SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
ARTIST
25-07-2014

San’atga astoydil mehr qo‘yib, unga hayo­tini baxshida etgan va yuksak mahorat cho‘qqilarini egallagan har bir san’at kishisi – u musiqachi bo‘ladimi, rejissyor, rassom yoki yozuvchi bo‘ladimi, u haqda ba’zan “Qanday ajoyib, ilhombaxsh artist!” — degan ibora ishlatiladi. Lekin ko‘pincha “artist” so‘zi (lotincha “ars”—“san’at”) aktyorlarga nisbatan ishlatiladi.

Artist pyesa yoki filmlardagi turli qahra­monlar qiyofasiga kirib, ular hayoti bilan yashashni, ular nomidan harakat qilishni biladi. U o‘zi yaratayotgan qahramon tovushi bilan gapira oladi, unga o‘xshab yura oladi. Bugun artist zamondoshimiz obrazini yaratmoqda, uning quvonch va qiyinchiliklari, tashvishi va yutuqlari bilan yashamoqda. Ertaga esa  u – o‘rta asr ritsari yoki ertaklardagi qirol bo‘lishi mumkin.

Har oqshom artist o‘zi yaratayotgan qahra­mon taqdiri tomoshabinlarni hayajonga soli­shi, unga ishonishlari uchun ko‘p mehnat qiladi. Talaygina tarixiy kitoblarni o‘qiydi, doimiy ravishda odamlarni kuzatib yurib, ularning qiyo­fasi, xatti-harakati, xulq-atvoridagi  o‘ziga xos belgilarni o‘rganib oladi. Bularning hammasi sahnada kerak bo‘ladi. Axir artist o‘zi tasvirlayotgan kishi haqida hamma-hamma narsani bilishi zarur: u kishi kim, nimani istaydiy-yu va o‘z maqsadiga erishish uchun nimalar qiladi. Shundagina artist butun pyesani va uning asosiy g‘oyasini yaxshi anglaydi.

Artist hayot oqimini sezgirlik bilan ilg‘ab olishi, hamisha haqiqatni izlashi, haqsizlik bilan kurashishi lozim. Aktyor – jamoat arbobi, u tomoshabinlarni o‘z ortidan yetaklaydi, ularni tarbiyalaydi, to‘g‘ri yo‘lni tanlab olishlariga yordam beradi.

Artist xalq bilan uzviy bog‘langan. U o‘z iste’dodi va mahoratini xalqqa bag‘ishlaydi. Xalq ham uni yuksak qadrlaydi. Bizning eng yaxshi aktyorlarimiz, qo‘shiqchilar va 
rejissy­orlarimizga “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilishi bejiz emas.

Grim, kiyim va dekoratsiyalar artistga o‘z qahramonini yanada yaxshiroq ko‘r­satishga, tomoshabinlarda xursandchilik va quvonch, tashvish, achinish va nafrat kabi tuyg‘ular uyg‘otishiga yordam beradi.

Bolalar ensiklopediyasidan.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan