SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Sut emizuvchilarni bilasizmi?
29-07-2014

Mushuklar va itlar, fillar va ko’rshapalaklar, kitlar va otlar, maymunlar va odamlar — bularning barchasi sut emizuvchilar  deb atalmish zoologik sinfga mansubdir. Sut emizuvchilarning boshqa hayvonlardan farqi shundaki, ularning nasllari urgochisining sut bezlarini emgan holda voyaga yetadi. Aksariyat sut emizuvchilar bolalari to’liq shaakllangan holatda dunyoga keladi, ayni bir paytda qushlar, aytaylik, avval  tuxum qo’yadi, so’ngra shu tuxumdan jo’jalari  chiqadi.   Sut emizuvchilarning farqlovchi xususiyati — ular tanasining to’liq  yo, qisman tuk yoki yung bilan qoplanganligidadir.  Ularning  barchasi issiq  qonli bo’lib,  to’rt kamerali yurak va diafragmaga ega.  Sut emizuvchilarning aksariyat qismi quruqlikda yashasa, ayrimlari, masalan, kitlar va del'finlar suvda yashaydi. Ularning  ko’pchiligi masalan, ko’rsichqon va boshqa aksari kemiruvchilar uyalarda yashaydi. Kurshapalak uchadigan yagona sut emizuvchi hisoblanadi. Olimlar sut emizuvchilarni ko’p miqdordagi mayda guruh yoki turkumlarga ajratganlar. Bu turkumlarning eng dastlabkisi — yexidna va o’rdakburun yoxud tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilardir. Keyingisi —tovushqonsimonlar  turkumidir. So’ngra dengiz  sut  emizuvchilari, un-dan keyin juft  tuyoqlilar turkumlari keladi.

Yirtqich sut emizuvchilar go’sht, kemiruvchilar esa o’simlik bilan oziqlanadi. Hasharotxo’rlar nomining  o’ziyoq  bu sut  emizuvchilarga nimalar ozuqa bo’lishini aytib turibdi. Eng yuqori  turkum — primatlar yoki tuyoq  o’rniga  tirnoqqa ega  bo’lgan sut emizuvchilardir.  Primadlarga turli maymunlar va odam kiradi. Sut emizuvchilarning miyasiga nisbatan ancha rivojlangan bo’ladi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan