SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Xonadonlarimizdagi Gullar
26-07-2014

Yomg'ir yog'yapti, uydan chiqqingiz ham kelmaydi. Deraza tokchalarida esa yashil o'simliklar - yoz va quyosh elchilari - xonaki gullar. Tokcha yoki balkonlardagi bu yashil gullar sizga qancha quvonch baxsh etadi!

Quvonchdan tashqari xonadagi o'simliklarning foydasi ham katta. Ular ko'cha shovqini va uyga kiradigan changni kamaytiradi.

Sizga ma'lumki, o'simliklar kunduzi uglekislota yutib, kcchasi uni chiqaradi. Bu xavfli emasmi? Yo'q, bu xavfli emas ekan. Maxsus kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, 600 ta xonaki o'simlik tuni bilan chiqargan uglekislota bir odam chiqargan uglekislotadan kamroq ekan.

Xonaki gullar o'z barglaridagi namlikni bug'lantirib, havoni namlab turadi, bu esa, ayniqsa, qishda yaxshi foyda keltiradi, chunki sovuq kunlarda markaziy isitish tizimi ishiaydi, xonalar harorati ko'tariladi, narnlik kamayadi. Bunday hollarda insonning bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyati pasayadi. O'simliklar qancha ko'p bo'lsa, chang shuncha kam bo'ladi. Barglar jonli changyutgich kabi ularni yig'adi. Agarda gullarparvarish qilinib barglari yuvilib turilmasa, ular changyutgichlardan chang yig'uvchilarga aylanib qolishadi.

Xonaki gullarni ehtiyotkorlikbilan tanlash kerak. Ayrim xonaki o'simliklar inson salomatligi uchun xavf tug'dirishi mumkin va ulami ehtiyotkorlik bilan parvarishlash kerak. Ko'p o'simliklar siz o'ylagancha xavfsiz emas. Agar ular teringizgategib ketsa, zahar chiqarishi mumkin.

Ayniqsa, allergiyasi borlar e' tiborli va ehtiyot bo'lishi kerak. Xonaki gullar albatta kishiga quvonch bag'ishlaydi. Faqat ularni to'g'ri parvarishlang: ular parvarish qilish chog'i rezinaqo'qopkiyib oling, o'simliklarning sharbatlari ko'z va og'zingizga tushmasin. Agarda uyingizda yosh bolalar bo'lsa, ular katta bo 'lguncha xavfli o'simliklardan voz keening. Qaysi xonaki o'simliklardan ehtiyot bo'lish kerak? Bular sutlama oilasiga mansub o'simliklar, ularning sharbati teringizga tegsa ekzema keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim xonaki o'simliklarning, masalan monstera sharbati tomoq, ko' z uchun zartarli. Narsis va lola kabi gullarining sharbati ko'ngil aynashiga sabab bo'lishi mumkin.

Ituzumlar oilasiga mansub o'simliklar ham zaharlidir, ayniqsa ularning mevalari bolalar uchun xavfli.

Sambitgul ham o'ta xavfli o'simlikdir, ayniqsa uning gul va barglarini ko'p miqdorda iste' mol qilib qo'ysangiz, yuragingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Allergiyasi borlar navro'zguldan ehtiyot bo'lishlari kerak. Kaktusning zirapchasini o'zida sinab ko'rmagan odam kam topilsa kerak. Aloe va agavaning qattiq yaproqlari ham teringizni tirnab yuboradi.

Bundannimakelibchiqadi? Xonaki o'simliklarniuyda parvarish qilmaslik kerakmi? Yo'q, albatta. Faqat ularni parvarishlaganda, qayta ekkanda ehtiyot bo'lish lozim. Allergiya chiqaruvchi o'simliklarni uyingizda o'stirmang. o'simliklarning sharbati sachragan qo'ingizni sovun bilan yuving. Ehtiyot choralarini ko'rsangiz, uyingizdagi o'simliklar sizga quvonch keltiradi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan