Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani
53– maktab 8-sinfning o'quvchisi
Avazova Sevinchning
O’zbekiston
Qaram davlat-yaralangan qush,
Ko’kka qadar ucha olmaydi.
Unga orzu bir parvoz etish,
Samosini qucha olsaydi,
Qaram davlat-yaralangan qush.
O’zbekiston tuzalib bo’lgan,
Jahon unga bag’rin ochmoqda,
Suluv qizdan yuz olib kelgan
Husnin Xudo tag’in ochmoqda.
O’zbekiston tuzalib bo’lgan.
O’zbekiston xayoliy daraxt,
Xayol esa bilmas tarozu.
Hech so’limas, navqironlik baxt,
Unda yashash ko’plarga orzu,
O’zbekiston-xayoliy daraxt!
Vatan.
Ana shu torgina, kir, loyloq soyda
Baliqlar yashaydi baxtlari uzun.
Bolalar keldi-yu qarmog’in yoza
Bir nechasin tutdi parvarish uchun.
Katta akvariumga soldi ularni,
Baliqlar torgina soyini qo’msar.
Ular bolalarga bir ermak xolos
Shundan baliqlarning qalbi teshik shar,
Bir kun o’tar-o’tmas nobud bo’ldilar.
Shundanmi olamning tug’ilgan yeri
Hatto cho’l bo’lsa ham tuyular bo’ston.
O’sha baliqdaymiz asli barchamiz
Soyimiz top-toza, hur O’zbekiston!