SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Hovuzlar - kecha va bugun
29-07-2014

Vodoprovod paydo bo'lguncha respublikamizning daryolardan uzoqda joylashgan shahar va qishloqlarida ariqlar suv ta'minotining asosiy manbai bo'lib xizmat qilgan.   

Ammo ariqlar yirning faqat issiq kunlarida aholini suv bilan ta'minlab turgan, xolos. Qishda ular muzlab qoladi, shunda suv tanqisligi seziladi. Qish kunlaridagi suv tanqisligi oldini olish uchun odamlar sun'iy suv tanqisligi havzalari - hovuzlar qazib, suv yig'ishgan. Hovuzlar barcha mahallalarda qazilgan va aholi ularni toza tutgan. Hovuz qirg'og'i o'pirilib ketmasligi uchun atrofiga daraxt ekib, chetlariga tosh bostirib chiqilgan. Kuzda hovuzlar tozalanib. suv bilan to'ldirilgan. Vodoprovod qurilguncha Toshkentda 500 ga yaqin hovuz bo'lgan. Ayrim mahallalarning nomi hovuzlar nomi bilan atalgan - Kattahovuz, Hovuz bog' vah.k. Vodoprovod paydo bo'lgandan keyin hovuz va boshqa suv yig'uvchi inshootlarga ehtiyoj qolmadi. Ayrim mahallalarda hovuzlar hozirgi kungacha bor, ular faqat issiq kunlarda kishilarning salqinlashi uchun sun"iy havza rolini o'ynaydi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan