SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Osmonda nechta yulduz bor?
29-07-2014

Bu savolga xech kim aniq javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar bilan xam yulduzlarning barchasini ko'rish mumkin emas. Barchamizning uyimiz bo’lmish Yer (yulduz xam emas!), bor-yo’gi, kichik bir sayyora bo’lib, u o’rtacha kattalikdagi yulduz - Quyosh atrofida aylanadi. Quyosh esa o’z navbatida Somon Yulidagi kichik bir yulduzdan boshqa narsa emas. Bizning galaktikamizda bunday million-million yulduzlar bor. Bundan tashqari, Somon Yo’lining o’zi Koinotdagi ming-minglab galaktikalardan biridir.,. Ming-minglab galaktikalardan bittasi bo’lgan bizning galaktikamiz xam shu darajada bepoyonki, juda katta tezlikka ega bo’lgan yorug’lik uning bir chekkasidan ikkinchi bir chekkasiga yetib borguncha ming yillar vaqt o’tadi. Shunday ekan, biz osmondagi yulduzlar sonini xech qachon aniq xisoblab chiqa olmaymiz. Lekin savolga quyidagicha javob berish xam mumkin: yulduzlar soni shu darajada ko’pki, ularning miqdorini tasavvur xam qilib bo’lmaydi.



Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan