SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Dunyoda eng katta sharshara qaysi?
29-07-2014

Dunyodagi  eng  katta  sharsharalar qaysilar?

Sharshara yuksaklikdan pastga oqib tushadigan suv oqimidir. Agar suv hajmi oz bo'lsa, Sharshara "kaskad", ko'p bo'lsa, "katarakt" deb ataladi.      Ayrim sharsharalar yuz metrlab balandlikdan yaxlit va ensiz oqim bo'lib pastga tushadi. Boshqalari esa kamardan oshib o'tadigan suvning mo’lligi va enliligi bilan mashxur. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqaylik. Venesuelaning Gviana tog'laridagi Anxel sharsharalari dunyodagi eng katta (980 metr) va uzun uzluksiz tushum (807 metr) ga ega. Sharsharalarni 1935 yili amerikalik uchuvchi Jeyms Eynjel  kashf etgan.    Osiyodagi eng katta sharshara Xindistondagi  Gersoppa sharsharasidir. Bu kataraktning umumiy uzunligi 252 metr bo'lgan to’rtta  kamardan oqib tushadi. Suvi eng ko’p katarakt Braziliya va  Paragvay chegarasidagi Guayra sharsharasidir.  Undan  xar  sekundda 13 309 kub metr suv tushadi.  Guayra umumiy suv tushumining uzunligi 60 metr bo’lgan 18 ta bo'lak-bo'lak sharsharadan iborat.                                                                                                                         Dunyodagi eng baland sharsharalardan biri Kaliforniyaning Yosim Milliy bog'idagi Ribbon  sharsharasidir. Bu ensiz suv  oqimi Mersed daryosiga  490 metr balandlikdan tushadi. Dunyodagi ikkinchi katta sharshara Janubiy Afrikadan topilgan. Bu Tugela sharsharasidir.  U 853 metr balandlikdan besh  bosqichda oqib  tushadi.     Eng mashhur sharshara esa Niagara sharsharasidir. U Nyu-York shtatidagi Buffalo shahri dan 25 km uzoqlikda oqib  o’tadigan Niagara daryosidadir. U ikkita katarakt: Taqa (Kanada) va Amerika sharsharalaridan tashkil topgan.  Amerika  Qo'shma Shtatlari va Kanada o’rtasidagi chegara  Taqa sharsharasining markazdan o’tadi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan