Navoiy viloyati Zarafshon shahri
8-maktabning 8-sinf o’quvchisi
Haydarova Nazokat
Vatan
Bobom tuprog’in o’pgan
Momom bog’in asragan
Gulzorida gul chaman
Go’yo gullab yashnagan.
Zar-gavhar-u oltinga
Alishmasman tuprog’in
Ko’kda uchgan yulduzga
Alishmasman yaprog’in.
Vatan
Bobom tuprog’in o’pgan
Momom bog’in asragan
Gulzorida gul chaman
Go’yo gullab yashnagan.
Zar-gavhar-u oltinga
Alishmasman tuprog’in
Ko’kda uchgan yulduzga
Alishmasman yaprog’in.
O’zbekiston
Men O’zbekning qiziman
Uning yorug’ yuziman
Atrofim nurli chaman
Men bog’larni kezaman
Vatanimda ko’rkam binolar
Ko’rkamdir bog’u rog’lar
Gulga burkangan tog’lar
Juda go’zal hatto
o’tloqlar.
Dehqonlari erta bahordan
Ekinlarin eka boshlaydi
Bulbulari bog’larda
sayrab
Ovozidan dillar
yayraydi.
Juda ham ko‘rkamdir uning binosi
Ko’ngilni shod etar quvnoq navosi
Dillarni yayratar kuyning sadosi
Ko’zga yosh keltirar nayning navosi.
Bolalar
uyining murg’ak bolasi.
Panjara ostidan qarab
qoladi
Onam kelsaydi, deb
yig’lab turadi
Bolalar uyining murg’ak
bolasi
Tinglang shu yetimning
mungli nolasi
Otasi borlarga havas
qiladi
Otasi borlarchi o’ynab
kuladi
Bolalar uyining murg’ak
bolasi
Faqat orzu qilib
yashayveradi.
Boshqa bolalardek o’ynab
yursa ham
Ota-ona mehrini kutib
yashaydi
Bolalar uyining murg’ak bolasi
Tinglang shu yetimning
mungli nolasi.
Oldidan o’tsa gar baxtli
oila
Kuziga yosh kelar
yig’lab yuradi
Bolalar uyining murg’ak
bolasi
Oilam bo’lsa deb orzu
qiladi.
Asr vabosi
Yoshgina umrlar bo’ladi
xazon
Oila boshiga tushadi
to’fon
OITS ga chalinsa hayoti
tugar
So’nggi pushaymonda
qoladi inson
Shuning uchun har damni
g’nimat bil
Besh kunlik dunyoda
yaxshi yashagin
Asr vabosidan narida
bo’lib
Sog’lik bebahodir, sen
qadirla
Unutma bu dardning
davosi yo’qdir
,,Soxta do’st”ning
ishonma aldoviga
Mustaqil fikrla o’zliging
angla
Shunda yo’lamaysan asr
vaboga.
«Mustaqillik
madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar tanloviga yuborilgan ijodiy
ishlar.