SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4567910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Oy nima?
29-07-2014

Oy - sayyora, Yerning yo’ldoshi. U Yer shari atrofida, Yer esa o’z navbatida Quyosh atrofida aylanadi. Oy 29,5 kecha-kunduzda Yer atrofini bir marta to’liq aylanib chiqadi. Shu bilan bir vaqtda, u o’z o’qi atrofida ham aylanadi. Shuning uchun ham biz Oyning faqat bir tomonini ko’ramiz. Ammo 1959 yilda uchirilgan sovet uchish apparati Oyning biz shu vaqtgacha xech qanday ta’savvurga ega bo’lmagan orqa tarafini suratga tushirishga muvaffaq bo’ldi.        Oy – o’lik osmon jismi: unda na atmosfera, na suv yo’q. Binobarin, unda xayot bo’lishi ham mumkin emas.Oy nuri Quyoshdan kelayotgan yorug’likning zaif aksidir. Shuning uchun ham u bir oy davomida o’z qiyofasini ko’p marta o’zgartiradiganga o’xshab kurinadi. Quyosh Oyning orqa tomonini yoritganda, u bizga ko’rinmaydi. Oy - nisbatan  sayyora. Uning diametri Yernikiga nisbatan 4 marta kichik. Yerdan Oygacha bo’lgan masofa - 384 400 km.1969 yil 20 iyuldan 21 iyulga o’tar kechasi amerikalik astronavtlar Armstrong va Oldin Oyga qadam qo’yishdi. Bu parvoz va avtomatik kemalar yordamidagi keyingi tadqiqotlar Oy tuprog'idan Yerga na'muna olib kelishga va bu yo’ldosh haqida ko’p narsalarni bilib olishga imkon berdi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan