SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
KIM KO`P SHOKOLAD YEYDI?
25-07-2014

KIM KO`P SHOKOLAD YEYDI?


Bolalardan “Qaysi shirinlikni yaxshi ko`rasan?” deb so`rasangiz, albatta, “Shokolad!” deb javob beradi. Uni hatto hali tili chiqmagan go`daklar ham yaxshi biladi, yoshi kattalar ham xush ko`radi. Xo`sh, suyib iste'mol qiladigan bu shirinligimiz haqida nimalarni bilamiz? Unda quyidagi qiziqarli ma'lumotlarni o`qib chiqing, ba'zi faktlar sizni hayron qoldirishi ham mumkin.
* Shokolad tana haroratidan sal baland bo`lgan issiqlikda eriydi. Shu sababli og`izga solishingiz bilan erib ketadi. 
* Har kuni dunyodagi ayollarning 15 foizi shokolad yeydi.
* Bu shirinlikni boshqalarga qaraganda Shvetsariyada ko`proq yoqtirishadi. Bir kishi yiliga o`rtacha 10 kg.dan shokolad iste'mol qiladi.
* Zamonaviy shokoladda 380 dan ortiq modda bor.
* 30 g sutli shokolad 140 kilokaloriya quvvatga ega.
* Ushbu qandolatchilik mahsulotiga atab dunyoning bir necha mamlakatlarida muzeylar ochilgan.
* Rossiyaning Pokrov shahrida shokoladga haykal o`rnatilgan.
* Kakao daraxtining mevasi kichkina qovunga o`xshaydi, uning ichida yigirmatadan qirqtagacha urug` bo`ladi. Bir kilogramm shokolad tayyorlash uchun ana shunday urug`lardan 900 tasi kerak.
* Odamlar har yili shokolad uchun 7 milliard AQSH dollari sarflaydi. 
* Bu shirinlik kech kuzda ko`proq iste'mol qilinadi.
* Yil bo`yi iste'mol qilinadigan shokolad yer yuzidagi har bir kishiga o`rtacha 5,5 kg.dan to`g`ri keladi.
* 11-iyul — Butun dunyo shokolad kuni (“World Chocolate Day”) hisoblanadi. Bu sanaga 1995-yili fransuzlar asos solishgan.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan