SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Qor nima?
29-07-2014

Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o’xshamaydi? Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorg’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi.Qor atmosferadagi suv bug’larining muzlashidan hosil bo’ladi. Dastlab mayda toza va shaffof kristallchalar paydo bo’ladi. xavo oqimlari girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko’chib yuradi.        

Bunday kristallchalar asta-sekin bir-biriga "yopishadi", shu tariqa yuzlab kristallchalar o’zaro birikadi. Bir-biriga yopishgan muzchalar xajmi kattalashib, ma'lum bir nuqtaga yetgach, yerga tusha boshlaydi. Muzchalarning bunday birikuvi qor donalari deb ataladi.  Ayrim muz kristallchalari ignasimon shaklga ega, boshqalari yassi ko’rinishda, ammo har qanday holatda ham ularning har biri 6 qirralidir. Qiziqi shundaki, qor donalari tuzilishi hamisha bir xil bo’ladi. Shu bilan birgalikda, ikkita aynan bir xil qor donasini topish qiyin. Qor hamisha ham oq rangda bo’lavermasligini xech eshitganmisiz? Dunyoning ko’pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qor yoqqan vaqtlar ham bo’lgan. qorning bunday turfa rangda bo’lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, xavoda mavjud mayda bakteriyalar, zamburug’lar va changni yutadi.                                                                                  Qor o’z donalari orasida ko’plab xavo bo’shlig’i bo’lgani uchun ham issiqlikni yemon o’tkazadi. Qor ko’rpasining o’simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda. qorning bu xususiyatidan eskimoslar ham ustalik bilan foydalanishadi. Ular qordan o’zlariga boshpana - iglu qurib olishadi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan