SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4568910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Kitob haqida bilasizmi?
24-07-2014

O'rama kitob. Antik davrlarda kitob uzun papirus varag'ini o'ram-o'ram qilib tayyorlangan (papirus - papirus o'simligidan qilingan qog'oz). Varaqning yon tomonlariga bittadan chiviq mahkamlab qo'yilgan. Kitob o'qilgan sari varaq bir chiviqdan ikkinchisiga o'rab borilgan. Kitobni pergamentga yoza boshlaganlarida varaqlar xuddi daftar kabi tikilgati va muqovalangan (pergament - silliq yupqa teri).

 Manuskriptlar (lotincha «qo'l» va «yozaman» so'zlaridan). XV asr o'rtalarigacha kitoblar qog'ozga yoki pergamentga g'oz patlari bilan bcjirim qilib qo'lda yozilgan. Ko'pincha, bular lotin yoki qadimgi yunon tilida bo'lgan. Kitob bosish usuli topilgach, «jonli til» (ya'ni kitobxon gapirgan til)dagi kitoblar paydo bo'ldi.

 BILASIZMI?

Hozir kitob qanday yaratiladi. Muallif (olim yozuvchi, shoir) kitob matni - qo'lyozmani yozadi. Qo'lyozma qo'lda, mashinada yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Muallif qo'lyozmani    nashirga topshiradi. Nashir kitobni chiqarsa bo'ladimi yoki yo'qmi degan masalani hal qiladi. Rassom matnga mos rasmlar (illyusiratsiyalar)ni, kitob muqovasij chizadi, maketni tayyorlaydi. Maket -kitobdagi matn va rasmlarni joy-joyiga qo'yish. Bu ishda u kompyuterdan foydalanishi mumkin. Tayyor maket bosmaxonaga topshiriladi. Kitob bosuvchi ishchi kitob matnini katta varaqlarga bosadi. Ularni varaqlarga qirqib va daftar singari tiki muqovalanadi. Hozirgi bosmaxonalarda har qanday kitobni istalgan miqdorda bosish imkoni bor: bosmaxona dastgohlarida bir soatda millionlab varaqlarni bosish mumkin.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan