SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Nega daryolar toshadi?
29-07-2014

Kuchli jalalar yeki uzoq yoqqan yemg’irlar daryolardagi suv miqdorini ko’paytiradi. Natijada ularning o’zani suvni sig’dira olmay qoladi. Shunda jilga yeki katta ariq o’z qirg’og’idan toshib, atrofdagi xududlarni bosadi.                          

Suv toshqini katta talofatlar keltiradi. Ko’pincha suv o’zi bosgan yerlarning hosildor qatlamini yuvib ketadi. O’sha yerlar keyinchalik ishlash va mo’l xosil yetishtirishga tob bermay qoladi. Ba'zida toshqin ayrim aholi punktlarini butunlay Yer yuzidan yuvib ketadi. Afsuski, ko’plab odamlar va jonivorlar suv toshqini qurboni bo’lishadi. Inson suv toshqinlariga qarshi dambalar va darblardagi suv miqdorini tartibga solib turadigan to’g’onlar quradi.  

Ammo suv toshqinlari, masalan, Nilning toshishi zarar barobarida foyda ham keltirishi mumkin.  

 Ko’klam chog’lari Misrda ko’p yomg’ir yog’ishi natijasida Nil del'tasini suv bosadi. Suv o’zi bilan birga loyha ham olib keladi va yerlarni, biz dalalarga g’o’ng yoki mineral o’g’itlar sepganimiz kabi, o’gitlaydi.   

Shunday qilib, qumloq yerlarga ozuqa moddalariga boy bo’lgan hosildor tuproq qatlami tushadi va dehqonchilik uchun qulaylik tug’dira-di.              

Bugungi kunda Nil toshqini Asvon tugoni yordamida tartibga solinadi.Uning del'tasini endilikda suv bosmaydi. Qimmatli loyha esa ko’l tubiga cho’kadi.

Fermerlar bundan tashvishga tushishmoqda, chunki ko’l tubiga cho’kib qolayotgan loyadan qishloq xo’jalik ekinlari: paxta, mevalar va don yetishtirishda foydalanilmayapti.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan