SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
XAJ NIMA DEGANI?
29-07-2014

Xar bir musulmon umrida bir marotaba bajarishi farz bo’lgan ziyoratxaj deb ataladi. Ushbu marosim Umra (ya'ni kichik ziyorat) va Kiron (katta ziyorat)dan iboratdir. Umrada muqaddas Zamzam bulog’i bo’yida poklanish va barcha musulmonlarning  asosiy ibodatxonasi bo’lgan Kaa'ba atrofida aylanish rasmu-rusumlari amalga oshiriladi. Umra ziyorati maxsus tilovatlar bilan yakunlanadi. Umra farzlari ado etilgach, ziyoratchilar musulmonlar uchun nihoyatda muqaddas bo’lgan Arofat vodiysiga yo’l olishlari mumkin.       

U yerda Xajning asosiy rasmu-rusumlari amalga oshiriladi, ya'ni ziyoratchilar Arofat tog’i atrofida turishib alohida toat-ibodatlar qiladilar. Bu ibodat kun bo’yi, quyosh chiqishidan to botgunicha davom etadi. Shundan so’ng ibodatchilar nurafshon chiroqlar bilan yoritilgan masjidlarga o’tadilar, u yerda ham kechki,  tungi, ertalabki ibodatlar to tong sahargacha davom etadi. Bu rasmlar tugatilgach ziyoratchilar Mina vodiysi tarafga yo’l oladilar va u yerda iblis timsoli bo’lgan 3 ta ustundan biriga yettitadan tosh otadilar. Shundan so’ng maxsus qurbonlikka atalgan jonivorlarni qurbon qilish, soch oldirish yoki sochning bir tutamini kesish marosimiga o’tiladi, shundan keyin ziyoratchilar yana Makkaga qaytadilar. Xaj safarini ado etgan musulmon yashil salla o’rash xuquqiga va xoji degan sharafli unvonga sazovor bo’ladi.  Turli vaqtlarda bajariladigan xaj arkonlarini ado etish udumlari eramizning VII asri boshlarida paydo bo’lgan. Albatta, xozirgi ziyoratchilar amalga oshiriladigan qadimiy majusiylik rasm-rusumlarininghammasining  ham ma'nosini  to’la anglayvermaydilar. Ammo shunday bo’lsada, ular uzoq o’tmishdan bizning kunlargacha yetib kelgan rasm-rusumlarni xayratla-narli darajada izchillik bilan ado etadilar.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan