SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121415
16171819202122
23242526272829
3031     
Fillar
25-07-2014

Fillar

   Fil quruqlikda yashaydigan o’txo’r hayvonlarning eng yirigi bo’lib, vazni 4—5 tonna keladi. Filning yuqori labi va burni xartumga aylangan. Fil ovqatni ham, suvni ham xartumi bilan olib, og’ziga soladi. Yuqori jag’idagi kurak tishlari juda uzun bo’lib, og’zining ikki chekkasidan chiqib turadi. Shu tishlari bilan o’zini dushmandan muhofaza etadi, daraxtning po’stlog’ini shiladi va yer kovlaydi. Fil barmoqlarining uchi tuyoq bilan tugallanadi. o’simlik shox-shabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqalarbilan ovqatlanadi. Bir kunda100 kggacha ovqat yeydi. Asosan Afrika va Hindistonda poda bo’lib yashaydi. Podaga eng yirik erkak fil boshchilik qiladi, 70—80 yil yashaydi.

Bilasizmi?

Fil 2—3 yilda faqat bitta bola tug’adi. Yangi tug’ilgan bolasining og’iriigi90 kggacha boladi. Fil xartumi bilan 5 tonnagacha xodani ko 'tara oladi. «Fil suyagi» deganda fil og’zining ikki chekkasidan chiqib turadigan tishlari tushuniladi, u/arning uzun/igi2,5 mga qadar bo 'ladi.



Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan