SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Toshkent metropoliteni
25-07-2014

Toshkent metropoliteni- Toshkent shahar yo’lovchilar uyushmasi tarkibiga kiradi. Uning qurilishi 1973 yilda boshlangan. Birinchi liniyasining 9 stansiyadan iborat birinchi navbati 1977 yil 6 noyabrda, ikkinchi navbati 1980 yil 18 avgustda foydalanishga topshirildi. Bekatlar soni 12 ta: Sobir Rahimov, Chilonzor, Mirzo Ulug’bek, Hamza, Milliy bog’, Xalqlar do’stligi, Paxtakor, Mustaqillik maydoni, Amir Temur, Hamid Olimjon, Pushkin, Buyuk Ipak yo’li. 
Ikkinchi liniyasining birinchi navbati 1984 yil noyabrda, ikkinchi navbati 1987 yil noyabrda ishga tushgan. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989 yil noyabrda, to’rtinchi navbati 1991 yil 30 aprelda ishga tushdi. Stansiyalar soni 11ta: Alisher Navoiy, O’zbekiston, Kosmonavtlar, Oybek, Toshkent, Mashinasozlar, Chkalov, G’afur G’ulom, Chorsu, Tinchlik va Beruniy bekatlari. 
Toshkent metrosining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bog’laydigan uchinchi liniyasining birinchi navbati 2001yil 26 oktyabrda ishga tushdi. Bekatlar soni 6 ta: Ming o’rik, Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Bodomzor, Habib Abdullayev. 
Toshkent metropoliteni 9 ballik zilzilaga bardosh bera oladi.Metro qurilishi va navbatdagi yo’l hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan