SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
KITOB
29-07-2014

Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan, bu davrda u turli xil ko’rinishda bo’lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. Buning uchun ular yumshoq loydan tayyorlangan taxtachalarga uchli yog'och bilan maxsus belgilartushirishgan. So’ngra uni oftobda quritishgan yoki olovda pishirishgan. Kitoblar, hatto kutubxonalar mana shunday maxsus loy taxtachalardan tashkil topgan. Shoh Ashshur-banipal (miloddan awalgi 7-asr)ga qarashli shunday kutubxonani yuz yil muqaddam qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti bo’lgan joydan qazib topishgan.

Xitoyda esa dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan. Keyinchalik ular o’z kitoblarini mo’yqalam (cho’tkacha) va tush bi-lan ipakka, milodiy 2-asrdan boshlab qog'ozga yozishgan.

Qadimgi Misrda kitob matnlarini tosh tax-tachalarga o’yib yozishgan. Keyin papirusni ixtiro qilganlar. Presslangan qamish plastinkalarni bir necha o’n metrgacha uzunlikda-gi tasma shaklida yelimlashgan. Ularni o’rog'liq holda saqlaganlar. Misr papiruslari-dan deyarli ikki ming yil davomida Yunonis-ton va Qadimgi Rimda yozish uchun yaxshi material sifatida foydalanishgan. Misrning Iskandariya shahridagi kutubxona qadimgi dun-yodagi eng katta kutubxona hisoblangan.

Miloddan awalgi 2-asrda Pergam podsholigidagi ustalar yozuv uchun hayvon terisidanyangi material - pergament tayyorladilar. Yunoniston va Qadimgi Rimda papirus va per-gament juda qimmatbaho material bo’lganligi uchun xomaki matn va xatlarni uchi o’tkir tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachaga yozganlar.

O’zbekiston hududida ham kitobning paydo bo’lishi yozuvning yaratilishi bilan uzviy bog'liq. Yozuvning tuzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining o’ziga xos tomoni va boshqalar ma'lum darajada kitob tuzilishini ham belgilab berdi. Qadimgi Misr, Rim, Yunonistonda bo’lgani kabi, o’rta Osiyoda ham kishilar o’z fikrlarini tosh, sopol, suyak va boshqa materiallarda ifoda etganlar. Manbalarda sug'd va pahlaviy yozuvida pergament (charm)ga yozilgan kitoblar bo’lganligi haqida ma'lumotlar bor. O’rta Osiyoda tarqalgan zardushtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qadimgi nusxasi ham pergamentga yozilgan (miloddan avvalgi 1-asr). Uning keyingi ko’chirilgan nusxalaridan biri Toshkentdagi o’zbekiston xalqlari tarixi muze-yida saqlanadi. Pergamentga bitilgan qadimgi noyob kitob namunalaridan biri - Usmon Qur'oni Toshkentda O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Qog'ozning kashf etilishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ilk o’rta asrlarda o’rta Osiyo va Xitoyda qog'oz  tayyorlash ancha yo’lga qo’yilgan. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, 650-yillardayoq Samarqandda qog'ozli kitoblar bo’lgan. Shunga qaramay hujjat, maktub, kitob va shu kabilar charm, yog'och,suyak, sopol, toshga va kamdan-kam qog'ozga bitilgan. Chunki qog'ozning bahosi nihoyatda baland bo’lgan. 7-8-asrlarda Sug'dda savodxonlik yuksak darajada bo’lgan. Toshkentdan topilgan sug'd alifbosida bitilgan mashq taxtasi bu davrda Sug'dda savod o’rganish va kotiblik sanati maktablari bo’lganligini, binobarin, xuddi hozirgi kitobning varaqlari singari bir-biri bilan   biriktirilgan,   muqovali kitoblar bo’lganligini ko’rsatadi. Bizning ko’zimiz o’rganib qolgan kitobning hozirgi shakli shunday paydo bo’lgan. 15-asrda esa kitob bosish ixtiro etildi.

Kitoblar    har   xil    hajmda   bo’lib, ba'zilarining balandligi bir yarim metrdan ham oshadi. Uni bir kishi ko’tara olmaydi ham. Shuningdek, mitti kitoblar ham bor: ayrimlari gugurt qutichasiday kelsa, boshqasi pochta markasi hajmidadir. Kitoblar qanday o’quvchilar ommasiga mo’ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Ommaviy, muta-xassislar uchun va bolalar kitobi bo’lishi mumkin. Shuningdek, ilmiy-ommabop, o’quv, adabiy-badiiy va boshqa xil kitoblarga bo’linadi. o’quv kitoblari darslik, o’quv qo’llanmasi, o’quv-uslubiy qo’llanma kabi turlarga ajratiladi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan