SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122232426
27282930   
ALUMINIY
25-07-2014

1855-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan jahon ko‘rgazmasida kumushsimon 12 bo‘lak oq metall hammaning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortdi. U boshqa metallarga nisbatan yumshoq, oson eriydigan, kumushga o‘xshagan, lekin undan ancha yengil edi. Eng ajablanarlisi shunda ediki, ma’lum bo‘lishicha, bu metall hatto azaldan g‘isht quyib kelingan oddiy loy tarkibida ham bor edi. O‘sha vaqt­larda loy kumushi deb atalgan bu metall tez-tez uchrab turadigan tog‘ jinslaridan granit va bazalt tarkibida ham bo‘lgan. U tabiatda tarqalishi bo‘yicha kislorod va kremniydan keyin uchinchi o‘rinda turgan. Bu hozirgi paytda hammaga ma’lum aluminiy edi.

Aluminiyning narxi dastlab kashf etilganda juda qimmat (oltindan arzonroq) bo‘lib, faqat zargarlik zeb-ziynatlari uchun ishlatilgan. Uni boksit rudasidan ajratib olish juda qiyin bo‘lgan, chunki buning uchun juda ko‘p elektr energiyasi kerak bo‘lardi. U davrda hali elektr stansiyalari bo‘lmagan.

Aluminiy 20-asr metali deb bejiz aytilmaydi. Usiz hozirgi zamon texnikasidagi eng ajoyib yutuqlarga erishib bo‘lmas edi. Aluminiy va uning qotishmalari aviasozlikda, suv osti qanotli kemalarini, Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini qurishda ishlatiladi. Har qanday radiopriyomnik yoki televizorning ichida albatta aluminiydan yasalgan detallar bo‘ladi.  Aluminiydan elektr simi, idish-tovoqlar, konfetlar o‘raladigan “zar qog‘ozlar” va boshqa ko‘pgina narsalar ishlanadi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan