
Bundan ming yillar muqaddam qadimgi odamlar g’orlarda yashaganlar. U to’yg’azish qayg’usida tekislik va o’rmon kezganlar, daraxt mevalarini terganlar, ildizlarni kovlaganlar va shubhasiz ovlaganlar. Xavf-xatarlar ularni har qadamda ta’qib qilgan. Ibtidoiy odamlar, ta’bir joiz bo’lsa aytish mumkinki, yashab qolish uchun boshqa hayvonlardan farqli ravishda, deyarli quruq qo’l bilan kurashganlar, chunki ularning ko’plab hayvonlar singari shoxlari, so’yloq tishlari, o’tkir tirnoqlari bo’lmagan. Ovlangan o’ljalarni taqsimlashda qonli mojarolar sodir bo’lib turgan. Oxir-oqibat odamzod qo’lidagi tig'dor toshlar nafaqat hayvonlarni ovlashda, shu bilan birga raqibidan himoyalanishda ham asqotishini tushunib yetgan. Bu qadimgi odamlar uchun birinchi qurol va qurollanish davrining boshlanishi edi. Ibtidoiy odamlar olov yordamida yovvoyi hayvonlarni haydashgan. Qadimgi ajdodlar qo’llariga nimaiki tushmasin, hammasidan unumli foydalanishgan: hayvonlarning suyak sayoqlari va tosh siniqlari pichoq hamda chopqi vazifasini o’tagan. Ibtidoiy qurollar toshlar, daraxtlar va suyaklardan tayyorlangan. Beo’xshov dastali tosh qiymalagich eng qadimgi qurollardan biri bo’lib, u oddiy chag'irtoshdan yasalgan. Odamlar yirik hayvonlarni bir tomoniga uchli tosh mahkamlangan yog'och nayzalar yordamida ovlashgan. Baliq ovlash uchun poynakli suyaklardan garpunlar yasashgan. Odamzod qurolini takomillashtirgani sari o’zi ham kuchli va zakovatli bo’lib borgan. Ko’plab mehnat qurollari keyinchalik yashab qolish va g’oliblik uchun kurash quroliga aylangan. Ular doimiy ravishda xilma-xillashgan. Qurolning dunyoga kelishi tarixi mana shunday boshlangan.
Teхnikaning katta ensiklopediyasi. T.,2010.