SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Yovvoyi cho'chqalar
25-07-2014

Yovvoyi cho'chqalar

 Bilasizmi?

To'ng'izlar asosan o'simlik va zamburug'lar bilan ovqatlansa-da och qolganda hech narsadan qaytmaydi, hatto yosh buzoq va qo 'zilarga ham hujum qiladi.

Yowoyi cho'chqalarning yana bir turi so'gaffi cho'chqalar yo'g'on, xunuk va beo'xshov hayvonlardir. Tumshug'ining yon tomonlarida, ko'zlarining ostida katta-katta so'galsimon ortiqlari bo'Iadi. Tanasining uzunligi 145—190 sm, bo'yi 65—85 sm, og'irligi150 kg gacha bo'Iadi. Asosan Afrikada tarqalgan. Cho'lning suvga yaqin bo'lgan butazor yerlarida poda bo'lib yashaydi. Ertalab va kechqurun o'tlaydi. Arslon, leopard, sirtlon kabi dushmanlaridan uzun o'tkir qoziq tishlari bilan himoyalanadi.

Bilasizmi?

So'gali cho'chqalar uyasiga kirib yotishida avval erkagi orqasi bilan kiradi, so 'ngra bolalari to 'g 'ri kiradi, oxirida ona cho'chqa orqasi bilan kirib, boshi bilan uya ogzini bekitib turadi. Ular o'tlaganda oldingi oyoqlarini bukib, cho 'kkalab yuradi.

Amerika o'rmonlarida uchraydigan pekarlar'ham yowoyi cho'chqalarga o'xshaydi. Pekarlar odatdagi cho'chqalardan ancha kichik — uzunligi 115 sm gacha, bo'yi 55 sm gacha va og'irligi 30 kg gacha bo'Iadi. O'rmonlarda 20—25 tadan poda bo'lib yashaydi, har qaysi poda o'zi yashaydigan hududga boshqa podani kiritmaydi, o'simliklar bilan faqat kechasi ovqatlanadi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan