SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Biz nafas oladigan havo
29-07-2014

Inson nafas oladigan va chiqaradigan havo tarkibi nimalardan iboratligini bilasizmi? Nafas oladigan havo hajmi foiz hisobida: 78,084 foiz azot, 20,947 foiz kislorod, 0,327 foiz karbonat angidrid gazidan iborat, nafas chiqarilganda esa azotning miqdori deyarli o'zgarmaydi, kislorod -15,8 foiz, karbonat angidrid esa 4 foizni tashkil qiladi.

Bir marta nafas olinganda inson o'pkasiga kamida 0,5 litr havo tushadi. Bir minut davomida kishi 14 martagacha nafas oladi. Shunday qilib inson bir sutkada  10 ming litrga yaqin havo oladi. Endi esa, uyqudan oldin yotoqxonani qanday shamollatish lozimligini bilib olishingiz mumkin. Buning uchun xonaning hajmini  hisoblab chiqishga to'g'ri keladi.    Xonangizdagi havo o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi, balki tashqaridan - ko'chadan kiradi. Ko'chadagi havo odatda chang, zararli gaz va mikroorganizmlar bilan ifioslangan bo'ladi.       Xonadagi havoni ovqat pishirish payti chiqadigan zararli moddalar ham bulg'aydi. Bundan tashqari o'zimiz va shuningdek, yoqimtoy uy hayvonlarimiz ham xona havosini turli mikroorganizmlar bilan ifloslantiradi. Shuning uchun biz nafas olayotgan havoni toza deb bo'lmaydi.                                                                                                

Toza havodan nafas olish uchun nima qilish kerak? Bu juda oson!   Deraza yoniga daraxt ekib qo'ying, u o'pkangizni ko'cha changidan va zararli gazlardan saqlaydi.                                                                                                                Xonada gul parvarish qiling, ular karbonat angidridi va zararli mikroorganizmlarni yutib, xona havosini tozalaydi.                                                                                           

Ko'cha va uyda tozalikka rioya qiling, chang paydo bo'lishiga qarshi kurashing. Shundagina siz nafas oladigan havo ancha toza bo'ladi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan