SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Jabborova Aziza
04-08-2014

YURTIM
Yurtim tuprog'ingni gadosi bo'lay,
Kum-kukkirlaring shaydosi bo'lay.
Sening bag'ringda ketsam uzoqqa,
Yonayotgan shamdek men o'zim yonay.
Xalkim osmoningda kush kabi uchay,
Sening madxingni dunyoda kuylay.
Agar xiyonat kilsam oshu-tuzingga,
Cho'lda o'sgan guldek men o'zim sulay.

BUXORO
Qadimiy guzal shaxar Buxoro,
Mashhurdirsan keng olam aro.
Arklaringu – muzeylaring bor,
Chiroyingni etayin izhor.
Sen botmagan quyoshsan,
Go'zal shaharlararo.
Tepemizga nur sochgin,
Doim porla Buxoro.
Uchirib yozdim necha,
She'rimga berdim oro.
Tarifingni topolmadim,
Ona yurtim Buxoro.

O'ZBEK FARZANDI
Gar boshingga o'tkir qilich tushsada,
Ko'ksingdan yuraging yulib olsada.
Men o'zbek farzandi degin sen mag'rur,
Chunki sen o'zbek san o'zingga beksan.
Do'sting sen tomon toshlar otsada,
Qalbingga xanjarni bir-bir suqsada.
O'zbekla faxrlan qoning qolguncha,
Chunki sen o'zbeksan o'zingga beksan.

VATAN MADHI
Onajonim Vatanim – qalbimdagi quyo
щim,
Mexribonim jon yurtim , boshimdadir sen tojim.
Beshigingda ulg'ayib , men seni jondan suydim,
O'zbekiston Vatanim , degan nomingni tuydim.
Dunyoni lol qoldirgan bor shunday ajdodlarim:
Navoiydek bo'lishim , mening takdirim ,baxtim.
Temur bobom merosi – mening faxrim ,g'ururim,
Boburingdan aylanay go'zal Andijon shahrim.
Shirin-shakar mevangga boydir go'zal bog'laring,
Ming yillik asrga teng viqorlidir tog'laring.
Bilimli va odobli ,jajjigina farzanding
Bir so'zida ming ma'no: «Yurtim ado bo'lmasin»
Boshimizga posbondir muxtaram yurtboshimiz,
Vatanimiz tinchligin o'ylaganlar xar doim.
Mustaqil ,xur yurtimni bugun kuylar yuragim,
O'zbekiston sen qadrim ,tayanchim ,iftixorim.
Asrlarga tengdoshdir hur viqor binolaring,
Ko'zlarni qamashtirar Buxoro,Samarqanding.
Shoirlar dong'i ketgan go'zaldir Andijoning,
Gullarga kon gulzorim-Toshkent ona poytaxtim.

 «Mustaqillik madhi bolalar ijodida» Respublika ijodiy ishlar tanloviga yuborilgan ijodiy ishlar.


Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan