SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
KITOB BOSISH
29-07-2014

Qadimda risolalar qo’lyozma tarzida tayyorlangan. Qo’lyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa ko’chirishgan, naqqoshlar bezak bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib kitob holiga keltirishgan. Zardushtiylik dinining muqaddas yozuvlari to’plami sifatida bizgacha yetib kelgan kitob - «Avesto» teri-ga yozilgan. Hozir fanda ma'lum bo’lgan «Avesto» milodning 4-asrlariga, ya'ni shoh  Xisrav I davriga oid. Unda o’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjonga doir ma'lumotlar aks ettirilgan. Birinchi bos-ma kitoblar ksi-lografik (yunoncha «ksilo» - «daraxt» va «grafo» - «yozaman» so’zlaridan) kitoblar deb atalgan. Ularni quyidagicha tayyorla-ganlar: tekis yog'och taxta ustiga matnning teskari (aks) tasvirini yozganlar. Usta o’tkir pichoqda ehtiyotlik bilan yog'ochni o’yib yozgan. Natijada matnning qavariq tasviri hosil bo’lgan. Unga bo’yoq surkab, ustiga pergament (maxsus ishlov berilgan buzoq terisi) yoki qog'oz bostirilgan va bo’yoq yog'ochdan varaqqa o’tgan. Xuddi shu usulda gravyuralar ham tayyorlangan (gravyura to’gYisida siz «Grafika» maqolasidan o’qib olishingiz mumkin).

Bunday kitoblarni tayyorlash juda qiyin bo’igan, chunki yog'och taxtalarga bir necha o’n ming harfni o’yib ishlashga to’g'ri kelgan. Shuning uchun kishilar uzoq yillar davomida alohida harflardan iborat bosma shaklni yaratishga intilganlar. Shunday kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48-yillarda amalga oshi-rilgan.

   Yevropada bosma kitob ixtirochisi logann Gutenberg bo’ldi. Uning hayoti to’g'risida ma'lumotlar juda oz. Biz ixtirochi Germaniyaning Mayns shahrida 1394-99-yillar orasida tug'ilganligini, Strasburg shahrida usta bo’lib ishlaganligini bilamiz, xolos. Gutenberg o’z ixtirosini yashirincha tayyorlagan.

Xo’sh, Gutenberg nimani ixtiro qildi?

Gutenberg yog' siqib chiqarish uchun mo’ljallangan oddiy pressni bosmaxona dastgohiga aylantirdi va uni kitob bosishga moslashtirdi. Ammo asosiy narsa bunda emas, balki matndan xohlagan miqdorda nusxa ko’chirishga imkon beruvchi bosma shaklni ixtiro etganligida. Bu ixtiro tezda butun dunyoga yoyildi. 15-asr oxiriga kelib Yevropaning o’nlab shaharlarida kitoblar bosilib chiqdi. Bu birinchi kito-blarning ko’pi saqlanib qolmadi.

Kitob bosish jarayoni yildan yilga asta-sekin takomillashib bordi. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) da chiqarildi. o’zbek tilida nashr etilgan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning «Kalendar» («Taqvim») kitobi (1871) bo’ldi. 1874-yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Fe-ruz) tomonidan toshbosma (litografiya) qurildi va u yerda 1880-yillardayoq ancha kitoblar bosildi. 1883-yilda Toshkentda ham birinchi marta toshbosma usulida kitob chiqarildi. Shundan so’ng O’zbekistonning ko’p shaharlarida birin-ketin bosmaxonalar tashkil etildi. Hozir O’zbekistonda 123 ta bosmaxona faoliyat ko’rsatmoqda (1999).

Xo’sh, kitob qanday qilib bosiladi? Kitob bosish uchun oldin qo’lyozma tayyorlanadi, keyin harf teriladi. Harf (raqam) larni qo’lda, harf terish mashinalarida, kompyuterda terish mumkin. Hozir harflarni kompyuterda terish keng tarqalgan. Bezaklar ham kompyuterda tayyorlanadi. Kompyuterda kitobning matn va bezaklari diskka yozib olinadi. Diski bosmaxonaga olib boriladi. U yerda diskdan maxsus mashina yordamida matn va bezaklarning fotosurati olinadi. Fotosuratlardan metallga nusxa olinib, bosma mashinalarida bu nusxalardan kitob sahifalarining nusxalari ko’chiriladi. Mashinalar sahifalarni taxlaydi va tikib kitob holiga keltiradi. Qo’lingizdagi kitob ham kompyuterda terilib, mashinalar yordamida tayyorlangan.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan