Misrliklar avvalgi shafqatsiz fors hukmdorlaridan xalos bo‘lishni orzu qilgan holda, Aleksandrning qadamini muborakbod etadilar. So‘ng u Shimol va Sharqqa yurish qilib, Shimoliy Mesopotamiyada Gavgamela yonida o‘zining eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritadi. Daryovush Baqtriyaga qochib boradi va u yerda mahalliy aslzodalar tomonidan o‘ldiriladi.

Fors va Misr endi Aleksandr qo‘l ostida edi. Shunday bo‘lsada, unda jang qilish istagi kuchli edi. Biroq qo‘shinlar Shimoliy Eronning eng olis viloyatlariga yetgach, haddan tashqari holdan toygandi. Oqibatda Shimoliy Hindistonda qo‘shinlar olg‘a yurishni davom ettirishdan bosh tortadi.

Fors imperiyasining hukmdori bo‘lib qolgan Aleksandr endi yunonlar, forslar va makedoniyaliklarni birlashtirish harakatiga tushadi. U Baqtriya amaldorining qizi Roksana (Ravshanak) ka uylanadi, askarlarning ham fors ayollariga uylanishiga ko‘ndirishga harakat qiladi. Vaqti kelib u forsiy libos kiyib, o‘zini Sharq hukmdorlaridek tuta boshlaydi. Buni esa yunon va makedoniyalik jangchilar ma'qullashmaydi.

Aleksandr Arabistonga yurish boshlashni ko‘ngliga tugib qo‘yadi-yu, biroq eramizdan avvalgi 323-yilda Bobilda vafot etadi. Vafotidan so‘ng tug‘ilgan o‘g‘lini esa shuhratparast sarkardalari nobud qilishadi. Uning sobiq lashkar-boshilari, oralaridan birontasiga haddan tashqari ko‘p hokimiyat tegib qolishdan qo‘rqib,

Aleksandr imperiyasini o‘zaro taqsimlab oladilar. Bu odamlarni diadoxalar (aynan — vorislar) deyishardi. Ular hokimiyat talashib, bir-biri bilan kurash olib borganliklari uchun Yunoniston va Yaqin Sharqda urush olovi uzoq yillar tinmadi. 


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan