SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222325
262728293031 
YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN?
29-07-2014

Yogurtni ixtiro qilgani uchun biz XX asrda yashagan rus olimi I. I. Mechnikovdan minnatdor bo’lmog’imiz kerak. U birinchi bo’lib ko’plab sutemizuvchilarning ichagida kun kechiruvchi koli bakteriyasidan qatiq ivitish uchun foyda-lanishni bilib qoladi.

Bu bakteriyalar bilan ivitilgan sut ovqat xazm qilish traktiga yaxshi ta'sir ko’rsatishi ma'lum bo’ldi, shuning uchun yogurt bir vaqtning o’zida yaxshi xazm bo’ladigan maqsulotga aylandi. Bunday tashqari, sut bu bakteriyalar bilan ivitilganda uning to’yimlilik xossalariham ortar ekan.  

Yogurtning bu barcha sifatlari darhol unga e'tiborni jalb etadi. U o’z nomini qadim  zamonlarda  qo’yning  tozalangan oshqozonidan yangi sogilgan sutni saqlash uchun foydalangan uch  noma'lum cho’pon haqidagi xotiradan olgan edi.

Konservalashning zamonaviy usullari nafaqat sutli yogurt tayyorlashga, qolaversa  turli xil ta'm beruvchilar, masalan, mevali, shuningdek shokoladli va vanilinli yogurtlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratdi.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan